Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   295
Informatika To\'plam12

Ma’lumotlar ombori- aniq bir sohaga tegishli ma’lumotlarning 
strukturalangan va o’z nomiga ega bo’lgan majmui.
Ma’lumotlarni strukturalash- ma’lumotlarni ma’lum bir xususiyatlari 
bo’yicha birlashtirish.
Masalan, korxonaning ma’lumotlar omborida quyidagi axborotlar 
saqlanishi mumkin; 

Korxonaning ishchi va xizmatchilari haqidagi barcha ma’lumotlar 

Korxonaning moddiy va texnik bazasi haqidagi ma’lumotlar 

Omborlardagi zahiralar haqidagi ma’lumotlar 

Tayyor maxsulatlar haqidagi ma’lumotlar vahokazo . 
Kompyuterda bu kabi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ma’lumotlar 
strukturasi (tuzilishi)ni belgilab olish kerak. Ma’lumotlar omborini tashkil 
etishda axborotlarni jadval ko’rinishda saqlash talab qilinadi.
Ma’lumotlar omborida ustunlar Maydon, satrlar – Yozuv, maydon va 
yozuvlar kesishgan katakchalar esa – Rekvizitlar deb yuritiladi. 
Maydon - Ma’lumotlar ombori strukturasi (tuzilishi)ni belgilaydi va unda 
obyektning faqat birgina xususiyati saqlanadi.
Yozuv – o’zaro mantiqan bog’langan maydonlar majmui bo’lib, biror 
obyektning asosiy xususiyatlarini ifodalaydi. 
Nazorat savollari. 
1. Ma’lumotlar ombori haqida ma’lumot bering. 
2. Ma’lumotlarni strukturalash qanday amalga oshiriladi. 
3. Rekvizitga ta’rif bering.
 
2-bob. Zamonaviy dasturlash tillari 
19-ma’ruza 
Delphi dasturlash tilida obyektlar haqida. 


Reja: 
1. Dasturlash tillari tasnifi 
2. DASTURLASH TILLARINI SINFLASH
 
Dasturlash tillari paydo bo’lishidan oldin dasturlar mashina kodlarida 
(mashina kodi - prosessor tomonidan bajariladigan xotiradagi qo’llanmalar 
ketma-ketligidir) tuzilar edi. Katta-katta dasturlarni tuzishda juda ko’p variant talab 
qilinar, ularni xatolarini tuzatish juda qiyin, molifikasiyalash esa ko’p hollarda
ilojsiz edi. Shularni hisobga olib, inson uchun tushinarli boshlagan dasturlash 
tillarini tashkil qilish muammosi paydo bo’ldi. Dasturlash tillari inson uchun 
tushinarli boshlagan dasturlarni tuzish imkonini beradi.
 
Zamonaviy dasturlash tillari EHMning ichki mashina tilidan keskin farq qiladi va 
EHM bevosita ana shu tilda ishlay olmaydi. Buning uchun dasturlash tilidan 
mashina tushunadigan tilga tarjima qiluvchi maxsus dastur translyatordan 
foydalaniladi. Dasturni translyasiya qilish va bajarish jarayonlari vaqtlarga 
ajraladi.Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar majmuini va algoritmlarni yozish 
uchun ushbu belgilarni qo’llash qoidalarini o’z ichiga oladi. Dasturlash tillari bir 
biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi bilan ajralib turadi. 
Alifbo - tilda qo’llaniladigan ko’plab turli ramziy belgilar (harflar, raqamlar, 
maxsus belgilar).Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog’lanish 
qoidalarini belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmuniy izohini 
belgilaydi. 
Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo’yicha sinflash mumkin. 
Dasturlash tilining EHMga bog’liqlik darajasi bo’yicha sinflash eng umumiy 
hisoblanadi. Yuqorida aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog’liq 
va mashinaga bog’liq bo’lmagan tillarga bo’linadi.Mashinaga bog’liq tillar, o’z 
navbatida, mashina tillari va mashinaga mo’ljallangan tillarga ajratiladi. 
Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini tariflash uchun til 
darajasi tushunchasi qo’llaniladi. Mashina tili 0 daraja deb qabul qilingan bo’lib, 
sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb 
qaraladi. 
Mashinaga bog’liq bo’lmagan tillar xam ikkita turga bo’linadi: birinchisi 
proseduraga mo’ljallangan tillar, ikkinchisiga - muammoga mo’ljallangan tillar. 
Proseduraga mo’ljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini 
(proseduralarni) tavsiflashga mo’ljallangan, shuning uchun ular ko’pincha oddiy 
qilib

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə