Ko'nchi, Ko'nchiboy, Mokusozon,
(moki ustasi),
Mergan, Merganlar, Mergancha, Miltiqchi, Mirob, Miroblar,
Mixchagar
(mix
yasovchi
usta),
Mixchagoron,
Mizado'zon
(etikdo'zlar),
Murdashoylar, Nag'orachi, Naqqosh, Pichoqchi, Piyozkoron, Piyozchilik, Po'latchi,
Po'stindo'z, Sabzikor, Sovungar, Saqachi
(kanalning bosh inshooti ustasi - Xorazm),
Salloq
(mol so'yib terisini shilib oladigan qassob),
Sartaroshlar, Sohibkor, Surmachi,
Sutchilar, Tabib, Tandirchi, Tanobchi, Taqachi, Temirchi, Tirgaron
(o'q-yoy
ustalari),
Tovoqchi, Tovuqchi, Ustaovul, Ustalar, Ustaliq
(ustalar ma'nosida), Boyliq
(boylar), Xo'jaliq (xo'jalar) degani,
Harrotlar
(taroqchilar),
Charmgar
(ko'nchi),
Charmgaron, Chegarachi, Chig'irchi, Chiqirchi, Chitgaron
(chitga gul bosuvchilar),
Chitkarlar, Cho'yinchi
(«degrez» — cho'yanchi),
Sholikorlar, Shifokor, Egarchi,
Elchi, Yuzikchi, Yumushkor, O'qchi, O'roqchi, O'rmonchi, Qamishchi, Qassoblar,
Qassobon, G'aznachi
(xazinachi),
G'allakor, G'allachi, Bozorboshi, Sarbozor,
Bozorjoy, Bedazor, Galaosiyo, Qo'shtegirmon, G'allakor, Lalmikor, Paxtakor,
Karvonsaroy, Madrasa, Machit, Shakarqamish, Sholipoya
kabi ko'pdan-ko'p
oykonimlar o'tmishning iqtisodiy, sotsial-iqtisodiy geografiyasi namunasi sanaladi.
2.
Barcha suv obyektlarining nomlari
gidronimlar
deyiladi (yunoncha «hidro» –
suv, «nom» – nom). Okean, dengiz, ko'l, soy, jilg'a, quduqning har biri suv
obyektidir. Suvsiz hayot yo'q. Yer sharida dastlabki hayot ham suvda, okeanda paydo
bo'lgan degan fikr bor.
Toponimikaning bo'limi – gidronimika suv obyektlarining nomlarini, ularning
kelib chiqishini, atalish qonuniyatlarini o'rganadi.
Yer shari yuzasining qariyb 71 foizini 4 ta – T
inch, Atlantika, Hind
va
Shimoliy
muz okeanlari egallagan. Okeanlarning ayrim qismlari
dengiz
deyiladi. Quruqlikdagi
suv to'lib qolgan chuqurlilar
ko'llar
deb ataladi. Ba'zan o'ta katta ko'llar
dengizlar
ham deb yuritiladi (Kaspiy dengizi, Orol dengizi, Shimoliy Amerikadagi
Buyuk
ko'llar,
Rossiyadagi
Baykal ko'li).
Oqar suvlar katta-kichikligiga qarab bir necha turga bo'linadi. Yer osti va yer
usti suvlaridan hosil bo'ladigan katta oqar suvlar
daryolar
deyiladi. Dunyodagi eng
katta daryolar sifatida Janubiy Amerikada
Amazonka,
Shimoliy Amerikada
Missisipi,
Xitoyda
Yansizi,
Rossiyada
Ob, Yenisey, Volga,
O'rta Osiyoda
Amudaryo, Sirdaryo
qayd etilgan.
Kichikroq daryolar
soylar,
kichik soylar esa
jilg'alar
deyiladi. Daryo yoki soyga
qo'shiladigan suvlar
irmoqlar,
daryo yoki soydan ajralib chiqadigan ariq yoki suvlar
esa
Dostları ilə paylaş: |