S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi


Hayol to`g`risida tushuncha. Hayolning aktiv va passiv turlari



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə22/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Hayol to`g`risida tushuncha. Hayolning aktiv va passiv turlari.


Hayol - bilish jaryonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy harakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namoyon bo`ladi. Mexnatning tayyor natijasini hayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Hayol yoki fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mexnatining xayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mexnat jarayoni zarur tarzda hayolni o`z ichiga qamrab oladi. Hayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy adabiy, muzikaviy va umuman ijodiy faoliyatining zarur tomoni sifatida namoyon bo`ladi.
Hayol tasavvurning avval idrok qilinib xotirada qolgan materiallardan vujudga keladi. Hayolning asosiy vazifasi hamisha sezgi va idrok yo`li bilan hosil qilingan narsalarni qayta ishlovidan iboratdir. Hayol yo`q narsadan ijod qila olmaydi. Tug`ma garang odam tovushni hech tasavvur qila olmagandek, tug`ma ko`r ham hech mahal ranglarni hayoliga keltirib tasavvur qila olmaydi.
Hayolda oddiy bir stol yasash uchun stolning qanday shaklda bo`lishini, uning balandligini, kengligini, oyoqlari qanday maxkamlanishlarini, ovqatlanish stoli, labaratoriya stoli yoki yozish stoli sifatida o`zining belgilangan xizmatiga qanchalik javob berishini oldindan tasavvur qilish lozim. Qisqa qilib aytganda, ishni boshlashdan oldin bu stolni tayyor ko`ra bilish talab qilinadi.
Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mexnatning oxiri va oraliq maxsulotlarda o`z ifodasini topadi, shuningdek muommali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq-atvor dasturini tuzishni tahminlaydi. SHuning bilan birga hayol aktiv faoliyatni programmalashtiruvchi emas, balki uning o`rnini almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga chiqadi.
Hayol tafakkur bilan chambarchas bog`langandir. Hayol ham tafakkur singari kelajakni oldindan ko`rish imkoniyatini beradi.
Tafakkur bilan hayol o`rtasidagi umumiylik hamda ular o`rtasidagi farqlar nimalardan iborat? Hayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya’ni masala yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi. Tafakkur singari hayol shaxsning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, hayoliy jarayoni sodir bo`ladi, ya’ni bu
ehtiyojlarning qondirilishi mumkin bo`lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin.
Hayol shunday jarayonki, u xatto tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la va zarur bilimlar bo`lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muommali vaziyatdan chiqish imkonini beradi. Fantaziya tafakkurning qandaydir bosqichlaridan «sakrab o`tish» va so`nggi natijani tasavur qilish imkonini beradi.
Hayol o`zining aktivligi va faoliyati bilan harakterlanadi. Hayolning passiv hayol formasi - oldindan o`ylab yuzaga keltirishi mumkin bo`lgan, jo`rttaga yuzaga keltirilgan iroda bilan bog`liq bo`magan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan hayolning mana shunday obrazlari shirin hayolga misol bo`la oladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar xaqida shirin hayol surish hamma odamlarga xosdir. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin hayol kechirish hollari ko`proq bo`lsa bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.

Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə