S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi


Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko’rish, eshitish va tuyish mumkin. Fon



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə15/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko’rish, eshitish va tuyish mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo’lib, aniq obyektni ajratishga yordam beradi. Masalan, gavjum bozorda ketayotgan xolatda o’z ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o’sha tarafga qaraymiz. Ism - figura bo’lsa, bozordagi shovqin - fon rolini o’ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz. Masalan, gul bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, o’shani xarid qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o’tmaydi.
Idrok - borliqdagi ko’plab, xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni, idrok asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o’ziga nisbatan soddaroq bo’lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, hidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni alohida - alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu
- sezgilarimizdir.
Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloqo qarshilar. Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo’lib, unda shaxsning u yoki bu obyektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol
o’ynaydi. Masalan, buning isboti uchun ko’pincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita qora profil oq fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab -vaza desa, boshqalar uni bir - biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon tomondan ko’rinishi, deb ta’riflashi mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko’rgan odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini tushunishga harakat qiladi, lekin biror figurani ko’rgach, ma’lum vaqtgacha boshqasini ko’rmay turadi.
Fon xususiyatlari sababli paydo bo’luvchi ko’rish illuziyalarning paydo bo’lishiga xos ayrim «sirlar» haqida to’xtaladigan bo’lsak, to’q rang fonda shakllarning rangi asliga nisbatan biroz ochroq va aksincha, bo’lib tuyuladi (oppoq ko’ylakdagi siyoh dog’ini tasavvur qiling). Fon va undagi shaklni idrok etayotganda, odam eng avval hajman kichikrog’ini ko’radi. Masalan, katta oppoq devorga osilgan portretni ko’z oldingizga keltiring.
Quyidagi bir nechta rasmlarda ko’rish ilyuziyalariga misollar keltirilgan.
1-rasm. Agar diqqat bilan rasmning qora rangli shakliga qarasak, chunki eng avval ana shu shakl ko’zga tashlanadi, zero u oq fonga nisbatan hajman kichikroq, unda saksofon musiqiy asbobini chalayotgan kishining tasvirini ko’ramiz.


Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə