S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə14/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha erda ro’y bergan hodisalarni ham eslatadi.
Birin-ketinlik qonuni. Xarflarni alfavitdagi tartibda yodda aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.
Tormozlanish qonuni. Xar qanday muayyan ma’lumot o’zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o’chib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustaxkamlash choralarini ko’rish kerak.
Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo’lish uchun xar bir predmet yoki fanning mavzularini o’ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini ishlab chiqish kerak ekan.

Idrok haqida tushuncha. Idrokning o’ziga xos xususiyatlari.


Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’lad va aks ettirishda ishtirok qiladi.
Idrok tushunchasining (lotin tilidan - «perceptio» qabul qilish) yuqori bosqichi esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni
bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o’zini ilm saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan,
«ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh- urug’chilik shaklida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof- muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi.
Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obektiv (haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo’lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi.
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo’lib, ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga ega bo’lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:

  • yo’q narsalarningko’zga ko’ri nishi;

  • u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;

  • yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.

Illuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning noto’g’ri - noadekvat, yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir.
Ba’zan psixologik fanida noto’g’ri idrok qilishga olib keluvchi qo’zg’atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» - tashqi tuzilishida o’xshashlik, o’zaro o’xshashlik, joylashuvda yondashuvlik) o’zi ham illuziya deb ataladi. Idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga berilgan ustanovkaga uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir.
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda
idrok qiladi.

Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə