Reja:
1. Dasturlash tillari tasnifi
2. DASTURLASH TILLARINI SINFLASH
Dasturlash tillari paydo bo’lishidan oldin
dasturlar mashina kodlarida
(mashina kodi - prosessor tomonidan bajariladigan xotiradagi qo’llanmalar
ketma-ketligidir) tuzilar edi. Katta-katta dasturlarni tuzishda juda ko’p variant talab
qilinar, ularni xatolarini tuzatish juda qiyin, molifikasiyalash esa ko’p hollarda
ilojsiz edi.
Shularni hisobga olib, inson uchun tushinarli boshlagan dasturlash
tillarini tashkil qilish muammosi paydo bo’ldi. Dasturlash tillari inson uchun
tushinarli boshlagan dasturlarni tuzish imkonini beradi.
Zamonaviy dasturlash tillari EHMning ichki mashina tilidan keskin farq qiladi va
EHM bevosita ana shu tilda ishlay olmaydi. Buning
uchun dasturlash tilidan
mashina tushunadigan tilga tarjima qiluvchi maxsus dastur translyatordan
foydalaniladi. Dasturni translyasiya qilish va bajarish jarayonlari vaqtlarga
ajraladi.Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar majmuini
va algoritmlarni yozish
uchun ushbu belgilarni qo’llash qoidalarini o’z ichiga oladi. Dasturlash tillari bir
biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi bilan ajralib turadi.
Alifbo - tilda qo’llaniladigan ko’plab turli ramziy belgilar (harflar, raqamlar,
maxsus belgilar).Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog’lanish
qoidalarini belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmuniy izohini
belgilaydi.
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo’yicha sinflash mumkin.
Dasturlash tilining EHMga bog’liqlik darajasi bo’yicha
sinflash eng umumiy
hisoblanadi. Yuqorida aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog’liq
va mashinaga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.Mashinaga bog’liq tillar, o’z
navbatida, mashina tillari va mashinaga mo’ljallangan tillarga ajratiladi.
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til
darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Mashina tili 0 daraja deb qabul qilingan bo’lib,
sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb
qaraladi.
Mashinaga bog’liq bo’lmagan tillar xam ikkita turga bo’linadi:
birinchisi
proseduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisiga - muammoga mo’ljallangan tillar.
Proseduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini
(proseduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan, shuning uchun ular ko’pincha oddiy
qilib
Dostları ilə paylaş: