Kategoriyalar.
Kategoriya tushunchasi ma’lumotlami “bo‘lma-
lar”ga ajratishga va natijada xavfsizlik tizimi
ishonchliligini oshi-
rishga imkon beradi. Tijoriy ilovalarda kategoriya sifatida “moliya-
lar”, “kadrlar”, “moddiy boyiiklar” va h. xizmat qilishi mumkin.
Hududlar.
Axborotni bo‘lmalarga ajratishda qo‘shimcha vosita
hisoblanadi. Amalda “hudud” komponenti, haqiqatan geografik
mazmunga (masalan, ma’lumot taalluqli mamlakatga) ega boMishi
mumkin.
INGRES/Enhanced- Security MBBTining har bir foydalanuv-
chisi ishonchlilik darajasi orqali xarakterlanadi. Ishonchlililk
darajasi foydalanuvchiga berilgan xavfsizlik
belgisi orqali ham
aniqlanadi. Foydalanuvchi, agar uning ishonchlilik darajasi mos
xavfsizlik belgisi talablarini qondirsa, ma’lumotlardan foydalanishi
mumkin, yanada aniqrog‘i:
- foydalanuvchining maxfiylik sathi ma’lumotlaming maxflylik
sathidan past bo‘lmasligi shart;
- ma’lumotlar xavfsizligi belgisidagi kategoriyalar nabori butun-
lay foydalanuvchi xavfsizligi belgisida bo'lishi shart;
- foydalanuvchi xavfsizligi belgisidagi hududlar nabori butunlay
ma’lumotlar xavfsizligi belgisida bo‘lishi shart
Maxsus imtiyoz DOWNGRADE ma’lumotlar
bilan assotsiat-
siyalangan xavfsizlik belgisini o‘zgartirishga imkon beradi. Bunday
imkoniyat, masalan, u yoki bu sabab bilan noto‘g‘ri boiib qolgan
belgilami tuzatish uchun zarur.
Tabiiyki, INGRES/Enhanced Security MBBTi reiyatsion jad-
vallarga xavfsizlik belgisini nafaqat yashirincha,
balki ochiq holda
kiritishga yo‘l qo‘yadi. Mos taqqoslash amallarini madadlovchi
ma’lumotlaming yangi turi security label paydo bo‘ladi.
INGRES/Enhanced Security - xavfsizlikning V sinfiga serti-
fikat (attestatsiyaga ekvivalent) olgan birinchi MBBT hisoblanadi.
Ehtimol, xavfsizlik belgilari asta-sekin ma’lumotlar bazasini bosh-
qarish tizimining standart repertuariga kiradi.
M BBT da m a’lumotlar yaxlitliligini madadlash.
Tijoriy tash-
kilotlar uchun ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlashning konfidensial-
likni ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas.
Shubhasiz, mijoz-
laming hisob raqamidagi mablag‘ni mo‘ralab ko'rish ko‘ngilsiz
hodisa hisoblanadi. Hisob raqamidan hisob raqamiga pul o‘tka-
116
zishda mablag‘ning norna’lum yo‘nalishda yo‘qolishi esa undan
battar noxush hodisa hisoblanadi.
Ma’lumki, ma’lumotlar bazasining asosiy dushmani tashqa-
ridagi niyati buzuq emas, balki uskunaning, ma’murlaming, tatbiqiy
dasturlaming va foydalanuvchilaming yanglishishi.
MBBTi foydalanuvchisi nuqtayi nazaridan ma’lumotlar yaxlit-
ligini madadlashning asosiy vositalari cheklashlar va qoidalar
hisoblanadi.
Cheklashlar.
Cheklashlar jadvallarga
yoki alohida ustunlarga
taalluqli bo‘lishi mumkin. Ustunlarga cheklashlar CREATE TABLE
operatorida jadvalni yaratishda beriladi.
Jadval cheklashlari ustunlar guruhiga taalluqli va jadval yara
tishda, yoki kechroq, ALTER TABLE operatori yordamida berilishi
mumkin.
Quyidagi misol
tarkibida ikkita ustundagi qiymatlarni
bog‘lovchi nomlangan cheklashlar mavjud:
CREATE TABLE dept (
dname char (10),
budget money,
expenses money,
CONSTRAINT check_amount CHECK (budget > 0 and
expenses <= budget)
);
{Byudjet ijobiy bo‘iishi shart, xarajatlar esa byudjet doirasidan
chiqmasligi shart}
Havolali cheklashlar jadvallar orasidagi aloqaning yaxlitligiga
javob beradi. Bunday cheklashning talabiga binoan bitta har bir
qiymatga boshqa jadvaldagi roppa-rosa
bitta qiymat mos kelishi
lozim. Bunday qiymatlar relyatsion modeldagi jadvallar orasida
havola rolini o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: