Terakzor, Terakli, Teraktagi, Tol, Toldi, Toldiquduq, Tolzor, Tollisoy, Tolliq,
Tolliqishloq, Tolliqo'rg'on, Tolmazor, Tut, Tutzor, Tutli, Uzumzor, Shaftoli,
Shaftolizor, Yakkaarcha, Yakkatol, Qatorterak, Qatortol, Qartortut, Qizilgul, Atirgul,
Qiziltol, Qiziltut, Qorayog'och, Qorajiyda, Qoratol, Qushyog'och, Qo'shchinor
va
h.k. Bundan tashqari
bog'
(Bog'zor, Bog'obod, Bog'iston kabi),
gul
(Gulzor, Guliston,
Gulshan) kabi so'zlardan tarkib topgan oykonimlar ham anchagina uchraydi.
Umuman olganda, gidrooykonimlar hamda orooykonimlarga nisbatan
fitooykonimlar kamroq uchraydi. Buning asosiy, sababi shundaki, inson o'z hayoti
uchun birinchi galda qandaydir suv manbai yaqinidan makon tanlagan va manzilni
ham ko'proq shu suv manbai nomi bilan atagan, aholi punktining tevarak-atrofdan
farq qiladigan geomorfologik xususiyati shahar-qishloq nomi uchun muhim
ko'rsatkich hisoblangan. Hamma joy tog'u toshlardan iborat bo'lgani hududda
tog'
so'zi joy nomi shaklida ko'p uchramaydi yoki hamma maydonda bug'doy ekiladigan
o'lkada
bug’doyzor
toponimi xarakterli hisoblanmaydi. Bog'u-rog'lardan iborat
Q'zbekistonda
bog’
so'zi oykonim shaklida son-sanoqsiz takrorlanavermaydi.
g)
Zootoponimik oykanimlar –
hayvon nomlari bilan atalgan aholi punktlari.
Bunday oykonimlar tarkibida
ayg'ir, baliq, bahrin, bedana, biya, burga, burgut,
buvra, bug'ra, bo'ri, do'lta («sirtlon»), Hon – jilon, karp, laylak, ot, tuya, chag'a,
chigirtka, chovli, shag'ol, echki, eshak, qarsak, qarchig'ay, qarg'a, qulon, g'ajir
(g'ajimoq-fe'lidan o'limtikxo'r beso'naqay qush, tasqara ham deyiladi) kabi nomlar
uchraydi. Bunday nomlar hammasi bo'lib, 1 foizdan oshmaydi.
Zootoponimlarni farqlashning qiyinligi shundaki, bir qancha urug'-aymoq
vakillari falon hayvondan tarqalganmiz deb, ularni muqaddas bilishgan. Bu
toponimik hodisa «totem» deb ataladi. Masalan,
bahrin
(lochinning eng olg'ir turi)
bug'ra –
buvra,
Hon, chovli
(ov qushi),
shag'ol
(chiyabo'ri),
echki, qarsaq
(cho'l
tulkisi), qulon (yovvoyi ot) kabi urug'lar ma'lum. Burqut degan urug' ham asli
«burgut» ma'nosini bildirsa kerak. Masalan, qozoyoqli degan o'zbek urug'i bor; uning
tamg'asi shaklan g'ozning panjasiga o'xshaydi. G'oz qadimgi turkiy tilda, hozirgi
qozoq, qirg'iz va tojik tillarida ham qaz deyiladi. Etnonim inobatga olinsa, burqut
urug'ining nomi burgutdan olinganini payqash qiyin emas.
Uzoq o'tmishda kishi hayoti tabiat bilan chambarchas bog'liq bo'lganini esga
olsak, tabiiy geografik nomlar ilgarilari hozirgiga nisbatan katta o'rin tutganini
tasavvur qilish mumkin. Hayvonlarning nomlaridan kelib chiqqan aholi punktlari –
zoooykonimlarni esga olaylik:
Ayg'ir, Ayg'irtepa, Baliqli, Baliqliko'l, Bahrin,
Bedana, Biya, Burgali, Burgalik, Burgutqala, Bo'risoy, Bo'ritepa, Do'lta, Do'ltali,
Ilonli, Karpko'l, Laylaklar, Laylakon, Laylakoya, Laylakxona, Oqboyra, Oqechki,
Malaxteza, Chag'ali
(chag'alay),
Chigirtkali, Chovli, Chovlisoy, Shag'ol, Shag'olak,
Dostları ilə paylaş: |