Tirajlashli Informix OnLine-DS serverlárining konfiguratsi-
yasida bitta asosiy va qator ikkilamchi serverlar ajratiladi. Asosiy
serverda o‘qish va ma’lumotlami
yangilash amalga oshiriladi, bar-
cha o‘zgarishlar esa ikkilamchi serverlarga iizatiladi. Ikkilamchi
serverlardan faqat o‘qish mumkin (5.1-rasm). Asosiy server buzil
ganida, ikkilamchi server avtomatik ravishda yoki qo‘lda o‘qish va
yozish rejimiga o‘tkaziladi (5.2-rasm). Asosiy server buzilganida,
mijozlami ochiq-oydin qayta yo‘naltirish madadlanmaydi, ammo u
ilovalar doirasida amalga oshirilishi mumkin.
5.2-rasm. Asosiy server buzilganida, ikkilamchi server o‘qish va
yozish rejimiga o‘tkaziladi.
Asosiy server tiklanganidan so‘ng ushbu server
ikkilamchi
serverga
aylanishi mumkin, endi o‘qish-yozish rejimida ishlovchi
avvalgi ikkilamchi serverga asosiy server maqomi beriladi va unga
ulangan mijozlar ishlarini davom ettiradilar. Shu tariqa ma’lumot-
lardan uzluksiz foydalanish ta’minlanadi.
Tirajlash axborotni tranzaksiya jumalidan (mantiqiy jumaldan)
asosiy serveming tirajlash buferiga uzatish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Undan axborot ikkilamchi serveming tirajlash buferiga
o'tkaziladi. Bunday o‘tkazish sinxron yoki asinxron rejimida sodir
boMishi mumkin. Sinxron rejim ma’lumotlar bazasining to‘liq
muvofiqligini kafolatlaydi, ya’ni asosiy serverda qaydlangan birorta
ham tranzaksiya, xatto asosiy server yanglishganida ham ikkilamchi
serverda qaydlanmay qolmaydi. Asinxron rejim mutlaqo muvo-
121
fiqlikni ta’minlamaydi, ammo tizimning ishchi xarakteristikalarini
yaxshilaydi.
Tirajlashning qo‘shimcha ijobiy samarasi - qaror qabul qilishni
madadlovchi katta hajmli resursli ilovalami, asosan, ikkilamchi ser-
verga o‘tkazish imkoniyati. Bu holda ular
parallel ishlash vosita-
laridan maksimal foydalanib, asosiy serverda to‘plangan tranzak-
siyalami operativ ishlovchi ilovalarga xalaqit qilmasdan, ishlanishi
mumkin. Bunga ma’lumotlaming foydalanuvchanligini oshiruvchi
omil sifatida ham qarash mumkin.
Server va mijozlar orasidagi kommunikatsiyalarni himoya-
lash.
Server va mijozlar orasidagi kommunikatsiyalarni himoyalash
muammosi nafaqat MBBTlarga, balki barcha taqsimlangan tizim-
larga taalluqli. Tabiiyki, bu yerda, masalan, OSF konsemining
taqsimlangan hisoblash muhitidagi (Distributed Computing Envi
ronment, DCE) kabi umumiy yechimlar qidiriladi.
MBBT ishlab
chiqaruvchilariga o‘zining dasturiy mahsulotlarini ushbu muhitga
“yuklash” qoladi (masalan, Informix kompaniyasi Informix-
DCE/Netni amalga oshirib, shu ishni bajardi).
Informix-DCE/Net Informixning barcha instrumental vositalari
hamda har qanday ilovalar yoki ODBC interfeysidan foydalanuvchi
mustaqil ta’minotchilardagi instrumental komplekslari uchun DCE
serverlaridan foydalanishni tashkil etadi (5.3-rasm).
Xavfsizlik serveri DCE muhitida mijoz-serveming o‘zaro alo-
qalarini amalga oshirishdagi muhim komponent hisoblanadi. Ushbu
server taqdim etadigan asosiy fiinksiyalar —
Kerberos vositalari
amalga oshiruvchi autentifikatsiya, avtorizatsiya (vakolatlami tek-
shirish) va shifrlash. Masalan, mijoz-serveming har bir ilovasi
uchun ma’mur himoyaning quyidagi beshta sathidan birini berishi
mumkin:
-
faqat mijozning server bilan ulanganligi aniqlanganidagina
uzatiluvchi ma’lumotlar himoyalanadi;
Dostları ilə paylaş: