13-MA’RUZA
MS Accessda jadvallarni o’zaro bog’lash.
Reja:
1. MS Accessda jadvallar hosil qilish.
2. MS Accessda jadvallarni bog‘lash usullari.
3. MS Accessning Конструктор таблиц bo‘limi haqida
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib
borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni
o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni
saqlash uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish,
so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib kelmoqda.
Ma’lumotlar bazasi-bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar
majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar
o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash
va undan oqilona foydalanish juda muhim rol’ o’ynaydi. Sababi: jamiyat
taraqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni
olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni
tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan
muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli
ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday
tashkil qilar edilar-ki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har
bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilanar va bu hol
yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. SHuni qayd qilish lozimki,
MBni yaratishda ikkita muhm shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga
bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki
ma’lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur
tuzishga‚ hojat qolmasin.
SHuning uchun‚ ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga
amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz,
ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda
aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri
esa hozirgi zamon komp’yuterlaridir. Komp’yuterlarda saqlanadigan MB bu
maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp’yuter
xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat
bo’ladi. Yozuv-o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar
soni, qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yoeuv esa maydon
deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning, imkoni
boricha, qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan
ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga
harakat qilamiz.
Masalan, biror Oliy o’quv yurtining aniq fakul’tetida tahsil olayotgan biror
gurux talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:
Familiyas
i
Ismi
Tug’ilgan
sanasi
Guruxi
Turar
joyi
Qizq
qan
fani
Ochilov
Alisher
2.05,1
978
5—
M
TS-1,15
Mate
m.
Qobulo
v
Farxod
2.12.1982
6—
E
I.Sino,1
Adabiyot
Aminov
San’a
t
3.6.19
80
5— m
TS—2,12
Tari
x
Toliev
Jasur
24.51979
6—
E
Beruki,2
Bu misolda 4ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat.
Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «familiyasi», «ismi» «Tug’ilgan
sanasi», «Guruxi», «Turar joyi va qiziqan fani» deb nomlangan. Demak,
yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq.
Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. CHunki biror yozuvdagi ixtiyoriy
ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin
emas. SHuning uchun xam bizga kerakli bo’ladigan ikkalamchi yozuvlarni esa
faqat amaliy dasturlar yordamila olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan,
MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan
foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi.
Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb
yuritiladi. Aniroq qilib aytganda, MBBT-bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan
MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda
ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlar majmuidir. MBBTning tarkibida asosiy
komponenti-bu ma’lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti foydalanunchilar,
Hardware— texnik va Software—dasturiy ta’minoti hisoblanadi. Hardware
tashqi qo’shimcha xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo’lsa, dastur qismi esa
MB bilan foydalanunchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi.
MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektniig ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi,
tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
• foydalanuvchi-dastur tuzuvchi,
• tizimli dastur tuzuvchi,
• ma’lumotlar bazasi administratori.
Bunda dasturchi tuzgan foydalanunchi MBBT uchun yozgan dasturiga
javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgar
hisoblanadi. U holda MB administratori tizimning saqlanish holatiga va
ishonchliligiga javob beradi.
MBBT quyidagicha tavsiflanadi:
• Ispolnimost’—Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan
muloqotga kirishish
• Minimal’naya povtoryaemost’-Minimal takrorlanishlik MBdagi ma’lumot
iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi.
• YAxlitlik-axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi
bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao.
• Bezopasnost’-xavfsizlik MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli‚
himoya qilingan bo’lishi lozim.
Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va
foydalanish o’qishga egalik qilishi mumkin.
Migratsiya-ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib
turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun
ma’lumotlarni tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish
kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi
xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi;
1. Ma’lumotlar tuzilmalarining turi.
2. Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar.
Z. Butunlikning cheklanganligi.
Dostları ilə paylaş: |