S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi xavfsizligi



Yüklə 13,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/60
tarix11.12.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#148481
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.

r
Argumentlar (hoshiyalar nomi, 
hoshiyalar ustid a 
funksiyalar)
A
J
Argumentlar (manbalar, amallar, ifodalar predikatlari)
1.10-rasm. SQL-yo‘riqnomalari strukturasi.
Ikkinchi qismi argumentlar! ma’lumotlar manbaini (jadvallar 
nomini, jadvallar ustidagi amallami), komandalar bajarilishi usul- 
lari, shartlari va rejimlarini (taqqoslash predikatlarini, jadvallar 
hoshiyalari mazmunlari bo‘yicha mantiqiy va matematik ifodalami) 
belgilashlari mumkin boigan bitta yoki bir nechta gaplardan iborat. 
SQL - yo‘riqnomalarining ro‘yxati SQL tilining qismlari bo‘yicha 
ajratiladi.
DDL tili tarkibiga relyatsion jadvallami va ular orasidagi 
bogianishlami yaratishda asosiy funksiyalar naborini ta’minlovchi 
bir necha bazaviy yo‘riqnomalar kiradi:
CREA.TETABLE . . . — jadval tuzish;
CREATEINDEX . . . — indeks yaratish;
ALTERTABLE . . . - avval tuzilgan jadval strukturasin o‘zgar- 
tirish;
DROP . . . - mavjud jadvalni va maiumotlar bazasini yo‘q qi-
lish.
CREATEABLE va ALTERTABLE yo‘riqnomalar struktura- 
sida CONSTRAINT gapi (ma’lumotlar qiymatlariga cheklashlar 
tashkil etish) NOT NULL (mos hoshiya bo‘yicha nullik qiymatlar 
nojoiz), AYTOINC (qiymatlari inkremental xarakterli, ya’ni har bir 
yangi yozuv bilan qiymatlar xarakterining ketina-ket o‘suvchi 
hoshiya) v a PRIMARY KEY (noyob hoshiya uchun aniqlash) 
ko‘rsatma!ari bilan muhim rolni o‘ynaydi.
DML tili tarkibiga ma’lumotlami kiritish, ishlash va chiqarish 
bo‘yicha quyidagi bazaviy yo‘riqnomalar ham kiradi:
SELECT . . . - maiumotlar bazasidan maiumotlami tanlash;
INSERT . . . - maiumotlar bazasiga maiumotlami qo‘shish;
30


UPDATE . . . - ma’lumotlar bazasidagi maiumotlarai yangi-
lash;
DELETE . . . — ma’lumotlami chiqarib tashlash;
GRANT . . . — foydalanuvchiga imtiyozlami taqdim etish;
REVOKE . . . - foydalanuvchi imtiyozlarini bekor qilish;
COMMIT . . . - joriy tranzaksiyani qaydlash;
ROLLBACK . . . - joriy tranzaksiyani to‘xtatish.
SELECT yo‘riqnomasining bir turi - SELECT . . . INTO . . . 
(bir yoki bir necha jadvaldan yozuvlar naborini tanlash va u 
yordamida yangi jadvalni tuzish) va jadvallami birlashtirish amalini 
bajaruvchi 
dastlabki 
SELECT 
yo‘riqnomasiga 
qo‘shimcha 
(SELECT.. . UNION SELECT .. .) UNION SELECT yo‘riqnoma- 
lari muhim ahamiyatga ega.
SQL — yo‘riqnomalarida CONSTRAINT gapidan tashqari 
quyidagi gaplar ishlatiladi:
FROM . . . — SELECT yo‘riqnomalarida sanab o‘tilgan hoshi- 
yalardagi jadvallami yoki so‘rovlami ko‘rsatadi;
WHERE . . . - FROM gapida sanab o‘tilgan jadvallardagi qay- 
si yozuvlami SELECT, UPDATE yoki DELETE yo‘riqnomalari- 
ning bajarilishi natijasiga qo‘shish lozimligini aniqlaydi;
GROUP BY . . . - hoshiyalar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bir xil 
qiymatli yozuvlami bitta yozuvga birlashtiradi;
HAVING . . . - SELECT yo‘riqnomasi GROUPBY gapi bilan 
ishlatilganda 
qanday 
guruhlangan 
yozuvlar akslantirilishini 
aniqlaydi;
IN . . . - MBBT yadrosi aloqa bog‘lashi mumkin bo‘lgan ma’- 
lumotlarning har qanday tashqi bazasidagi jadvallami aniqlaydi;
ORDERBY . . . - so‘rov natijasida olingan yozuvlami, ko‘rsa- 
tilgan hoshiya yoki hoshiyalar qiymatlari asosida, o‘sish yoki 
kamayish tartibida saralaydi.
FROM gapi bo‘yichajna’liimotlamuig manbai sifatida iadval- 
lar va so‘rovlardan tashqari jadvallami uch xil ko‘rinishda bir­
lashtirish natijalari ham ishlatilishi mumkin. Ushbu birlashtirishlar -
INNEP JOIN . . . ON . . . , LEFT JOIN . . . ON . . . va
RIGHT JOIN . . . ON . . . (mos holda, ichki bog‘lanish, chapga 
yoki o‘ngga tashqi bog‘lanish).
31


Predikatlardan SQL - yo'riqnomalaridagi shartlar asosida tan- 
lab olingan yozuvlami ishlatish usullarini va rejimlarini belgilash 
uchun foydalaniladi. Bunday predikatlar quyidagilar:
ALL . . . - SQL - yo‘riqnomalari shartlariga mos barcha yo­
zuvlami tanlab oladi;
DISTINCT . . . — tanlangan hoshiyalarda takrorlanuvchi qiy- 
matlarga ega yozuvlami chiqarib tashlaydi;
DISTINCTROW . . . — butunlay takrorlanuvchi yozuvlarga a- 
soslangan ma’lumotlami tushirib qoldiradi;
TOP .... - ORDER BY gapi yordamida tavsiflangan diapazon- 
ning boshlanishidagi yoki oxiridagi yozuvlami qaytaradi.
SQL - yo‘riqnomalarida matematik iboralar qoidalari bo‘yicha 
qurilgan va natijasi muayyan, jumladan mantiqiy qiymat bo‘lgan har 
qanday operatorlar, konstantalar, matnli konstantalar qiymatlari, 
fiinksiyalar, hoshiyalar nomi kombinatsiyalari ifoda hisoblanadi.
Foydalanuvchilarga imtiyozlami taqdim etuvchi yoki bekor 
qiluvchi GRANT va REVOKE yo‘riqnomalari SQL tili yo‘riqno- 
malarining asosini tashkil etadi.
GRANT yo‘riqnomasining strukturasi quyidagi ko‘rinishga
ega:
GRANT imtiyozlari ro‘yxati vergul orqali ON Obyekt Nomi
TO foydalanuvchilar ismlari vergul orqali 
[WITH GRANT OPTION];
bu erda:
- obyekt (jadval) ustida ruxsat etilgan yo‘riqnomalar (amallar)
- SELECT, INSERT, UPDATE, DELETE - imtiyozlar ro‘yxatini 
tashkil etadi;
- foydalanuvchilar ro‘yxati ulaming ismlari - identifikatorlari 
orqali ifodalanishi yoki tizimda ro‘yxatga olingan, barcha foydala- 
nuvchilami identifikatsiyalovchi tayanch so‘z PUBLIC bilan 
almashtirilishi mumkin;
- WITH GRANT OPTION direktivasi sanab o‘tilgan foydala­
nuvchilarga boshqa foydalanuvchilarga ro'yxatda ko‘rsatilgan im­
tiyozlar - vakolatlami berish bo‘yicha qo‘shimcha alohida vako- 
latlar ato etadi.
Aksariyat hollarda muayyan obyekt bo'yicha GRANT va 
REVOKE komandalarini berish huquqiga avtomatik tarzda ushbu
32


obyektni yaratuvchilari ega bo‘ladilar. Boshqa yondashishlarda 
ushbu huquqqa ishonchli subyektlar, ya’ni ma’murlar ega bo‘ladilar. 
Bunday yondashish ochiq holda foydalanish matritsasini tuzishni 
ko‘zda tutmasa-da, foydalanishni cheklashning diskresion prinsipi 
foydalanishning ixtiyoriy va majburiy boshqarishni qo‘shib amalga 
oshiriladi.
Aslida aksariyat MBBTda imtiyozlar va foydalanishni o‘ma- 
tish, ma’lumotlar bazasi strukturasi kabi ma’lumotlar bazasining 
tizimli jadvallarida, y a’ni foydalanish matritsasi sifatida ham qabul 
qilish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazasining tizimli katalogida 
“qaydlanadi”.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, diskresion prinsipi ma’lumotlar 
bazasidan foydalanishni cheklash tizimini predmet sohasining 
xususiyatlariga va foydalanuvchilar ehtiyojiga sozlash bo‘yicha 
yuqori moslanuvchanlikka ega, ammo samarali boshqaruvchanlik 
ta’minlanmaydi va tizimda qanday bo‘lsa ham aniq bir maqsadga 
yo'naltirilgan xavfsizlik siyosatini o'tkazishni qiyinlashtiradi. Ush­
bu kamchilikni bartaraf etishga ikkita yo‘l bilan, ya’ni “tasavvur 
etish” texnikasini ishlatish va SQL tilini maxsus kengaytirish orqali 
erishiladi. “Tasavvur etish” deganda ma’lumotlarni tanlashdagi glo­
bal avtorizatsiyalangan so‘rov tushuniladiki, ushbu so‘rov foydala­
nuvchilar uchun ma’lum obyekt (obyektJar) xususida “o‘zining” ta- 
sawurini shakllantiradi. 0 ‘zining sxemasiga (obyektiga va ma’lu- 
motlariga tanlangan yoki maxsus o‘zgartirilgan) qandaydir virtual 
ma’lumotlar bazas ini shakllantiradi. Foydalanuvchining tizimga 
kirishida uni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash jarayonida 
xavfsizlik yadrosi foydalanuvchi uchun mos tasavvur-so‘rovlar qi- 
dirib topadi va so‘rovni bajarish uchun MBBTning asosiy yadrosiga 
uzatadi. So‘rovni bajarish natijasida foydalanuvchi faqat uning 
vakolatiga va vazifalariga mos obyektlami “ko‘radi” va ulardan 
foydalanadi. 
__
Umuman, tasavvur etish texnikasi vositasida foydalanishni 
cheklash tizimini yaratish, bevosita GRANT yo‘riqnomasidan foy- 
dalanishga nisbatan oddiyroq usul hisoblanadi va quyidagi ikkita 
bosqichda amalga oshiriladi:
33


- barcha ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar uchun tizimda 
CREATE VIEW koristruktsiyasi yordamida o‘zlarining ma’lumotlar 
bazasi xususidagi tasavvurlari vujudga keltiriladi;
- vujudga keltirilgan tasawurlar “GRANT SELECT ON Ta- 
sawur Ism i TO. Foydalanuvchi Ismi” yo‘riqnoma yordamida o‘zi- 
ning foydalanuvchilari bilan avtorizatsiyalanadi.
Shu bilan birga, bunday yondashish ma’lumotlar bazasi ob- 
yektlariga bevosita qoilanuvchi GRANT yo‘riqnomasiga nisbatan 
qo‘polroq hisoblanadi, chunki obyektlardan foydalanish ko‘rsat- 
malarining 
alohida amallar (SELECT, INSERT, UPDATE, 
DELETE) darajasida boiishligini ta’minlamaydi.
Shu sababli xavfsizlikning maxsus qoidalari (RULE) kiritilgan 
hodisa-muolaja ideologiyasiga asoslangan SQL tilining maxsus ken- 
gaytirishlari ishlatiladi:
CREA/TESECURITYRULE - Ism Qoidalar
GRANT- imtiyozlar ro‘yxati-vergul orqali ON - Obyekt Ismi
WHERE — shartlar
TO- Foydalanuvchilar Ismlari- vergul orqali.
Xavfsizlik qoidalarining kiritilishi turli xavfsizlik siyosatini 
yuqori darajali nazoratlash va boshqaruvchanlik bilan amalga oshi- 
rish imkoniyatini ta’minlaydi. Ammo, tasawur etish texnikasi va 
GRANT y o ‘riqnomalaridan bevosita foydalanish mandatli cheklash 
tizimini qurishga imkon bermaydi.
Ushbu masalani yechish uchun konfidensiallik belgisi kiritil­
gan, maiumotlar bazasi obyektlarini yaratish imkoniyati bilan ken- 
gaytirilgan SQL tili tavsiya etilishi mumkin. Ammo tijorat va xavf­
sizlik jarayonlariga binoan sertifikatsiyalangan MBBTida bunday 
misollar judakam uchraydi.
Maiumotlar bazasi xavfsizligi bo‘yicha ta’kidlash lozimki, 
zamonaviy TvlBBTda SQL tilining mos konstruktsiyasini avtomatik 
tarzda shakllantiruvchi va aksariyat hollarda bevosita dasturlashsiz 
foydalanish ko‘rsatmalarini, qoidalarini va cheklashlami amalga 
oshirish uchun maxsus dialog — ko‘rgazmali interfeys ishlab chiqi- 
ladi va ishlatiladi.
34


1.3.3. Obyektlardan takroran foydalanish xavfsizligini 
ta’minlash texnologiyalari
Umuman, kompyuter tizimi, xususan, asosiy va tashqi (diskli) 
xotira, ko‘p marta takroran ishlatiluvchi obyektlarga klassik misol 
hisoblanadi. Obyektlardan takroran foydalanish xavfsizligini ta’min- 
lovchi tëxnologiyalar niyati buzuqni qiziqtiruvchi axborotning 
oldingi faoliyat izi bo‘yicha yoki texnologik “chiqindi”dan tasodifiy 
yoki atayin chiqarib olinishi tahdidini bartaraf etishga yo‘naltirilgan.
Ushbu texnologiyaning bir qismi operatsion tizimi sathida 
amalga oshirilsa, boshqa qismi MBBTning avtomatlashtirilgan ax- 
borot tizimida amalga oshiriluvchi o‘ziga xos funksiyalar hisob­
lanadi.
Bu tëxnologiyalar shartli ravishda quyidagi uchta guruhga 
ajratiladi:
- jarayonlami yakkalash (izolyatsiyalash);
- jarayon tugaganidan so‘ng xotirani tozalash;
- axborot sirqib chiqadigan bilvosita kanallami to‘sish.
Jarayonlami yakkalash ko'pchilik foydalanuvchi (ko‘p prot-
sessorli) tizimlar ishonchliligini ta’minlovchi standart prinsip va 
usul hisoblanadi. Unga binoan har bir jarayonga o‘zining boshqalar 
(avvalo asosiy xotira makonlari) bilan kesishmaydigan hisoblash 
resurslari ajratiladi. MBBTda ushbu masalalar tranzaksiya monitori 
yordamida yechiladi.
Jarayon tugagach xotirani tozalash, vakolatli foydalanuvchi- 
laming konfidensial maiumotlar bilan ishlash jarayoni tugaganidan 
so‘ng konfidensial axborotni ruxsatsiz foydalanishdan bevosita 
bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Ushbu funksiya jarayonlami yakka­
lash kabi, ko‘pincha operatsion tizim yordamida bajariladi. Ta’- 
kidlash lozimki, nafaqat jarayon bajarilishi vaqtida konfidensial 
ma’lumotlar joylashgan asosiy xotiraning qismi, balki virtual-xotira 
tizimida ishlatiluvchi diskli xotira qismi ham tozalanishi lozim.
Yuqorida aytilganidek, foydalanishni cheklash tizimi amalga 
oshirilganida axborot sirqib chiqadigan bilvosita kanallar boiishi 
mumkin. Undan tashqari ma’lumotlami ishlash jarayonlarining 
xarakteristikalari bilan bogiiq qator texnologik jihatlar axborot 
sirqib chiqadigan bilvosita kanallar manbai bo‘lishi mumkin. Bu
35


nuqtayi nazaridan “vaqtli” va “xotira bo‘yicha” bilvosita kanallar 
farqlanadi.
Birinchi holda vakolatsiz foydalanuvchi konfidensial axborot- 
ning ba’zi elementlariga vakolatli foydalanuvchi tomonidan alohida 
jarayonlami bajarilishi vaqtini tahlillash asosida ega boiadi 
(masalan, shubhasiz oddiy yoki qandaydir namunaviy amal uchun 
haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan katta vaqt bo‘yicha).
Ikkinchi holda ba’zi obyektlaming (fayllaming, jadvallaming) 
egallagan hajmi “shubha” tug‘diradi, ya’ni foydalanuvchiga ko‘ra 
ular tarkibining hajmi aslidagi hajmiga shubhasiz mos kelmaydi.
Boshqacha aytganda, maiumotlami ishlovchi barcha amallar 
foydalanuvchi “tasawuriga” mos ma’lumotlar hajmi ustidagina 
bajarilishi lozim.
Axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan, jiddiy holatlardan yana 
bin, eng qat’iy variant - ruxsat etilgan muolajalar texnologiyasi 
ishlatiladi. Bunda tizimdan foydanuvchilarga maiumotlar bazasi 
bilan ishlashga faqat ruxsat etilgan muolajalami ishga tushirish 
orqali ruxsat beriladi. Ushbu yondashish ham yuqorida ko‘rilgan 
saqlanuvchi (stored) muolajalar texnologiyasiga asoslangan. Har bir 
foydalanuvchi uchun, uning vakolatlari va fixnksiyalariga binoan, 
tizim ma’muri tomonidan ma’lumotlami ishlash muolajalari nabori 
shakllantiriladi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun faylda saqlanuvchi 
muolajalar shifrlanadi.
Foydalanuvchi tizimga kirishida identifikatsiya va autentifi- 
katsiyadan o‘tganidan so‘ng unga MBBT yadrosi tomonidan muola- 
jalaming ruxsat etilgan nabori taqdim etiladi. Foydalanuvchi ma’- 
lumotlaming o‘zidan bevosita foydalana olmaydi va faqat ulami 
mos muolajalar bo‘yicha ishlanishi natijalari bilan ishlaydi.
Kompyuter tizimi maiumotlari strukturasi buzg4unchiga ma’- 
lum bo‘lishi mumkin boigan ma’lumotlar fayllarida joylashtiriladi. 
Shu sababli, maiumotlar fayllaridan, kompyuter tizimi MBBT 
dasturiy ta’minotidan tashqarida operatsion tizim yoki diskli mu- 
harrir vositalari orqali ruxsatsiz foydalanish imkoniyati kompyuter 
tizimi maiumotlari xavfsizligiga yana bir tahdid hisoblanadi. Ushbu 
tahdidni betaraflashtirish uchun kriptografik himoya usullari va 
vositalaridan foydalaniladi. Aksariyat hollarda himoyaning kripto­
grafik vositalari bevosita MBBT dasturiy ta’minotiga o‘matiladi.
36


Ma’Iumotlar bazasining fayli (fayllari) diskli xotira qurilmalarida 
joylashtirilganida shifrlanadi. Mos holda, fayl ochilganida krip- 
tografik qismtizim uni deshifrlaydi. MBBTning o‘ziga mos xusu- 
siyati - asosiy xotira sahifalarini maxsus buferlashni tashkil etish 
orqali ma’lumotlar bazasi fayllari bilan ishlashning alohida tartibi.
Rivojlangan MBBTlarda ma’lumotlar bazasi obyektlarini ular- 
ning konfidensiallik darajasiga asosan tan lab, shifrlash imkoniyati 
mavjud (yozuvlaming alohida hoshiyalarigacha).
1.3.4. Ishonchli loyihalash va ma’murlash texnologiyalari
Axborot xavfsizligiga tahdidlaming bir qismi kompyuter tizim- 
lari hayotiy siklining bosqichlarida bilmasdan (yoki atayin) qilingan 
xatoliklar natijasida paydo boiadi. Bularga quyidagilar taalluqli: 
MBBT dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda; MBBT bazasida mu- 
ayyan kompyuter tizimini loyihalashda va yaratishda, xususan, foy- 
dalanishni cheklash tizimini loyihalashda; tizimni ma’murlashda, 
xususan, shtatdan tashqari vaziyatlarda foydalanuvchilar xarakatiga 
munosabat bildirishda; yanglishishdan so‘ng rezervlash, arxivlash 
va axborotni tiklash bo'yicha texnologik amallarda; kompyuter tizi­
mini ekspluatatsiyadan chiqarishda. Ushbu tahdidlami betaraflash- 
tirish yoki ehtimolliklarini pasaytirish maqsadida ishonchli loyiha­
lash va ma’murlash texnologiyalarining umumiy guruhiga birlash- 
tiriluvchi qator tashkil iy-texnologik va texnik vositalar, yechimlar 
ishlatiladi. Bularni shartli ravishda quyidagi qismguruhlarga ajratish 
mumkin:
- dasturiy ta’minotni ishonchli ishlab chiqish texnologiyasi;
- kompyuter tizimlarini ishonchli loyihalash va yaratish texno­
logiyasi;
- kompyuter tizimlarini ma’murlashning texnik vositalari va 
maxsus asboblari;
- xavfsizlikjarayonlarining bayonnomasini tuzish va auditi.
Dasturiy ta’minotni ishonchli ishlab chiqish texnologiyasi
tizim yadrosi va konsepsiyasida (ma’lumotlami ifodalash qismtizimi 
va maiumotlardan foydalanish qismtizimi) ma’lumotlar xavfsiz- 
ligining u yoki bu modelini va texnologiyalarini awaldan hisobga 
olishga asoslangan dasturiy kodni ishlab chiqishda xatoliklami ka-
37


maytiruvchi umumiy yondashishlami va qator o‘ziga xos jihatlami 
o‘z ichiga oladi. Kompyuter tizimi xavfsizligi tizimida aniqlangan 
zaifliklaming tahlili ko‘rsatadiki, raxnalaming mavjudligi va niyati 
buzuqlar tomonidan topilish ehtimolligi himoya tizimi dastlabki 
himoyalanmagan tizimni yadrosi va interfeysi ustida ustqurma yoki 
tashqi qobiq ko‘rinishida amalga oshirilganida jiddiy katta bo‘ladi.
MBBT dasturiy ta’minoti asosida muayyan avtomatlashtirilgan 
axborot tizimini ishonchli loyihalash va yaratish texnologiyasi tizim 
infrastrukturasida va foydalanishni cheklash qismtizimida mantiqiy 
xatoliklami bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Bunda struktura-funk- 
sional yondashish asosiy hisoblanadi va kengtarqalgan.
Foydalanuvchilaming (subyektlaming) va axborot tizimi 
obyektlarining (ma’lumotlar bazasining) katta sonida foydalanishni 
cheklash sxemasi juda murakkab va chigal bo‘lishi mumkin. Bu esa 
ma’murlash uchun qiyinchiliklar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi va 
mantiqiy xatoliklarga asos tug'diradi. Ushbu tahdidni bartaraf etish 
uchun struktura-funksional yondashish doirasida ishchi guruh 
texnikasi ishlatiladi.
Ishchi guruh ma’lumotlar bazasiga qandaydir umumiy daxl- 
dorlikga (o‘xshash amallami bajaruvchi) va umumiy ma’lumotlarga 
nisbatan konfidensiallikning yaqin parametrlariga ega foydala- 
nuvchilami birlashtiradi.
Tizim ma’muri ishchi guruhiarini ma’lum identifikatsiyali va 
vakolatlar naboriga ega kollektiv foydalanuvchilar sifatida tuzishi 
mumkin. Har bir foydalanuvchi qandaydir ishchi guruhning a’zosi 
bo'lishi shart. Ishchi guruhga belgilangan vakolatlar avtomatik 
tarzda barcha foydalanuvchilarga - guruh a’zolariga tarqatiladi. Bu 
foydalanishni cheklashning zonal-fimksional prinsipining ba’zi 
elementlarining ifodasi hisoblanadi. Qo‘shimcha ravishda har bir 
foydalanuvchining shaxsiy hisob yozuvida vakolatlari aniqlanishi 
mumkin.
Aksariyat hollarda bunday yondashish tizimdan foydalanuvchi 
subyektlar sonini jiddiy kamaytirishga, foydalanishni cheklash 
sxemasini oddiyroq, “shaffof’ va boshqariluvchan bo‘lishiga imkon 
berad:. Natijada muayyan foydalanuvchining muayyan obyektdan 
foydalanishga noto‘g‘ri ruxsat berish, vakolatlarini oshirish, ortiq-
38


cha huquqlarini taqdim etish va h. kabi xatoliklar ehtimolligi ka- 
mayadi.
Ishchi guruh texnologiyalarida maiumotlar bazasidagi jara- 
yonlar foydalanuvchi belgisi va ishchi guruh belgisi bilan ta’min- 
lanadi va mos holda MBBT xavfsizligi yadrosi ikkala belgining 
haqiqiyligini tekshiradi.
Ishchi guruh texnologiyalari asosida foydalanish tizimini loyi- 
halash “yuqoridan” (deduktiv) va “pastdan” (induktiv) amalga oshi- 
rilishi mumkin.
Deduktiv usulga binoan awal foydalanuvchilaming (subyekt- 
laming) funksional strukturasini va tashkiliy ierarxiyasini tahlillash 
asosida ishchi guruhlar shakllantiriladi va foydalanishning guruhli 
vazifalari belgilanadi. So‘ngra har bir foydalanuvchi tizimda ro‘y- 
xatga olinganida, uning vazifalariga muvofiq bir yoki bir necha 
guruh tarkibiga kiritiladi. Oxirida har bir foydalanuvchi uchun uning 
funksional vakolat ehtiyojlari xarakteristikalarining xususiyatlari 
tahlil etiladi va zaruriyat tug‘ilganida foydalanishning alohida qo‘- 
shimcha vazifasi amalga oshiriladi. Bunda guruhlami shakllantirish, 
foydalanishni guruhli va alohida o‘matish tizim ma’muri tomonidan 
amalga oshiriladi. Bu foydalanishni boshqarishning majburiy usu- 
liga mos keladi.
Bunday yondashish foydalanishning xatolik bilan taqdim eti- 
lish ehimolligini pasaytirishga imkon beradi va foydalanish tizi- 
mining qat’iy markazlashgan boshqarilishini ta’minlaydi. Ammo, 
o4z navbatida, bunday yondashish subyektlaming obyektlardan foy­
dalanishning guruhli va alohida vakolatlarining takrorlanishiga (tak- 
rorlanish muammosi) hamda subyektning bitta obyektning o‘zidan 
turli guruhlarda qatnashish orqali foydalanishning ortiqchaligiga 
(guruhlarning kesishishi muammosi yoki, umumiy ma’noda, guruh­
lami optimallash muammosi) sabab bo‘lishi mumkin.
Induktiv usulida ishchi guruhlami loyihalash dastlab subyekt­
laming (foydalanuvchilaming) obyektlardan foydalanishning alohi­
da vazifalarining taqdimi amalga oshiriladi. Vazifalami taqdim etish 
foydalanuvchilaming funksional ehtiyojlarini va vakolat xarakte- 
ristikalarini so‘rov va tahlillash asosida bajariladi va tizim ma’muri 
tomonidan (foydalanishini boshqarishning majburiy usuli) yoki 
obyekt egalarini foydalanish subyektlari tomonidan alohida so‘roq-
39


lash (foydalanishni boshqarishning ixtiyoriy prinsipi) orqali amalga 
oshirilishi mumkin. So‘ngra tizim ma’muri tomonidan turli subyekt- 
lardan foydalanishning umumiy yoki o‘xshash dasturlari tahlil etilib, 
uning asosida subyektlar ishchi guruhlarga birlashtiriladi. Ajratilgan 
foydalanishning umumiy dasturlari foydalanish vazifalarining gu- 
ruhli taqdimoti sifatida ishlatiladi. Subyektlar va obyektlaming katta 
sonida foydalanishning o‘xshashligini tahlil etish oson masala emas. 
Ushbu masalani tizim ma’muri ko‘pincha evristik hal etadi.
Tizimni ma’murlash va kuzatish jarayonida ishonchlilikni va 
xavsizlikni oshirishning qo‘shimcha tashkiliy usuli umumiy ma’- 
murlashni va xavfsizlikni ma’murlashni bir-biridan ajratish hisob- 
lanadi. Umumiy ma’mur tizimning axborot infrastrukturasini quradi, 
madadlaydi va boshqaradi. Axborot infrastrukturasi tarkibiga axbo- 
rot-mantiqiy sxema, obyektlar (resurslar va qurilmalar) konfiden- 
sialligini kategoriyalash, interfeys va dialog elementlari, shakllar, 
so‘rovlar kutubxonasi, lug‘at-tasnif baza, maiumotlami rezervlash 
va arxivlash kiradi. Xavfsizlik ma’muri foydalanishni cheklash 
tizimini tashkil etadi va boshqaradi. Ushbu tizim tarkibiga foydala- 
nuvchilaming vakolat xarakteristikalari (dopusklar), foydalanish­
ning muayyan vazifalari, foydalanuvchilaming foydalanish belgi- 
larini shakllantirish va qaydlash kiradi.
Foydalanuvchilaming hisob yozuvi massividan faqat xavfsizlik 
ma’muri foydalana oladi. Bitta shaxs tomonidan bir vaqtning o‘zida 
asosiy ma’murlash va xavfsizlikni ma’murlash vazifalarini bajari- 
lishiga y o i qo‘yilmaydi. Bu esa tizim ishonchliiigini oshiradi.
Xavfsizlik hodisalarining bayonnomasini tuzish va auditi xavf­
sizlik holati va jarayonlarining boshqariluvchanligini ta’minlashda 
muhim vosita hisoblanib, axborot xavfsizligini buzish omillarini 
tekshirish, sabablarini tahlillash va bartaraf etish, ular yetkazadigan 
salbiy oqibatlami va zararlami pasaytirish uchun sharoitlar yaratadi.
Tizimda xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha jiddiy hodisalar 
hujjatlanishi shart:
- foydalanuvchilaming kirishi/chiqishi;
- yangi foydalanuvchilami ro‘yxatga olish, foydalanish imti- 
yozlarini va vazifalarini (hisob yozuvlari massiviga barcha 
murojaatlami) almashtirish;
40


- fayllar ustidagi barcha amallar (yaratish, yo‘qotish, nomini 
o‘zgartirish, nusxalash, ochish, bekitish);
- masofadagi tizimga murojaat, masofadagi tizimdan murojaat.
Bunda har bir bunday hodisaga quyidagi qaydlanuvchi mini­
mal kerakli parametrlar ro‘yxati o'matiladi:
- hodisa kuni va vaqti;
- foydalanuvchi - boshlab beruvchi identifikatori;
- hodisa turi;
- so‘rov manbai (taqsimlangan tizim uchun terminalning, 
ishchi stansiyaning tarmoqdagi nomi va h.);
- tilga olingan obyektlar nomi;
- tizimdagi hisoblarga kiritilgan o‘zgartirishlar, xususan, hisob 
yozuvi massivlariga kiritilgan o‘zgartirishlar;
- subyektlaming va obyektlaming foydalanish belgilari.
Bunday yondashish MBBTda jumallashtirish texnologiyasidan
foydalanuvchi hodisa - muolaja texnologiyasiga mos keladi. Bunda 
hodisalar jumalidan faqat xavfsizlik ma’muri foydalanadi va u 
xavfsizlikning buzilishi faktlari yoki alomatlari aniqlanganida 
hodisalar jarayonini tiklash, tizim xavfsizligining buzilishi sabab- 
larini va manbalarini tahlillash va bartaraf etish imkoniyatiga ega.
Shu nuqtayi nazaridan, xavfsizlikning hodisalar jumali xavf­
sizlik auditining kerakli vositasi hisoblanadi. Xavfsizlik auditining 
maqsadi xavfsizlik muammolari yoki buzilishlarini o‘z vaqtida 
aniqlash va xavfsizlik ma’muriga xabar berish uchun tizimdagi ho- 
disalami nazoratlash va kuzatishdan iborat. Kompyuter tizimlaridan 
foydalanish, turli muolajalar, amallar, axborot oqimlari jarayonlari 
ko‘p jihatli, qat’iy determinatsiyalanmagan, ya’ni qisman yoki to‘la 
stoxastik bo‘lganligi sababli, axborot xavfsizligining buzilishi fakt- 
larini va alomatlarini aniqlashning avtomatlashtirilgan muolajalarini 
ishlab chiqish juda muraldkab va noaniq masala hisoblanadi. Shu 
sababli, hozirda qator evristik va neyrotarmoq texnologiyalari ishlab 
chiqilmoqda. Ular ba’zi hollarda muvaffaqqiyatli ravishda xavf­
sizlik ma’murining dasturiy vositasida ishlatilib, tizim xavfsiz- 
ligining avtomatlashtirilgan auditini ta’minlamoqda.
Oddiy holda o‘zgarishlami jumallashtirish deganda maiumot- 
lar bazasidagi barcha o‘zgarishlami ketma-ket tashqi xotiraga 
yozish tushuniladi. Quyidagi axborot yozil^di:
41


- o‘zgarishlaming tartib raqamlari, turi va vaqti;
- tranzaksiya identifikatori;
- o‘zgarishga chalingan obyekt (saqlanuvchi fayl tartib raqami 
va undagi ma’lumotlar blokining tartib raqami, blok ichidagi qator 
tartib raqami);
- obyektning oldingi va yangi holati.
Shu tariqa shakllangan axborot ma’lumotlar bazas in ing o'zga- 
rish jurnali deb ataladi. Jurnal tarkibida tranzaksiyaning boshlanishi 
va nihoyasining belgilari va nazorat nuqtasining olinish belgisi 
boiadi.
Ajratilgan yozuvli MBBT da tashqi xotira ma’lumotlari bloki 
ushbu blok ustida bajarilgan oxirgi o‘zgartirishning tartib raqami 
belgisi bilan ta’minlanadi. Tizim adashganda ushbu belgi ma’lu- 
motlar blokining qaysi versiyasi tashqi xotiraga kirishga ulgir- 
ganligini bilishga imkon beradi.
Ajratilgan yozuvli MBBT vaqti-vaqti bilan nazorat nuqtalarini 
bajaradi. Ushbu jarayon bajarilishi vaqtida barcha yozilmagan 
ma’lumotlar tashqi xotiraga o‘tkaziladi, jumalga esa nazorat 
nuqtasining olinishi xususida belgi yoziladi. Undan keyin jumaldagi 
nazorat nuqtasigacha yozilgan yozuvlar yo‘qotilishi mumkin.
0 ‘zgarishlar jurnali bevosita tashqi xotiraga yozilmasligi, 
ammo asosiy xotirada to‘planishi mumkin. Tranzaksiyaning tasdig’i 
holida MBBT jumalning aolgan qismini tashqi xotiraga yozilishini 
kutadi. Shu tariqa tasdiq signalidan keyin kiritilgan barcha ma’lu- 
motlaming, diskli keshdan barcha o‘zgargan bloklami ko‘chiri- 
lishini kutmasdan turib, tashqi xotiraga o‘tkazilishi kafolatlanadi. 
MBBT jumalning qolgan qismini nazorat nuqtasini ishlashida ham 
kutadi.
Bitta tranzaksiyaning mantiqiy rad etilishi yoki ortga qaytish 
signali holida jumal teskari tarafga skanerlanadi va bekor qilingan 
tranzaksiyaning barcha yozuvlari, jumaldan tranzaksiya boshlanishi 
belgisigacha chiqariladi. Chiqarilgan axborotga mos holda tran­
zaksiya harakatini bekor qiluvchi harakat bajariladi, jumalga esa 
kompensatsiyalovchi yozuv yoziladi. Ushbu jarayon “Ortga qay­
tish” (rollback) deb ataladi.
Fizik rad etilganida, na jumal, na maiumotlar bazasi shikast- 
lanmagan bo‘lsa, progonka (boshdan-oyoq ko‘rikdan o‘tkazish -
4?


rollforward) jarayoni bajariladi. Jumal oldingi nazorat nuqtasidan 
boshlab to‘g‘ri yo‘nalishga skanerlanadi. Barcha yozuvlar jumaldan 
oxirigacha chiqariladi. Jumaldan chiqarilgan axborot tashqi xotira- 
ning ma’Iumotlar blokiga kiritiladi. Agar progonka jarayonida yana 
yanglishish paydo bo‘lsa, jumalni skanerlash yana boshidan bosh- 
lanadi, ammo tiklash uzilish nuqtasidan davom ettiriladi.
MBBTning barqarorligini oshirish uchun o‘zgarish jumalining 
bir necha bir xil nusxasini bir vaqtda yozish mumkin. Jumal nus- 
xalarining biridan foydalanish mumkin boimasa, MBBT foyda- 
lanish mumkin boigan nusxalarining ixtiyoriy biridan foydalanib, 
maiumotlami tiklaydi. Bunday strategiya o‘zgarish jumalini 
multiplekslash deb ataladi.
Nazorat savollari
1. Ma’Iumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashda qanday das- 
turiy-texnologik masalalar yechiladi?
2. Identifikatsiya/autentifikatsiyaning himoyalangan tizimdagi 
o ‘mi.
3. Identifikatsiya/autentifikatsiyaning qanday vositalarini bila-
siz?
4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida asosan auten- 
tifikatsiyaning qanday turi ishlatiladi?
5. Parolli autentifikatsiya tizimining asosiy kamchiliklari.
6. Ma’Iumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy va qo‘- 
shimcha vazifalari nimadan iborat?
7. Ilk MBBTlarda foydalanuvchilaming ma’Iumotlar bazasi 
tili orqali o‘zaro aloqasini tushuntiring.
8. SQL-yo‘riqnomaIari strukturasini tushuntiring.
9. “Tasavvur etish” deganda nima tushuniladi?
10. Obyektlardan takroran foydalanish xavfsizligini ta’minlash 
texnologiyalari.
11. Ishonchli loyihalash va ma’murlash texnologiyalari.
12. Jumallashtirish texnologiyasini tushuntiring.
13. 0 ‘zgarish jumallariga qanday axborot yoziladi?
14. 0 ‘zgarish jumalini multiplekslash nima?
43


2-bob. MA’LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANISHNI 
CHEKLASH MODELLARIVA USULLARI
2.1. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi modellari
Axborot xavfsizligining asosiy yo‘nalishlaridan biri, foydala- 
nishni cheklash modellari deb ham ataluvchi, axborot xavfsizligi­
ning formal modelini yaratish hisoblanadi. Axborot xavfsizligining 
modeii deganda xavfsizlik siyosatining formal tavsifi tushuniladi. 
Xavfsizlik siyosati deganda axborotni ishlash jarayonini qat’iy bel- 
gilovchi umumiy tartib va qoidalar majmui tushuniladiki, ulaming 
bajarilishi ma’lum tahdidlar to‘plamidan himoyalanishni ta’min- 
laydi.
Xavfsizlik modellari himoyalangan kompyuter tizimlarini 
yaratish va tadqiqlash jarayonlarida muhim rolni o'ynaydi, chunki 
ular quyidagi o‘ta muhim masalalami yechishni qamrab oluvchi 
sisteraotexnik yondashishni ta’minlaydi:
- axborotni himoyalash vositalari va usullarini amalga oshirish 
mexanizmlarini belgilovchi himoyalangan kompyuter tizimlari 
arxitekturasining bazaviy prinsiplarini tanlash va asoslash;
- xavfsizlik siyosatiga (talablar, shartlar, mezonlar) rioya 
qilinishning rasmiy isboti yo‘li bilan ishlab chiqariluvchi tizim 
xususiyatlarini (himoyalanganligini) tasdiqlash;
- ishlab chiqariluvchi himoyalangan kompyuter tizimining 
muhim tarkibiy qismi hisoblanuvchi xavfsizlik siyosatining formal 
tafsilotli ro‘yxatini tuzish.
Mohiyatan, xavfsizlik modellari “ Buyurtmachi (Iste’molchi) -
Ishlab chiqaruvchi (Mutaxassis) - Ekspert (Auditor)” uchlikdagi 
dastlabki bogiovchi element hisoblanadi. Buyurtmachilar xavfsizlik 
modellari asosida o‘zlarining tashkilotlari va korxonalarida qabul 
qilingan xavfsizlik siyosatiga, axborotni ishlashning texnologik 
jarayonlariga mos keluvchi himoyalangan kompyuter tizimlariga 
talabiami ifodalashlari mumkin. Ishlab chiqaruvchilar xavfsizlik
44


modellari asosida ishlab chiqariluvchi tizimlar bo‘yicha texriik- 
texnologik talablami va dasturiy-texnik yechimlami shakllantira- 
ailar. Ekspertlar xavfsizlik modellariga asoslanib, muayyan tizimlar 
himoyalanganligini baholash usulini va tafsilotli ro‘yxatini yarata- 
dilar, axborotni himoyalash talablari bo‘yicha ishlab chiqarilgan 
tizimni sertifikatsiyalashni amalga oshiradilar.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə