Rivojlanishi uchun imkon beruvchi xavf omillari


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 34,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü34,54 Kb.
#165163
1   2   3   4
splitPDF Page73-76

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
74 
Yuzaki mikozlarning aksariyat turlari tizimli antimikotiklarga va davolashda 
keng qo’llaniladigan topikal preparatlarga sezgir hisoblanadi. Faqatgina mikoz turini 
aniqlash uchun zararlangan joydan olingan namunani mikroskopiya qilish kifoya 
qiladi. Yuzaki mikoz turini aniqlashda qayd etilgan ma’lumotlar va klinik 
bardoshliligi keying kasallikka chalinish davrida va kasallangan pasientni izolyatsiya 
qilishda muhim axamiyatga ega. 
Yuzaki mikoz turini aniqlashda serologik taxlil olib boorish shart emas. Biroq, 
invaziv mikozlarni aniqlash va bu turga tashxis qo’yish ancha qiyin hisoblanadi. 
Xatto olib boriladigan KT, MRI, ultratovush va boshqa tekshiruvlar ham samara 
bermaydi. Shuning uchun ham kasallikni bu turini aniqlashda mikologik analiz 
usullaridan foydalaniladi. Biroq, biosubstratlarni (qon va boshqa) olishda kasallanish 
soxasining noqulay bo’lishi, kasallikning yuqori darajadagi og’irligi va bemor ahvoli 
og’irligi sababli qiyin bo’lishi mumkin. Trombotsitopeniya (qon tarkibidagi 
trombotsitlar kamayib ketishi, qon oquvchanligi ortishi) bilan og’rigan bemorlarda 
invaziv (kam chokli) muolajalar vaqtida qon ketish ehtimoli yuqori bo’ladi. Oson 
olinishi mumkin bo’lgan biosubstratlarni tekshirish to’liq tahlil bo’lmasligi mumkin. 
Bu esa yana o’z navbatida kasallikka to’liq tashxis qo’yishga to’sqinlik qiladi. 
Masalan: o’tkir tarqalgan kandidozli bemorlarning deyarli 50% miqdorining qon 
tahlilida Candida spp uchraydi. Shu bilan bir qatorda gistalogik va madaniy hayotga 
oid tahlillar ko’p vaqt olishi mumkin. Invaziv mikoz turlari esa davolash vaqti 
cho’zilishida halokatli bo’lish ehtimoli yuqori bo’ladi. Kasallik turini tezlik bilan 
aniqlash va tashxislash, davolash ishlarini zudlik bilan davolash uchun tekshirish 
usullarini aralash olib borish tavsiya etiladi. Invaziv mikozlarni muvaffaqiyatli 
tashxislash uchun kasallangan bemorda kasallikning rivojlanib borayotgan darajasini 
aniqlash, turli xildagi biosubstratlarni, biopsiyalarni o’rganish natijalarni baholash, 
tarqalish o’choqlarini aniqlash uchun instrumental tadqiqotlar (oftalmoskopiya, MRI, 
KT va boshqalar), hamda serologic tahlil o’tkazish zarur bo’ladi. 
Invaziv mikozlarning rivojlanishi uchun asosiy xavf omillari 2.1-jadvalda 
keltirilgan. Bu xavf omillari immunitet tanqisligi bor bo’lgan bemorlar uchun juda 
o’rinli asos bo’lib xizmat qiladi. Invaziv mikozlarning klinik ko’rinishlari o’ziga xos 



Yüklə 34,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə