Rivojlanishning umumiy qonunlari va kotegoriyalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/4
tarix19.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#128340
1   2   3   4
Jumaniyazova G FALSAFA SLAYD

Falsafa kategoriyalari

  • Kategoriya o’zi nima? Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», «tushuntirish», ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan.
  • Falsafa tarixida ularni birinchi bo’lib, Arastu ta’riflab bergan. U o’zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substantsiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o’rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o’z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.

Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor:

Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor:

  • 1) ob’ektiv voqelikning in’ikosi;
  • 2) narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli;
  • 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o’zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha;
  • 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri.
  • Ko’pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.

Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendentsiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.

  • Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendentsiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə