Cheklashlaming barcha turlari jadval
egasi tomonidan yukla-
nadi va keyingi ma’lumotlar bilan amallar natijasiga ta’sir qiladi.
SQL-operatoming bajarilishi tugashidan awal mavjud cheklashlar
tekshiriladi. Buzilishlar aniqlanganida MBBT nonormal tugallanish
xususida xabar beradi va operator kiritgan o‘zgarishlami bekor
qiladi.
T a’kidlash lozimki, havolali cheklashni
yuklash uchun havola
qilinayotgan jadvalga nisbatan REFERENCES imtiyoziga ega bo‘-
lish lozim (yuqoridagi misoldagi dept).
Cheklashlami nafaqat yuklash, balki bekor qilish mumkin.
Bunda cheklashlar orasida bog‘lanishlar boMishi mumkin va ulardan
birining bekor qilinishi boshqa (havolali) cheklashlaming yo‘q
qilinishini talab qilishi mumkin.
Quyidagi misolni ko‘raylik:
CREATE TABLE dept (
name char(10) NOT NULL,
location char(20),
CONSTRAINT dept_unique UNIQUE(name)
);
CREATE TABLE emp (
name char(10),
salary decimal(10,2),
edept char(10) CONSTRAINT
empFef
REFERENCES
dept(name)
);
Agar dept_unique cheklashni yo‘q qilish talab qilinsa, quyidagi
operatordan foydalanish mumkin:
ALTER TABLE dept
DROP CONSTRAINT dept_unique cascade;
cascade so‘zi dept_unique bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq
barcha cheklashlar yo‘q qilinishini bildiradi. Ushbu holda empref
cheklash olib tashlanadi. Agar cascade o‘miga restrict ko‘rsatilsa,
ya’ni faqat dept_unique cheklashni yo‘q
qilishga urinilsa, MBBT
xatolikni qaydlaydi.
INGRES MBBTda cheklashlami nazoratlash bilan ishlash
samaradorligini murosaga keltirishga uriniladi. MaTumotlami
ommaviy nusxalashda cheklashlami nazoratlash o‘chirib qo‘yiladi.
118
Bu degani, nusxalashni yaxlitlikni tekshirishning global muolajasini
ishga tushirish bilan to‘ldirish lozim.
Qoidalar.
Qoidalar ma’lumotlar bazasidagi ma’lum o‘zgarish-
lar bo‘lganida berilgan harakatlami bajarilishini chaqirishga ixnkon
beradi. Odatda, harakat - muolajani chaqirish. Qoidalar jadvallar bi
lan assotsiatsiyalanadi va ushbu jadvallar o‘zgarganida
ishga
tushadi.
Qoidalar faqat nisbatan oddiy shartlami nazoratlash vositalari
hisoblanuvchi cheklashlardan farqli holda, bazadagi ma’lumotlar
elementlari orasidagi xohlagancha murakkab o‘zaro bogManishni
tekshirishga va madadlashga imkon beradi.
Cheklashlar holidagiga
o‘xshab qoidalami tekshirish nusxalashning ommaviy amallarida
to‘xtatiladi. Ma’lumotlar bazasi ma’muri ham SETNOROLES ope-
ratoridan foydalanib, qoidalami tekshirishni oshkora to‘xtatishi
mumkin. SETRULES operatori qoidalar mexanizmi ishini tiklashi
mumkin. Odatda ushbu mexanizm ulangan bo‘ladi.
Qoidalami yo‘q qilish DROP
RULE qoida operatori orqali
amalga oshiriladi. Mos jadval yo‘q qilingan holda MBBT avtomatik
tarzda qoidalaming yo‘q qilinishini ta’minlaydi. Shu tariqa jadvallar
va qoidalar yaxlitligi ta’minlanadi.
Axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan ta’kidlash lozimki, jad-
val bilan assotsatsiyalangan qoidani mos muolajalami bajarish
huquqini ushbu jadval egasi yaratishi mumkin. Harakati qoidani
ishlashiga sabab bo‘luvchi foydalanuvchi faqat jadvaldan foyda-
lanishning kerakli huquqlariga ega boiishi shart. Shu tariqa qoidalar
oshkora bo‘lmagan holda foydalanuvchilar imtiyozlarini kengay-
tiradi. Bunday kengayishlar qat’iy ma’muriy nazoratga ehtiyoj
seza-
di, chunki xatto qoidaning yoki assotsatsiyalangan muolajaning bi-
roz o‘zgarislii ma’lumotlar himoyalanganligiga tubdan ta’sir etishi
mumkin. Qoidalaming murakkab tizimidagi xatolik esa bashorat
qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Tuqori tayyorlikni madadlash vositalari.
Tijoriy
ilovalarda
apparat-dasturiy komplekslaming yuqori tayyorligi muhim omil
hisoblanadi. MBBTga muvofiq yuqori tayyorlikni madadlovchi
vositalar apparat, ayniqsa disklarga tegishli buzilishlami neytral-
lashni hamda xizmatchi xodim yoki tatbiqiy
dastur xatoliklarini
tiklashni ta’minlashi lozim.
119
Bunday vositalar boshidayoq kompleks arxitekturasiga o‘ma-
tilishi sharL Masalan, ortiqcha disk massivlarining u yoki bu turidan
foydalanish kerak. Albatta, apparat-dasturiy yechim qimmatlashadi,
ammo ekspluatatsiya vaqtida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarardan
asraydi.
Dostları ilə paylaş: