uning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: shakli, rangi, og’irligi, o’lchami,
nimadan yasalgani vahokazo.
Obyektlarni o’rganish jarayonida ular haqida ma’lumotlar yig’iladi,
saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta
ishlash va uzatishning ko’plab usullari mavjud.
Kompyuterlar yaratilgunga
qadar axborotlar bilan ishlash,asosan, qog’ozda amalga oshirilgan edi.
Masalan, ma’lumotlar yig’ma jildlarda saqlangan, ularni uzatish esa odatdagi
pochta orqali amalga oshirilgan. Hozirgi
kunda ham bu usuldan voz
kechilganicha yo’q. Lekin, bugungi kunda, axborotlar
asri davrida katta
hajmdagi ma’lumotlarni odatdagi usullar orqali qayta ishlab bo’lmaydi.
Ma’lumki, axborotlarni saqlash, qayta ishlash
va uzatish- kompyuterning
asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Kompyuterda ham axborotlarni turli usulda saqlash mumkin. Masalan,
matn muharrirlari va protsessorlari (Bloknot yoki MS Word dasturlari)
yordamida katta hajmdagi axborotlarni saqlash mumkin. Lekin, axborotlarni
matn muharrirlari va protsessorlari yordamida saqlash va ular bilan ishlash
axborotlarni qog’ozda saqlash va kerakli ma;lumotlarni izlash bilan diyarli
teng. Ikkinchi tomondan katta hajmdagi ma’lumotlar ichidan kerakli
ma’lumotni tezda topish uchun bu ma’lumotlarni ma’lum bir
tartibda saqlash
talab etiladi.
Tasavvur qiling, katta zavodning korxonaning barcha hodimlari
haqida yig’majild tashkil etgan. Aytaylik,korxonada 2000 dan ortiq hodim
ishlaydi. Korxonaning hodimlar bilan ishlash bo’limi hodimlar ichidan yoshi 25
dan 30 gacha bo’lganlari ro’yhatini aniqlashi kerak. Bu vazifani bajarish uchun
bo’lim hodimlari barchaning yig’ma jildlarini birma-bir o’rganib chiqishiga
to’g’ri keladi. Kerakli axborotlarni izlashning bunday usuli sermashaqqat va
juda ko’p vaqt talab etadi.
Ma’lumotlar bilan ishlashda kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, u
holda barcha ishni avtomatlashtirish mumkin. Lekin, shunda ham avval
barcha ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritib olish zarur.
Bugungi kunda ma’lumotlar bilan ishlashni kompyuterlar yordamida
avtomatlashtirish diyarli barcha sohada qo’llanilib kelmoqda. Masalan,
avtomobillar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlar fuqarolarning pasport
ma’lumotlari, shahar telefon ma’lumotnomalari va boshqalar.