1. Dastur proekti haqida tushuncha
2. Dastur koditushunchasi
3. Label, Edit, Memo matn komponentlari va Button tugmasi bilan ishlash
Proyekt
:
Delphi proyekti
–
bu kompilyator tomonidan, dastur yaratilganidan so’ng,
yaratilgan dasturga tegishli bo’lgan fayllar to’plamidir. Proyekt, bir yoki bir nechta
proyekt fayllarini va modullarni o’z ichiga oladi (Unit moduli).
Proyekt fayli *.dpv kengaytmasiga ega bo’lib, proyektning umumiy holatini
o’zida saqlaydi. Proyekt moduli fayli esa *.pas kengaytmali bo’lib, ishchi faylini
yaratishda kompilyatorga kerak bo’luvchi prosedura,
funksiya matnlari, tiplarni
tavsifi va boshqa ma’lumotlarni o’zida saqlaydi.
Dastur kodi
:
Dastur kodi forma orqasiga yashiringan bo’lib, u yerga dastur matnlari kiritiladi. U
oynaga F12 yoki Ctrl+F12 tugmalari yordamida o’tish mumkin.
Delphi kodlar muhitida dastur buyruqlarini kiritish va ularni qayta ishlash mumkin.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, Delphi kodlar muhiti avtomatik tarzda Object
Pascal dasturlash tilidagi kalit so’zlarni (begin, end, procedure, const, var va bosh.)
qalin harflar bilan belgilaydi.
Ma`lumot yozilgan satr(dastur izohi)ni belgilash
uchun figurali qavslardan
foydalaniladi. Qavs ochilsa undan keyin turgan kodlar ko’rinishi o’zgaradi. Kerakli
joyda qavs berkitilsa ko’rinishi o’zgargan kodlar faqat qavs oralig’idagina qoladi
va dastur ishlash jarayonida shu oraliq ishlatilmaydi.
Delphi kodlar muhitining imkoniyatlaridan yana biri shuki, u yerga biror
funksiyani masalan: «StrToFloat»
ni yozib, qavs ochsak satr ostida kichik oyna
hosil bo’ladi. Bu oynada qavs ichidagi o’zgaruvchi tipi ko’rsatilgan bo’ladi, yoki
biror operatorni masalan: Label1 ni yozib nuqta qo’yilsa satr ostida nuqtadan
keyinga yozish mumkin bo’lgan operatorlar ro’yhati
chiqadi va ulardan
kerakligini tanlab qo’yishimiz mumkin.
Kodlar oynasida biror operator sirtiga kursorni olib borib CtrlQF1 tugmalari teng
bosilsa shu operator haqidagi yordam oynasi hosil bo’ladi. U yerdan kerakli
axborotni olish mumkin. Agar kursorni bo’sh joyga olib kelib, F1 bosilsa umumiy
yordam ma’lumotlari chiqadi.
Kodlar oynasida tahrirlash oddiy matn muharrirlari kabi amalga oshiriladi. Ya’ni
belgilangan (blokka olingan)
kod nusxasini olish, qirqib olish va kerakli joyga
qo’yish mumkin. Undan tashqari kodlar ichidan kerakli belgini izlab topish va
almashtirish, Delete tugmasi yordamida kursordan keyin turgan belgini, Backspace
yordamida esa kursordan oldin turgan belgi yoki belgilarni o’chirish mumkin.
CtrlQ
, CtrlQ
tugmachalari yordamida bir so’z
keyinga va oldinga, PgDn,
PgUp tugmachalari yordamida esa bir oyna pastga va yuqoriga o’tiladi.
Dostları ilə paylaş: