dasturlash algoritmik tillarining paydo bo’lishi hamda ularning rivojlanishiga olib
keladi. Mazkur tillarning imlosi, so’z boyligi dastur
bilan ishlaydigan insonga
(dasturchiga) ham, kompyuterga ham bir xilda qulay qilib tanlanishi kerak. Yuqori
saviyadagi dasturlash tillariga Algol, Fortran, PL/1, Paskal, Simula va boshqa juda
ko’p tillar misol bo’la oladi. Kompyuter dasturda beriladigan buyruqlar ketma –
ketligini oson talqin qilishi va bajara olishi kerak. Demak, dasturlash tilini inson va
mashinaning muloqot vositasi, deb hisoblash mumkin.
Dasturlash tili quyidagi afzalliklarga ega:
- U jonli tilimizga o’xshash bo’lib, uni o’rganish oson;
- Bu tilda yozilgan dastur mashina tilidagidan qisqaroq bo’ladi;
- Dastur yozishga kamroq vaqt sarflanadi va kam xatolikka yo’l qo’yiladi;
- Yozilgan dasturni ixtiyoriy dasturchi o’qiy oladi;
- Dasturlash tili mashina turiga bog’liq emas.
Demak, dastrulash (yuqori saviyadagi) tilida dastur tuzish qulayroq,
osonroq va buning uchun aynan bir mashina (quyi saviyadagi)tilini bilish shart
emas ekan.
Hozirgi paytda dastrulash tillarining soni juda ko’payib ketmoqda. Lekin,
shuni
aytish kerakki, har qanday dasturlash tili o’zining darajasi va qo’llash
sohasiga ega. Ba’zi bir tillar bir necha xil soha masalalarini yechishga ishlatiladi.
Bunday tillar
universal tillar
, deb ham ataladi.
Foydalanuvchidan kompyuter bilan muloqot qilish uchun kompyuter tilini bilish
ham talab qilinadi.Kompyuter tushunadigan til dasturlash tili deb ataladi.Biror
masalani kompyuterda yechish uchun,avvalo,uning
algoritmi tuzulishi va bu
algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun-qoidalar asosida
yozilishi kerak bo’ladi.Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo’lgan
ko’rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan.Kompyuter uchun dastur tuzish
jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi.Hozirgi kunda
hisoblash,muhandis-texnik,
iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va
boshqa masalalarni yechish uchun yuqorish darajadagi dasturlar tillari mavjud
Masalan: FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo'lib, FORmyla TRANslator –
formulalar translyatori degan manoni anglatadi va ilmiy va muxandis - texnik
masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi.
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, ALGOritmic
Langauge -algoritmik til
degan ma'noni anglatadi va ilmiy-texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi.
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge -
savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til degan ma'noni anglatadi. Korxona va
tarmoqning moddiy boyligini,
moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga
olish bilan bog’liq iqtisodiy masalalarni yechish uchun ishlatiladi.
Pascal - 1969 yilda Syurix texnika universiteti professori N.Virt tomonidan
yozilgan. Pascal tili 1971 yilda elon qilingan bo’lib,
fransuz olimi Blez Paskal
nomiga qo’yilgan bo’lib, talabalarga dasturlar tuzishni o’rgatishga mo’ljallangan.
Keyinchalik bu dastur
A
merikaning borland firmasi tomonidan qayta ishlangan va uni
turbo pascal
dasturlash tili deb nomlangan. turbo pascalni qayta ishlash natijasida ob’yektli dasturlash yo’lga qo’yildi
va uni
object pascal
deb atala boshlandi.
hisoblash texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi natijasida borland firmasi tomonidan yangi
delphi
dasturlash tili
yaratildi
Dostları ilə paylaş: