Suv obyektlari nomlarini – gidronimlarni hosil qiladigan atamalar
: Ariq (ar
– qadimiy eroniy tillarda
oqmoq
fe'lining o'zagi, ya'ni «suv») –suv yo'li; Artezian
quduq - parmalab kovlangan va suv otilib chiqadigan teran quduq; Balhiq - suyuqroq
loy; Band - to'g'on; Botqoqi - doimo yoki uzoq vaqt zax bo'lib yotadigan joy; Buloq –
yer ostidan chiqadigan suv manbai; Vodoprovod – tindirilib, xlorlangan va kislorodga
boyitilgan hamda ichishga yaroqli suv oqiziladigan truba; Guzar - daryodan kechib
o'tiladigan joy, kechuv; Dam - suv ravon oqmaydigan, damlanib qoladigan joy;
Daryo – tabiiy o'zandan oqadigan katta suv; Daryoliq – bir zamonlar daryo oqqan
soylik; Darg'ot – suv taqsimlagich inshoot; Denglz – O'zbekistonda keng maydonni
egallagan suv havzasi (Orol dengizi); Jlg'a - jildirab oqadigan soy; Jo'ybor - ariqsoy,
ariq soylar ko'p joy; Jo'yak - ikki pushta orasidagi ariqcha; Zax, zak (Xorazmda - zey)
- sernam joy; Kavsar — toza, zilol suv; Kechik - kechuv - daryodan, katta soydan
kesib o'tiladigan joy; Kom — ariq (Buxoro) ; Koriz - bir-birlari bilan yer ostida
birlashtirilgan quduqlar, yer osti kanali; Ko'k suv – zilol suv, tiniq suv; Ko'l -
kichikroq tabiiy suv havzasi; Kolmak - halqob suv; Nahr - katta ariq; Nova - suv
oqadigan ariq, mol suv ichadigan yog'och ariq; Ob – suv, daryo, soy; Obxona –
quduq yonidagi hovuz; Sel – toshqin suv; Selbur — sel urib ketgan joy; Selxona —
toshqin suv to'planib qoladigan soylik; Soy – kichik daryo; Suv – tabiiy suyuqlik;
daryo, soy (tarixiy asarlarda
su
varianti ham bor: Ko'hak suvi – Zarafshon, Xo'jand
suvi – Sirdaryo); suv ombrari (obi ombor) – ko'p suv to'planadigan chuqur joy;
Tomchi – suvi qoyadan tomchilabgina tushadigan buloq; O'kuz, o'giz, o'g'iz – katta
oqar suv, daryo, 2) Amudaryoning qadimiy turkiy nomi; Qaymar buloq – suvi otilib
qaynab chiqadigan buloq; Quduq - yer ostidan suv olinadigan chuqurlik. Quduqcha –
quduq ko'p joy.
3.
Oronimlarga,
tog'u toshlargina emas, balki re'lefning salbiy shakllari -
vodiylar, daralar, jarlikiar, soyliklar, o'yiqlar, shuningdek tekislik, past tekisliklar va
qumliklar ham kiradi.
O'zbekiston yer yuzasi tekisliklar va adir-tog' qismlardan iborat. Tekisliklar
(shimoli-g'arbda)
Turon tekisligining
bir qismidir. Orol bo'yidagi janubi-sharqda
(Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida) Qizilqum cho'li joylashgan. Qizilqumning
g'arbiy chekkasida
Sulton Uvays
tizmasi, markaziy qismida esa
Bo'kantov, Tomditov,
undan janubda
Muruntov,
janubi-g'arbda Quljuqtov va boshqa pastak tog'lar bor.
Qizilqumda berk botiqlar va soyliklar ham uchraydi (Mingbuloq, Oyoqog'itma
botiqlari va boshqalar).
O'zbekiston hududidagi tog'lar
Tyanshan va Hisor-Oloy
tog' tizmasiga kiradi.
G'arbiy Tyanshan tizmalaridan
Qorjontov, Ugom, Piskom, Chotqol, Qurama
tizmalari O'zbekiston hududida. Farg'ona vodiysining sharqida
Farg'ona tizmasi,
janubida Oloy tizmasi va uning g'arbiy davomi -
Turkiston tizmasi
joylashgan.
Turkiston tizmasining tarmog'i bo'lgan
Molguzar
tizmasi
Dostları ilə paylaş: |