suq –
«bozor» va forscha-tojikcha
ban –
«qarovchi», «boquvchi», ya'ni
suqbon
«bozor qorovuli» deb izohlanmoqda.
Sergeli (Sirg'ali) – Toshkent viloyati tumanlaridan biri. Sergeli qozoqlarning
qabilalar ittifoqi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida sergeliliklarning ko'pchiligi
Janubiy Qozog'iston hududida, qisman Toshkent vohasida yashagan.
Sirg'ali
urug'i
o'zbeklar tarkibida ham bo'lgan.
Salor – Bo'zsuvdan boshlanadigan kanal. Bu kanal XV-XVI asrlar vaqf
hujjatlarida Ro'dak, ya'ni «daryocha» deb ham atalgan. Professor H.Hasanov kanal
(ariq) nomi uni
sipohi salor –
lashkarboshi qazdirganidan dalolat beradi deydi.
Salor
degan tirug' xam bo'lgan.
Toshkent so'zining etimologiyasi haqida turli fikrlar bayon etilgan. Shulardan
eng ko'p tarqalganlari toponimning Tosh (arabcha —
hijara,
yunoncha —
petros)
so'zi bilan aloqador, ya'ni Toshkent – toshqal'a demakdir. Ptolemeyning
«Geografiya» kitobida u Lifivos Petros – «Burj ul hijora» (Tosh qal'a) deb atalgan
(Beruniy). «Tarkan – Shoshning ismi. Uning asli Toshkand bolib, toshdan qilingan
shahar demakdir» (Mahmud Qoshg'ariy).
Xadra – Shayxontohur dahasidagi mahallalardan biri, endilikda eski shaharning
markaziy maydoni. Tarixchi Y.G\ G'ulomov va folklorshunos H.T. Zaripovning
fikricha,
haddi roh
«yo'lning chekkasi, chegarasi», ya'ni shaharning chekkasi degan
ma'noni bildiradi. Tilshunos F.A. Abdullayev esa xadra «notekis, past-baland, adirlik
(yer) demakdir» deydi
(adrang –
adra – xadra).
Chilonzor – Beshog'och dahasi mavzelaridan biri. Chinorzor keyinchalik
Chilonzor bo'lib ketgan. Ba'zilar bu joy chllon (jiyda) o'simligidan nom olgan
deyiladi. Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida ham Chilonzor degan qishloqlar bor.
Chig'atoy – Toshkent mahalla va mavzelari ro'yxatida bir necha marta
takrorlanadigan nom. Chig'atoy – Chingizxonning ikkinchi o'g'li. Chig'atoy ulusi
aholisi
chig'atoylar
deyilgan. Chig'atoy nomini G'arbdagi va o'rta Osiyodagi xalqlar
Chag'atay, Jag'atay shaklida talaffuz qilib keladi. O'zbekiston va Tojikistonning
janubidagi katta bir qavm (o'zbeklar va tojiklar) o'zlarini
chag'atay
deb hisoblashadi.
Respublikamizda Chag'atay nomli bir necha qishloq bor. Demak, bu so'z asli
chag'atay (chaqatay) shaklida bo'lgan. Zomin tumanidagi qirg'izlar tilida
chaqatoy
«janjalkash», «jangari», «urishqoq» degani. Bu ham mazkur so'zning o'zbekcha
shakli haqida o'ylab ko'rish kerakligini ko'rsatadi.
Shayxontohur – Toshkentning to'rt dahasidan biri. Urbonim Shayx Umar
Bog'istoniy o'g'li Shayx Xovondi Tohur (janobi pok shayx) ismli avliyo nomi bilan
atalgan.
Shivli yoki Shivlimozor – Shayxontohur dahasi mavzelaridan biri. Bu yerlar
hozir ham Shivli, shu yerdan o'tadigan ariq Chovli deyiladi. Shivli bilan Chovli
ikkalasi bir nom (bu fikrni Muhammad Solih ham, N.G. Mallitskiy ham aytgan).
Dastlab mahalla Shivli, to'g'rirog'i Shibli deb yuritilgan. Shibli (asli shayx ismi,
mozor nomi) bora-bora Chovll bo'lib ketgan.
Shibli
ismli ulug' zotlar, avliyolar ,
olimlar ko'p o'tgan. Shibli so'zi arabcha bo'lib «sherbachcha» (arslon bolasi)
demakdir.
Eski jo'va – Sebzor dahasidagi mahalla. H. Hasanov bu nomni eskirgan harbiy
aslahalar (jo'va) ombori ma'nosidadir deydi. Chindan ham jiba (juba) «sovut» degani.
Fikrimizcha,
Dostları ilə paylaş: |