oval, qal'a, obod, ko'pir.
Bular orasida eng ko'p takrorlanadiganl
ovul
(aul) atamasidir, Qariyb 200 ga
yaqin aholi punkti (ovul) nomlari tarkibida uchraydi: Avezovul, Bo'zovtul,
Darg'aovul, Kepeovul, Maxremovul, Naymanoval va b.
Qal'a
atamasi 30 ga yaqin shahar va ovul nomlari tarkibida keladi: Ayozqal'a,
Burgutqal'a, Jambasqal'a, Mamiyqal'a, Nakasqal'a, Tozaqal'a va boshqaiar.
Boshqa oykonimik atamalardah faqat
obod
komponenti bir necha marta
takrorlanadi: Amirobod, Mehnatobod, Paxtaobod, Xalqaobod, Chinobod, Yangiobod,
Qlrqqizobod.
2.
Ayozqal'a – Beruniy tumani hududidagi me'moriy yodgorlik. Miloddan
avvalgi IV-II asrlarga oid' qal'a xarobadan iborat. Bir necha turkiy xalqlar
folklorining qahramoni Ayoz nomi bilan atalgan.
Ayran - ovul, Qo'ng'irot tumani. O'zbeklarning qo'ng'irot qabilasi tarkibida
ayron,
nayman qabilasi tarkibida
ayronchi,
qozoqlarning nayman qabilasi tarkibida
ayratn
urug'lari bo'lgan.
Ayteke – ovul, Chimboy, Kegeyli tumanlari. Kegeyli tumanida – ovul
Ayteke
deb ataladi. Qoraqalpoqlarning
qtay
qabilasi tarkibida –
like
degan urug' ham bo'lgan.
Anna - ovul, Kegeyli, Taxtako'pir, Chimboy tuminlari. Qoraqalpoqlarning
qtay
qabilasi tarkibida
anna
(sart-anna) urug'i bo'lgan.
Aqto'g'in – ovul, Bo'zatov, Kegayli, Chimboy tumanlari. Qoraqalpoqlarning
keneges qabilasi tarkibidagi bir urug' nomi
aqto'g'in
(oqto'g'in) bo'lgan.
Badayto'g'ay – Amudaryoning o'ng sohilidagi qo'riqxona. Xorazm viloyati
Urganch tumani, Qoraqalpog'istoning Beruniy tumani hududlarida chorvachilik bilan
shug'ullangan
baday
o'zbek urug'i. XIX asr boshlarida Surxondaryo vodiysi, Bekobod
bilan Zomin orasidagi dashtlarga tarqalgan. Ishtixon, Paxtakor tumanlarida Baday
(Boday), Ishtixon tumanida Badayovul, Qo'riqbaday qishloqlari bor.
Beksiyiq – ovul, Kegayli, Xo'jayli, Chimboy tumanlari. Qoraqalpoqlarning qtay
qabilasining bir urug'i
beksiyiq
deb atalgan.
Birqozonkol – ovul, Qo'ng'irot tumani. Birqozon ayni paytda aqoqush deb ham
ataladigan suv parrandasi. Amudaryo etagida ko'p boladi. Birqozonko'l – Saqaqush
ko'li.
Boyterak (Bayterek) – Qo'ng'irot tumanidagi joy, quduq. Boyterak – chinor,
tayanch, muqaddas daraxt. Turkiy xalqlarda Boyterak, Bayterek degan ismlar bor.
Boyterak etnonim bo'Iib, qozoqlarning qanli qabilasi va qirg'izlarning saribag'ish
qabilasi tarkibida boyterek (bayterek) urug'i qayd qilingan.
Burlaq
–
Amudaryo bo'yidagi bir necha qishloq va ovul nomlari. Bu so'z Volga
daryosida kemalarni oqimga qarshi tortib kun ko'rgan ishchilarni anglatgan
burlak
atamasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Zarafshon bo'yida ham Burlaq degan
qishloqlar bor. Ko'chmanchi o'zbeklar ulusida
burlaq
degan urug' qayd qilingan.
Bo'zatov – ovul, Chimboy tumani. Xorazmda, Qoraqalpog'istonda
atav –
1)
o'tov, bo'z uy; 2) daryo o'rtasidagi kichikroq orol; 3) qamishzor, to'qay.
Jamansha – ovul, Kegayli, Chimboy, Nukus tumanlari, Jaman, Jamanshaq –
Kegayli tumani. Qoraqalpoqlarning qiyat, qtay qabilalari tarkibida
jaman,
qoraqalpoqlarning mang'it qabilasi tarkibida
jamansha
urug'lari bo'lgan. Ko'pgina
turkiy etnonimlar orasida
jaman, yomon
laqabli urug'-aymoq nomlari bir necha marta
takrorlanadi.
Kepe – ovul, Kegayli, Chimboy, Qorao'zak tumanlari. Qoraqalpoqlarning qtay
qabilasi tarkibida
kepe
urug'i qayd qilingan.
Moylibolta – ovul, Kegayli, Qorao'zak tumanlari. Qoraqalpoqlarning
qipshaq
qabilasi tarkibida
moylibolta
(maylibalta) urug'i qayd qilingan.
Mo'ynoq – shahar, Mo'ynoq tumani markazi. Mo'ynoq quyidagi tarkibiy
qismdan iborat:
mo'yin –
bo'yin,
-oq
kichraytirish qo'shimchasi. Mo'ynoq «kichik
bo'yin», «bo'yincha» demakdir.
Nukus – shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasining poytaxti. Nukus, nekuz
degan urug bo'lgan. Rivoyatga ko'ra Nukus (no'kis) surgun qilingan to'qqizta qizning
o'g'illaridan tarqalgan kishilarning avlodi bo'lib, «to'qqiz kishi» demakdir (tojikcha
no'h –
to'qqiz,
kas –
kishi). Bu rivoyat, xolos. Toponimning etimologiyasi hamon
noma'lum.
Nukus qabilasi
neko'z
shaklida turk-mo'g'ul urug'lari tarkibida qadimgi tarixiy
manbalarda, chunonchi, Rashid ad-dinning «Jome at-tavorix» asarida ham tilga
olingan. Nukus urug'i nukas («yangi qishloq») degan ma'noni anglatadi degan fikr
xam bor. Nrtus (Nikuz) degan joy nomlari Respublikamizning boshqa yerlarida ham
uchraydi.
Orol dengizi. Bu gidronimning kelib chiqishi haqida bir qancha fikrlar bayon
etilgan. Nega dengiz (katta kol) Orol deb atalgan? Orol suv o'rtasidagi quruqlik-ku!
Xiva xoni, yirik tarixchi oiim Abulg’ozi Bahodiixon Amudaryo dengizga quyiladigan
joyni, deltani Orol deb atagan. Ana shu yerda orollilar degan xalq yashagan. L. Berg
o'zining «Orol dengizi» degan asarida (1908) Orol o'sha yerda yashagan xalq –
orollilar nomidan kelib chiqqan deb yozadi va Richkovning (1755) «Ko'lda orollar
ko'p» bo'lgalnidan u shunday atalgan degan fikrini o'rtaga tashlaydi. Chindan ham
ushbu dengizda 300 dan ortiq orol bo'lgan.
Tevarak-atrofdagi o'zbeklar, qozoqlar dengizni Orol (Aral) deb atasa,
qoraqalpoqlar Aral yoki Atau deb atashar ekan. Qoraqalboq toponimisti Q.
Abdimuratov Orol dengizi chindan ham
orol
«suv o'rtasidagi quruqlik» so'zidan kelib
chiqqan degan fikrnl bildiradi.
Saltir – ovul, Chimboy tumani. Qoraqalpoqlar tarkibiga kirgan qipchoqlarning
urug'i
saltir
deb atalgan.
Sulton Uvays tog'lari – Amudaryoning o'ng sohilida. O'rta Osiyoda tasavvuf
targ'ibotiga asos soluvchilardan bin arab Uvays Qomiy nomi bilan atalgan (VII asr).
Sulton
unvoni unga keyinchalik O'rta Osiyo xalqlari tomonidan berilgan. Tizmaning
janubi-g'arbiy yonbag'rida Sulton Uvaysning ziyoratgoh afsonaviy qabri bor.
Tazg'ara – Chimboy tumanidagi eski o'zan. Qoraqalpoq toponimisti Q.
Abdimuratov bu joy Tajiqara degan kishi ismi bilan atalganligini ta'kidlaydi. Jizzax
tumanida Tazg'ara (Tasqara) degan joy bor.
To'rtdival – ovul, Ellikqal'a turnani. Aynan «choldevor, vayrona»; To'rtko'l ham
shu ma'noda.
Shag'al – ovul, Nukus tumani. Turkmanlarning taka, ersari, o'zbeklarning
qo'ng'irot qabilalari tarkibida
shag'al
qabilasi qayd qilingan.
Egizqum – Chimboy tumanidagi joy. Egiz so'zi «qo’shaloq»dan tashqari
«baland, yuksak» degan ma'noni bildiradi. Egizqam – «baland qum tepaligi».
Qoplonqir – Ustyurtning bir qismi. Bu yerlarda bir paytlar chindan ham qoplon
yashagan, hozir qolmagan.
G'arg'a – ovul, Chimboy tumani. G'arg'atubek – Kegayli tumani.
Turkmanlarning go'klen qabilasi tarkibida
g'arg'a
urug'i bo'lgan. Boshqird,
qoraqalpoq, qirg'iz, o'zbeklar tarkibida
qarg'a
urug'i qayd qilingan.
Dostları ilə paylaş: |