Reja:
1. Adobe Photo Shop grafik muharririning ranglar palitrasi haqida
ma'lumot
2. Photo Shop ning ish stoli
3. Photo Shop muharririning asboblar paneli
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi
qo'shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chi- roqlarni yoqsak,
ular taratayotgan yorug'liklar qo'shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu
chiroqlar turli rangda bo'lsa, bu ranglar qo'shilib, xona ulardan ko'ra yorqinroq
(ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta aso siy rang: qizil (Red),
yashil
(Green) va ko'k (Blue) ranglarni turli nisbatda qo'shish bilan yaratish mumkin. Bu
ranglarning nomlaridan qo'shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan:
Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo'lishi mumkin.
Natijada 256*256*256 ta (o'n olti milliondan ko'proq) ranglar hosil qilish mumkin.
Masalan, yashil va ko'k ranglar qo'shilganda havo rang (ingliz tilida Cyan deb
ataladi), qizil va ko'k ranglar qo'shilganda pushti (Magenta), qizil va yashil
ranglar
qo'shilib sariq ( ) ranglar paydo bo'ladi. Uchta asosiy rang qo'shilganda oq rang
chiqadi.
Qo'shiluvchi ranglar yordamida tele vizor va kompyuter monitori ekranidagi
tasvirlarning ranglari hosil qilinadi.
Rasm
darslaridan bilamizki, oq qog'ozni bir necha rangdagi bo'yoqlar bilan
bo'yasak, bu ranglar qo'shilib, to'qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan
qog'ozni bo'yasak, qog'oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va
bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi.
Bu tizimda asosiy
ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan.
Bu uchta rang oq qog'ozga surtilganda qog'oz qora rangga kiradi. Lekin toza
bo'yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang
biron bir bo'yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar
tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora
ranglar ko'p bo'lgan tasvirlarni yaratishda boshqa rangdagi bo'yoqlarning
sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda,
plotterlarda hamda nashri- yotning bosma mashinalarida foydalaniladi.
Bu tizim
undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo'lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow,
blacK) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko'rsatiladi.
PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushu- narli
bo'lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri HSB deb ataladi. Bu nom
ingliz tilidagi Hue (Rang turi), Saturation (Rang to'yinganligi) Brightness (Rang
yorqinligi) so'zlaridan olingan.
Bu tizimda ranglar palitrasi doira shaklida qurilgan bo'lib, har bir rangga uchta
parametr mos keladi. Bu parametrlarning birinchisi kerakli rangni tanlash uchun
xizmat qiladi. Asosiy ranglar doira chegarasi bo'lgan aylanada joylashgan.
Ularni tanlash uchun aylanadagi nuqtaga mos keladigan
markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha bo'lgan
qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120°
R
ga yashil, 240° ga ko'k rang mos keladi. Qddlamchi
ranglar: sariq (60°), havorang (120°) va pushti (240°) lar
asosiy ranglar orasida joylashgan.
Bu ranglar bir-biri bilan qo'shilib,
yangi ranglar paydo
bo'ladi. Masalan, ko'k rang (240°) bilan pushti rang (300°)
orasida siyohrang (270°) joylashgan.
Ikkinchi parametr rangning to'yinganligini bildiradi. Bu
parametr 0 dan 100 gacha bo'lgan qiymatni qabul qiladi.
Bu parametrning qiymati kamay- gani sari rangning
to'yinganligi ham kamayib boradi va 0 ga teng bo'lganda bu rang oq rangga
aylanib qoladi.
Bu parametrga mos keladigan ranglar tanlangan burchakning radiusi bo'yicha
joylashgan bo'ladi. Bu radius bo'ylab harakatlanganda doira chegarasi, ya'ni
aylanada tanlangan rang to'yinganligi kamayib borib oq rangga aylanadi.
Rangning uchinchi parametri tanlangan rangning yorqinligini bildiradi va 0 dan
100 gacha bo'lgan qiymatlarni qabul qiladi. Masalan, oq rang tanlangan bo'l- sin.
Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo'lsa, u oqligicha qoladi. Yorqinlik 0 ga teng
qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng bo'lsa, kul rang, 25 ga
240" В
\
teng bo'lsa, to'q kul rang, 75 ga teng bo'lsa, och kul rangga aylanadi. Bu tizimning
yaxshi tomoni unda bir-birini to'ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo'lgan ranglar
yaqqol ko'rinib turadi. Bir-birini to'ldiruvchi ranglar deb doiraning bitta diametrida
bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi.
Masalan, qizil va havo rang; va ko'k; yashil va pushti ranglar; shu- ningdek, oq
va qora ranglar bir-birini to'ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To'ldiruvchi ranglardan
biri fon uchun olinsa, ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi.
Bunda chiziq va yozuvlar fonda yaqqol ko'rinib turadi. Matnning biron qismini
ajratish uchun matnning asosiy rangiga yaqin- roq rang tanlanadi.
Ranglar ikki turga ajratiladi. Ulardan birinchi iliq ranglar, ikkinchisi esa sovuq
ranglar deb ataladi. Iliq ranglarga tarkibida qizil va sariq ranglar ko'proq bo'lgan
ranglar, sovuq ranglarga tarkibida ko'k va siyoh ranglar ko'proq bo'lgan ranglar
kiradi. Ayniqsa, ularga
qora va kul ranglar aralashsa, ular yanada sovuqlashadi.
Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar
hisoblanadi.
Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko'taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga yomon
ta'sir qiladi. Dizayn bilan jiddiy shug'ullanishni istaganlar iliq, sovuq, neytral
ranglarni va ular bilan ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: