S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə20/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
билиш жараёнлари (5)

Ma’naviy (axloqiy) his-tuyg`ular - o`z mazmuniga ko`ra, kishining kishiga va kengroq ma’noda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi. SHaxs ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida uning xulq-atvorini boshqarib turadigan axloq normalari shu his-tuygularning tevarak-atrofdagilardan obyektiv ravishda olib turadigan baholashning asosi hisoblanadi.
Intellektual (aqliy) his-tuyg`ular - shaxsning bilish jarayoniga, uning muvaffaqiyatliligi va muvaffaqiyatsizligiga munosabatini ifodalaydi va aks ettiradi.
Estetik (nafosat) his-tuyg`ular - subyektning hayotida yuz beradigan turli xildagi narsalarga va ularning sanhatda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bemahni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Inson ma’naviy, intellektual va estetik tuyg`ularni faoliyat va muomala jarayonida boshdan kechiradi, bahzan ularda kishining sotsial voqelikka nisbatan butun hissiy munosabatlari boyligini mujassamlashganligi uchun ular yuksak his- tuyg`ular deb ham ataladi.

Iroda haqida tushuncha. Irodaviy xatti-harakat motivatsiyasi.


Iroda - shaxsning oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yengib o`tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi hamda o`z-o`zini boshqarishidir.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o`z ehtiyojlariga kura o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo`ldi.
Harakatning oldindan mo`ljallanganligi kishining bo`lg`usi harakati natijasi uning faoliyati motiviga, ya’ni u nima maqsadda harakat qilishiga javob berishi haqida qaror qabul qilishni nazarda tutadi, shunda harakat shaxsiy ma’no kasb etadi va subyekt uchun faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo`ladi.
Irodaviy harakatlar murakkabligi bo`yicha farqlanishi mumkin:

      1. shakl


Masalan, o`quvchi jismoniy tarbiya darsida birinchi marta tayanib sakrashga urinayotib, yiqilishi va lat yeyishi mumkinligi bilan bogliq bo`lgan bahzi bir xavfsirashlarni yengib o`tadi. Bunday irodaviy harakatlar oddiy deb ataladi. Murakkab irodaviy harakatlar bir qancha oddiy harakatlarni o`z ichiga oladi. Murakkab ishlab chiqarish faoliyatini bajarish to`g`risida qaror qabul qilarkan,


yosh yigit qator ichki va tashqi to`siqlar va qiyinchiliklarni bartaraf etadi hamda o`z niyatini amalga oshiradi. O`z navbatida, murakkab harakatlar kishining ongli ravishda qo`yilgan yaqin va uzoq maqsadlarga erishishga qaratilgan, uyushgan irodaviy faoliyati sistemasiga kiradi. Unda kishining u yoki bu irodaviy fazilatlari namoyon bo`ladi.
Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifalarning bajarilishini tahminlaydi va ularda o`zini namoyon qiladi:

      1. shakl


Irodaning undovchi vazifasi kishining faolligi bilan tahminlanadi. Harakat oldingi vaziyat bilan bog`liq bo`lgan paytdagi reaktivlikdan farqli o`laroq faollik harakatning ayni o`zida namoyon bo`ladigan ichki holatiga nisbatan subyektning o`ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (zarur axborotni olishga ehtiyoj sezayotgan kishi o`rtogini chaqiradi, jahli chiqqan holatda yon atrofdagilarga qo`pollik qilishga yo`l qo`yadi va hokazo).


Irodaning undovchi vazifasi bilan birgalikda harakat qiluvchi to`xtatish vazifasi faollikning yoqimsiz ko`rinishlarini jilovlashda namoyon bo`ladi. SHaxs uning dunyoqarashida, eng yuksak maqsadlariga javob bermaydigan motivlarning uyg`onishini va harakatlarning bajarilishini to`xtatishga qodirdir. To`xtatish bo`lmasa, xulq-atvorni boshqarish bo`lmas edi.
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati irodaning harakterli ko`rinishlaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Tavakkalchilik - subyekt uchun uning cheki noma’lum yoki muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo`ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og`riq ta’sirini o`tkazish, jaroxat, obro`ni yo`qotish) xaqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning harakteristikasidir. Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik bunday holatdagi muvaffaqiyatsizlik extimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg`unlashtirilishi bilan belgilanadi. Psixologiya tavakkal qilish uchun zarur shart
sifatida irodaning qo`shilishini nazarda tutuvchi tavakkal qilish xatti-harakatning ikkita o`zaro bog`langan sababini ajratib ko`rsatadi.
Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda tavakkalchilikning birinchi turi - bu yutuqqa umid bog`lash, muvaffaqiyat qozonilganda kutilayotgan kattalikning muvaffaqiyatsizliklar oqibati darajasidan ortishidir - situativ tavakkalchilik. Bu o`rinda muvaffaqiyat motivatsiyasi muvaffaqiyatsizlikdan qutilib qolish motivatsiyasidan kuchliroqdir. Agar kundalik xulq-atvor ishlar uchun qarama-qarshi boglanishligi e’tiborga olinadigan bo`lsa - muvaffaqiyatsizlikdan qutulish motivatsiyasi muvaffaqiyat motivatsiyasidan kattaroq kuchga ega bo`ladi demak, tavakkalchilik - qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan voqeadir.
Irodaning asosini, xuddi umuman subyektning faolligi kabi, uning xatti- harakatlari va ishlarining ko`p tarmoqli va xilma-xil motivlashtirilishiga sabab bo`luvchi ehtiyojlari tashkil etadi.
Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaxkam bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi:



  1. Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`lik bo`lgan faoliyatga undovchi sifatida



Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə