Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   295
Informatika To\'plam12

Nazorat savollari. 
1. Ma’lumotlar ombori haqida ma’lumot bering. 
2. Ma’lumotlarni strukturalash qanday amalga oshiriladi. 
3. Rekvizitga ta’rif bering.  
 
18-ma’ruza 
Ma’lumotni vizualizatsiya qilish. 
Reja: 
1. Ma’lumotlarni strukturalash. 
2. Maydon, yozuv va rekvizitlar 
Inson o’z hayoti davomida ko’plab axborotlar bilan ishlaydi. Ular biron 
bir narsa yoki jarayonga aloqador (masalan, tabiat, jamiyat, ular orasidagi 
munosabatlar vahokazo.) ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Narsa yoki jarayonni 
o’rganishda ularni obyekt deb atash qabul qilingan. Har bir obyekt o’ziga hos 
xususiyatlar (tavsif)ga ega. Masalan, koptokni obyekt deb qaraydigan bo’lsak, 


uning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: shakli, rangi, og’irligi, o’lchami, 
nimadan yasalgani vahokazo.
Obyektlarni o’rganish jarayonida ular haqida ma’lumotlar yig’iladi, 
saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta 
ishlash va uzatishning ko’plab usullari mavjud. Kompyuterlar yaratilgunga 
qadar axborotlar bilan ishlash,asosan, qog’ozda amalga oshirilgan edi. 
Masalan, ma’lumotlar yig’ma jildlarda saqlangan, ularni uzatish esa odatdagi 
pochta orqali amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ham bu usuldan voz 
kechilganicha yo’q. Lekin, bugungi kunda, axborotlar asri davrida katta 
hajmdagi ma’lumotlarni odatdagi usullar orqali qayta ishlab bo’lmaydi. 
Ma’lumki, axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish- kompyuterning 
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Kompyuterda ham axborotlarni turli usulda saqlash mumkin. Masalan, 
matn muharrirlari va protsessorlari (Bloknot yoki MS Word dasturlari) 
yordamida katta hajmdagi axborotlarni saqlash mumkin. Lekin, axborotlarni 
matn muharrirlari va protsessorlari yordamida saqlash va ular bilan ishlash 
axborotlarni qog’ozda saqlash va kerakli ma;lumotlarni izlash bilan diyarli 
teng. Ikkinchi tomondan katta hajmdagi ma’lumotlar ichidan kerakli 
ma’lumotni tezda topish uchun bu ma’lumotlarni ma’lum bir tartibda saqlash 
talab etiladi.
Tasavvur qiling, katta zavodning korxonaning barcha hodimlari 
haqida yig’majild tashkil etgan. Aytaylik,korxonada 2000 dan ortiq hodim 
ishlaydi. Korxonaning hodimlar bilan ishlash bo’limi hodimlar ichidan yoshi 25 
dan 30 gacha bo’lganlari ro’yhatini aniqlashi kerak. Bu vazifani bajarish uchun 
bo’lim hodimlari barchaning yig’ma jildlarini birma-bir o’rganib chiqishiga 
to’g’ri keladi. Kerakli axborotlarni izlashning bunday usuli sermashaqqat va 
juda ko’p vaqt talab etadi. 
Ma’lumotlar bilan ishlashda kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, u 
holda barcha ishni avtomatlashtirish mumkin. Lekin, shunda ham avval 
barcha ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritib olish zarur.
Bugungi kunda ma’lumotlar bilan ishlashni kompyuterlar yordamida 
avtomatlashtirish diyarli barcha sohada qo’llanilib kelmoqda. Masalan, 
avtomobillar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlar fuqarolarning pasport 
ma’lumotlari, shahar telefon ma’lumotnomalari va boshqalar.


Ma’lumotlar ombori nima?

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə