Ro‘yhatga olindi” “Ro‘yhatga olindi” Neft va gaz konlari geologiyasi Iqtisodiy geologiya fakulteti kafedrasi


I BOB. XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR TASNIFI



Yüklə 52,31 Kb.
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü52,31 Kb.
#167553
1   2   3   4   5
Nuriddinova kurs ishi

I BOB. XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR TASNIFI
1.1 Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mohiyati

XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo‘jaligini faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiymunosabatlarning jadal ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligida davlatlar guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va xo‘jalik hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘lmoqda.Shunisi xarakterliki, o‘zaro hamkorlik va yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo‘jalikni mustahkamlashga intilishi, oqibat natijada jahon xo‘jaligini yanada ko‘proq baynalminallashuviga, milliy iqtisodiyotning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o‘zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlaro‘z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, ko‘pmilliy korporatsiyalarni) jahon xo‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi esa o‘z ichiga huquqiy me’yorlarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, ―kodekslar, va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi.



1-rasm

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi:



  1. Xalqaro mehnat taqsimoti.

  2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.

  3. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.

  4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi

  5. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.

  6. Xalqaro iqtisodiy integratsiya.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xo‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud bo‘lgan. Masalan: Yevropa davlatlari o‘rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa-Shimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va h.k.) o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan. Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi(XVIII asr oxiri va XIX asr boshlari) va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) - bu alohida mamlakatlarning ko'plab xo'jalik yurituvchi sub'ektlari yoki ularning guruhlarining xalqaro miqyosda turli xil ob'ektlar - tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnatni ishlab chiqarish va ayirboshlash bo'yicha aloqalari. Bu munosabatlar milliy korxona va kompaniyalarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki jarayonida amalga oshiriladi. XIMni amalga oshirishga siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa omillar ham ta'sir qiladi.
Makro darajada xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish mexanizmi tashkiliy, huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar va bitimlar, xalqaro savdo tashkilotlari va boshqalar), xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan tegishli faoliyatini o'z ichiga oladi. xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muvofiqlashtirilgan rivojlanishi. Xalqaro amaliyot shuni ko'rsatadiki, zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar muhim, doimiy millatlararo, davlatlararo tartibga solishni talab qiladi.
Mikro darajada xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish mexanizmi xalqaro marketing tizimi va tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va texnologiyasini o'z ichiga oladi. Umumiy (ichki) marketingga o'xshashligi bilan xalqaro marketing tadbirkorlikni boshqarishning o'ziga xos vositasidir. xalqaro daraja. Uning o'ziga xosligi, eng avvalo, milliy bozorlar, shuningdek, ayrim tovar va xizmatlarning jahon bozorlari xususiyatlarini o'rganish usullarida namoyon bo'ladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlani shakllari bo‘yicha guruhlash mumkin. An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy m unosabatlarning xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish shakllari ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Kapital, mehnat va texnologiyadan farqli o‘laroq muhim iqtisodiy resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo'jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo hamda ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansada, jahon xo‘jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy munosabatlar sifatida tan olingan.
Xalqaro iqtisodiy m unosabatlaming mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bogiiq. Ushbu bogiiqlik asosida xalqaro iqtisodiy m unosabatlar yuzaga keladi. 6 Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o ‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridir. Xalqaro iqtisodiy m unosabatlam i shakllari bo‘yicha guruhlash mumkin. A n’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy m unosabatlam ing xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish shakllari ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Kapital, m ehnat va texnologiyadan farqli o ‘laroq m uhim iqtisodiy resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan em asligi bois, jahon xo'jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan m ahsulotlam ing xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababdan xalqaro iqtisodiy m unosabatlam ing alohida shakli sifatida qatnashmaydi. Xalqaro iqtisodiy m unosabatlam ing keyingi shakli xalqaro valuta-kredit va moliya m unosabatlari xalqaro savdo ham da ishlab chiqarish om illarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansada, jahon xo‘jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy m unosabatlar sifatida tan olingan


Yüklə 52,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə