kerayit
(kereyit)
qabilasi esa Nukus tumanida Kereyit ovuli nomida o'z aksini topgan.
Qo'ng'irot
(qo'ngrat, qo'ngrad) etnonimi o'zbeklarning kenagas, qutchi qabilalari
tarkibida, qozoqlaming
qipshaq,
qirg'izlarning
adigine
qabilasi tarkibida qayd
qilingan, Qoraqalpog'iston oykonimlari tarkibida esa Qo'ng'irodovul (Amudaryo
tumani), Qo'ng'irotko'l ovullari nomlarida o'z aksini topgan.
Nayman
qabilasi o'zbek, qozoq, qirg'iz va boshqa turkiy xalqlar tarkibida
uchraydi va Qoraqalpog'iston oykonimlari orasida Nayman (Qonliko'l, Xo'jayli
tumanlari) ovullari nomlarida o'z aksini topgan. O'zbek, qirg'iz, turkmanlar tarkibida
qayd qilingan
sayat
etnonimini Shumanay, Qo'ng'irot tumanlaridagi Sayat ovullari
nomida ko'rish mumkin.
Tama
qabilasi qozoqlar, o'zbeklar, qirg'izlar, quramalar
orasida uchraydi va Amudaryo, Ellikqal'a tumanlarida Tama ovuli nomida aks etgan.
Uyshun
toponimi o'zbeklar, qoraqalpoqlar tarkibida qayd qilingan va Amudaryo
tumanidagi bir ovul shunday nomlanadi.
Taylaq
(tayloq) etnonimi qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, o'zbek, turkmanlar orasida
uchraydi va Chimboy tumanidagi Taylaq ovulida o'z ifodasini topgan.
Qipchoq
etnonimi
ko'plab
turkiy
xalqlar
orasida
qayd
qilingan.
Qoraqalpog'istonda 15 ga yaqin ovul shu nomda (Qipchaq, Qipshaq shakllarida).
Nukuz
(nukus) umg'i qo'ng'irot qabilasi hamda qoraqalpoqlarning keneges
qabilasi tarkibida uchraydi (nekuz shakli ham qayd qilingan) va Amudaryo, Chimboy
tumanlarida Nukusovul, Amudaryo tumanida Nukusqal'a oykonimlarida o'z aksini
topgan. Qoraqalpog'iston Respublikasining poytaxti Nukus shahri (qoraqalpoqcha -
No'kis) nomi ham shu etnonimdan.
Nukus shahri nomi, umuman
nukus
etnonimining kelib chiqishi haqida har xil
fikrlar bor. Bu nom ayrim tadqiqotchilar fikricha, forscha-tojikcha nukas «to'qqiz
kishi» degan ma'noni bildiradi. Nukuslar asli mo'g'ul qabilasi bo'lganini e'tiborga
olsak, bu etnonimning etimologiyasi haqidagi fikrlar uzil-kesil hal bo'lmagan deyish
mumkin.
Suv obyektlarini ifodalaydigan gidronimik atamalarga misol:
arna –
Tentekarna;
ariq –
Shuqsirariq, Yangiariq;
sag'a-saqa
(«kanalning boshi») –
Kanalsag'a, O'rjapsag'a, Uchyapsag'a;
quduq –
Oqquduq.
Ko'l
gidronimii: atamasiga mufassalroq to'xtashga to'g'ri keladi. Gap shundaki,
Qoraqalpog'iston hududida 150 dan ortiq ko'l bor. Respublika Amudaryoning etak
qismida bo'lgani bois daryo suvi toshib son-sanoqsiz ko'llar hosil qilgan edi.
Ko'llarning ko'plari qurib qoldi, lekin xaritalarda, odamlarning xotiralarida bu
obyektlarning nomlari saqlanib qolgan.
Bundan tashqari 40 dan ortiq ovul-qishloqning nomlari tarkibida ham
ko'l
atamasi uchraydi, jumladan, Adaykol, Oqko'l, Turkmanko'l, Uyg'urkoi, Sho'rko'l,
Qorako'l, Qo'Bg'irotko'l va b.
Respublikada gidronimlar tarkibida
ko’1
atamasi o'rniga
aydin
(oydin) so'zi
ham ishlatilgan: Uziraoydin, Uyrekoydin, Qoraoydta va b.
Qoraqalpog'iston ko'llarinl nomlariga qarab bir necha turga bo'lish mumkin.
1) kishi ismlari bilan atalgan ko'llar: Davitkol, Do'sanko'l, Zakirko'l;
2) rangiga qarab nomlangan ko'llar: Ko'kkol, Qorako'l, Qoraoydin, Sariko'l;
3) Parranda nomlari bilan atalgan ko'llar: Birqozonko'l, Quvlikol, Qo'tonko'l.
4) Suv o'simliklari nomlari bilan atalgan ko'llar (Jekenlioydin, Shilimko'l,
Qamisliko'l).
5) majoziy-metaforik nomlar bilan atalgan ko'llar: Oltimkol – qimmatli baliq
zotlari ko'p bo'lganidan shunday nom olgan. Gavmisko'l – «katta, ulkan, yirik»
degani. Davkempir ko'li yo'lbarsning oyog'iga kirib ketgan katta zirapchani
qo'rqmasdan chiqarib olgan kampir sharafiga shunday atalgan ekan. Maqbalkol –
baxmalday tovlanib turgani uchun shunday nomlangan.
Aholi punktlari nomlarini hosil qlladigan oykonimik atamalar.
Qoraqalpog'istonda bunday atamalar atigi bir necha:
Dostları ilə paylaş: |