Elektron ta’limni boshqarish tizimlari



Yüklə 170,14 Kb.
səhifə1/8
tarix24.12.2023
ölçüsü170,14 Kb.
#158537
  1   2   3   4   5   6   7   8
elektron ta\'lim tizimlari

Elektron ta’limni boshqarish tizimlari


Reja:



  1. Masofaviy ta’lim va uni boshqarish tizimlari.

  2. Masofaviy o’qitishning nazariy va didaktik asoslari.

  3. Masofaviy ta’lim modellari.

  4. O’quv muassasasida masofaviy ta’lim elementlarini shakllantirishga quyiladigan talablar.

  5. Masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlari.

  6. Ta’limda qo’llaniladigan erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar tahlili.

  7. Ommaviy on-line ochiq kurslar.

  8. Moodle tizimining yaratilishi.

  9. Virtual ta’limni boshqaruvchi tizimlarning funksiyalari va Moodle tizimining asosiy husussiyatlari.

  10. Moodle platformasining masofaviy ta’limni boshqarish imkoniyatlari va funksiyalari.

  11. Moodle tizimidagi o’qitish modullari.

12.Scorm yoki AISS standart paketlari.
13. Moodle o’quv kursiga quyiladigan resurs va elementlar.
Internet manzillari, qaydnomalari. Internet xizmatlari. Kerakli ma’lumotlarni Internetda izlash va ularni olish yo’llari.
Internet tarixi
Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSH mudofaa vazirligida hisoblash tarmog’ining – ARPAnet ning paydo bo’lishi bilan bog’lashimiz mumkin. Bu tarmoq urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy konsepsiyasi quyidagidan iborat:
Tarmoqdagi har bir kompyuter bir – biridan mustaqil ravishda muloqatda bo’ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo’lib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog’ qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir – biridan ma’lum darajada mustaqil ishlashi kerak.
SHunday qilib, Internet ning asosiy prinsipi – bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir.

Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq – bu birbiri bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to’plamidan iborat. Har bir uzel – ko’pincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bir yoki bir nechta qudratli server-kompyuterlardir. Ko’pincha bu kompyuterlarni bosh kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”– xo’jayin) deb atashadi.
Bu uzelni uning egasi bo’lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi (ingl. “Provide”– ta’minlamoq so’zidan olingan). Ko’p hollarda alohida olingan tarmoqning nomi – bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi ko’p taniqli provayderlardan biriga: GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. CHet eldagi eng yirik provayderlar bu– CompuServe va Amerika – Online hisoblanadi. Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi.
Shunday qilib Internet ga ulanish degani bu:

  • Modemga ega bo’lish va kompyuterga uni ulash;

  • Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog’i yoki alohida boshqa aloqa kanali orqali muloqot o’rnatish demakdir;

Bayonnomalar. Internet tarmog’iga turli xil apparat platformalarida, ma’lumotlar formatlarida, har xil operatsion sistemalar boshqaruvi ostida ishlovchi millionlab kompterlar va kompyuterlar tarmoqlari kiradi.
Biroq hamma kompyuterlar axborot almashish paytida ma’lumotni shakllantirish va uzatishning yagona kelishuvidan (bayonnomalardan) foydalanishlari kerak (YA’ni yagona “interfeysdan”).
Bayonnoma – bu tarmoq abonentlari o’rtasidagi axborot almashinuvi usullari xamda Internet malumotlarini shakllantirish qonun qoidalari va formatlari to’g’risidagi kelishuvlar to’plamidan iborat.
Internet bayonnomalarining ikki xil turini ajratish mumkin:

  • Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar komyuterlar o’rtasidagi ixtiyoriy turdagi elektron axborotlarning fizik uzatilishiga javob beradi (IP va TCP). Bu bayonnomalar bir – biri bilan kuchli bog’liq bo’lganligi uchun, ularni ko’pincha “TCP/ IP bayonnomasi” deb ham atashadi.

  • Amaliy bayonnomalar. Bu bayonnomalar Internet ning ixtisoslashgan xizmatlarining ishlashini nazorat qiladi (ta’minlaydi). Masalan: NTTR bayonnomasi (giper matnli ma’lumotlarni uzatish), FTP bayonnomasi (fayllarni uzatish), elektron pochta bayonnomalari va boshqalar.

Amaliy bayonnomalar bazisli bayonnomalar “ustida” joylashadi, agar TCP/IP o’rnatilmagan bo’lsa, sizning kompyuteringiz tarmoqda ishlay olmaydi. Biroq, ntern bayonnomalarning ma’lum bir qismi kompyuteringizda bo’lmasligi mumkin.
Internet manzillari.
Internet ga ulangan har bir kompyuter o’zining fizik adresiga (IP adresiga) ega bo’lib, bu adres har birining diapozoni noldan 255 (to’rt bayt) gacha bo’lgan, nuqta bilan ajratilgan to’rtta o’nli sondan iborat bo’lishi kerak.

Bu adreslardan foydalanish ancha noqulay bo’lganligi uchun, Internet da har bir fizik adresga ma’noga ega bo’lgan, nuqta bilan ajratilgan simvolik (domenli) adres qo’yish qabul qilingan, masalan:
www.glassnet.ru ftp.elvis.ru
Simvolik adres 2 – 4 so’zdan iborat bo’lib, uning har bir so’zi domen deb ataladi. Adreslarning o’ng tomonidan domen mamlakat yoki tashkilot turini anglatadi. Masalan: UK – Buyuk Britaniya, RU (SU) – Rossiya, DE – Germaniya, COM – bu tijorat tashkilotlari, EDU – o’quv tashkilotlari, GOV – hukumat tashkilotlari va boshqalar.

Keyingi domen provayder uzelning nomini anglatadi, ayrim hollarda uning yoniga shu uzelning tarmoq ostini bildiruvchi domenlar paydo bo’ladi. (Masalan: com, edu, gov, int, mil, net, org).

Eng chapki domen – shu uzelning serverining yoki kompyuterining nomi. YUqorida keltirilgan misollarda www.glassnet.ru bu Rossiya Glassnet uzelining Web – serveri, ftp.elvis.ru - Rossiyaning “Elvis+” uzelining FTP – serveri.
Simvolik adreslarni kompyuterga tushunarli bo’lgan fizik adresga aylantirish uchun Internet da DNS (Domain Name System) nomli maxsus xizmat turi tashkil etilgan. Tarmoq uzelidagi DNS ning maxsus serverlari ma’lumotlar bazasidan simvolik ismlarni chiqarib olib ularni fizik adreslar bilan almashtiradi.
TCP / IP bayonnomasi.
SHunday qilib, tarmoqdagi har bir kompyuter fizik yoki simvolik adres bilan ifodalanilishi mumkin. SHu bilan bog’liq sizda quyidagi savol paydo bo’lishi mumkin: Qanday qilib Rossiyadagi N1 raqamli kompyuter bilan Amerikadagi N2 kompyuteri bilan axborot almashinuvini tashkil etish mumkin?
Ular o’rtasidagi, yani kompyuterlar orasidagi aloqani telefon tarmog’i orqali amalga oshirish osondek tuyuladi. Biroq, bu usulda aloqa tarmog’i shu ikki kompyuterning monopoliyasiga aylanadi (bu kompyuterlarning kommunikatsiyasi deyiladi). SHunisi aniqki, ma’lumotlarni uzatish vaqtida (bu vaqt ancha katta bo’lishi mumkin) kanal boshqalar uchun aniq bo’ladi. SHuning uchun Internetda aloqa qilishning boshqa texnologiyasi paketlar kommutatsiyasi ishlatiladi. Bu texnologiyaning asosiy prinsiplarini quyidagicha tushuntirish mumkin:
TCP bayonnomasi (Transmission Control Protosol – uzatishni boshqaruvchi baennoma). Bu bayonnoma uzatilayotgan ma’lumotni bir necha kompyuterga – paketlarga bo’lib tashlaydi. Har bir paket xizmat ma’lumotiga (ma’lumotni yuboruvchining va qabul qiluvchining adresiga, ma’lumot identifikatori, ma’lumotdagi paketning raqami va hokazo) ega bo’lgan sarlavha bilan ta’minlaniladi.

Paketni manzili bo’yicha etkazish ma’suliyatini IP–bayonnomasi oladi. Elektron paketlarni manziliga etkazish jarayoni oddiy pochtani etkazish jarayoniga o’xshab ketadi. Avval paket provayder uzeliga kelib tushadi (pochta bo’limiga). U erda maxsus dasturlar bo’lib, ular marshrutlashtirish jadvallaridan foydalanib keyingi marshrutni tanlab oladilar. Bunda axborotning turli xil paketlari o’z manziliga Internet ning har xil uzellari va marshrutlari bilan etadi. SHuning uchun ma’lumot taqdiri ma’lum darajada tarmoqning ayrim qismlaridagi buzilishlarga bog’liq emas. Zaruriyat tug’ilganda esa paket aylanma yo’llar orqali manziliga etkazilishi mumkin. Nixoyat, TSR – adresat moduli kelib tushgan paketlarni yig’ib, xizmat ma’lumotlaridan foydalangan xolda ularni dastlabki xolatga birlashtiradi. Yuqorida aytib o’tilgan jarayonlar elektron tezlik (300000 km /c) bilan sodir bo’ladi. Biroq ma’lumotlarni manzilga etkazishi bir necha sekunddan bir nechtagacha cho’zilishi mumkin. Sababi shundaki, kompyuterlarning bir biri bilan almashinuvchi ma’lumot uzunligi bir necha yuz baytdan bir necha megabaytgacha o’zgaradi. Bir paketning uzunligi odatda 1500 baytdan oshmaydi. Bir vaqtning o’zida aloqa kanallari orqali bir biri bilan navbatma – navbat almashib 100 millionlab paket harakat qiladi. Ma’lumotlarni uzatish vaqti esa hamma foydalanuvchilar o’rtasida teng taqsimlanadi. Bir vaqtning o’zida qanchalik ko’p foydalanuvchi tarmoqda ishlasa, ma’lumotlar shunchalik sekin o’z manziliga etkaziladi.
Internet ning asosiy xizmat turlari.
Bu erda biz tarmoqda faoliyat ko’rsatuvchi asosiy xizmat turlariga qisqacha tavsif berib o’tamiz. Keyinchalik tarmoqning eng asosiy xizmat turi bo’lmish xalqaro axborot tarmog’i (WWW) haqida to’xtalib o’tamiz.

Telnet. Bu termin bilan mijozning olisdagi server – kompyuteri bilan aloqasini ta’minlovchi bayonnoma va dasturlar ataladi. Aloqa o’rnatilgandan so’ng, olisdagi kompyuterning operatsion sistemasi muhitiga tushadi va u erda bemalol uning dasturi bilan xuddi o’zining - dasturi bilan ishlaganday ishlayveradi.

FTP. (File Transfer Protokol – fayllarni uzatish bayonnomasi). Olisdagi kompyuterlarning fayllari va dasturlari bilan ishlashni ta’minlovchi dastur va bayonnomalar shu termin bilan ataladi. FTP vositalari serverning fayllari va kataloglarini ko’rib chiqishga hamda bir katalogdan boshqa katalogga o’tishga, nusxa olish va fayllarning Internet Explorer muhitida ishlashini ko’rib chiqamiz.
Gopher. Bu so’z inglizcha so’z bo’lib “kovlamoq” degan ma’noni bildiradi. Gopher – bu FTP ga nisbatan taraqqiy etgan qidirish va axborotlarni chiqarib olish vositalari bilan ta’minlovchi bayonnoma va dasturlari kiradi. Gopher bayonnomalari zamonaviy navigator – dasturlarida qo’llaniladi.
Archie. Internet uzellarida FTP – server tarkibi to’g’risidagi qidirilgan axborotlarni yig’uvchi va saqlovchi maxsus serverlar shunday ataladi. Agar o’zimiz biladigan faylni qidirayotgan bo’lsak u holda mijoz Archie ni ishga tushiramiz va u bizga FTP serverdagi mos adresni ko’rsatadi.
WAIS Wide Area Information Servers – bu tarmoqlardagi ma’lumotlar bazasi va kutubxonalarda axborot qidiruvini amalga oshiruvchi taqsimlangan axborot tizimidir. Xususan, WAIS Internet dagi tuzilishiga keltirilmagan hujjatlarni indekslashtirish va ularda qidiruvchi tashkil etish qo’llaniladi.
E - mail. Bu elektron pochtaning inglizcha belgilanishi bo’lib, u orqali - hamma qit’alarda yashovchi insonlar bir-biri bilan elektron (ma’lumotlar) xabarlar va fayllar bilan almashishadi.
Usenet. Usenet tizimi – telekonferensiyalar, yangiliklar guruhi. Elektron pochtadan farqli ravishda, Usenet mijoz xabarlarini individual adresat bo’yicha emas, balki abonentlar guruhiga (telekonferensiyalarga) yuboradi. SHu konferensiya ishtirokchilari biror bir savolni hal qilishda teng huquqga ega. Har bir konferensiya o’z adresiga ega va biror bir mavzuga tegishli (fanga, madaniyatga, sportga va boshqalar) bo’ladi. SHu bilan birga muhokama qilinadigan savollar turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 10000 dan ortiq telekonferensiyalar Internetda mavjud. Windows 95 boshqaruvi ostidagi telekonferensiyalar bilan ishlash uchun Internet Explorer 6.0 navigatori tarkibiy qismiga kiruvchi Internet News qo’shimchasini ishlatish mumkin.
IRC – Buni telekonferensiyalarning turlaridan biri deb hisoblasa bo’ladi. (Internet Relay Chat). IRC–server va IRC – mijoz yordamida klaviatura orqali jumlalarni terib, foydalanuvchilar bir- birlari bilan “virtual” muloqat olib borishadi.
Internet - telefoniya. Hozirgi paytda tarmoqning yangi turi - Internet – telefoniya tezda rivojlanib bormoqda. Bunda foydalanuvchilar Internet tarmog’i orqali telefonlashishadilar.
WWW- Xalkaro axborot tarmog’i.
World Wide Web – bu Internet dagi gipermatnli axborot – qidiruv tizimi. WWW ma’lumotlar bloki (saxifa) lari WWW – server deb ataluvchi kompyuterlarida joylashgan bo’lib, ular biror- bir tashkilotga yoki kishilarga tegishli bo’lishi mumkin. WWW hujjatlariga o’rgatilgan gipermatnli jo’natmalar yordamida foydalanuvchi bir hujjatdan ikkinchi hujjatga o’tishi mumkin.
WWW asosida, gipermatnli xabarlarni uzatuvchi bayonnoma – HTTP (Hypertext Transfer Protocol) yotadi, sahifalar esa hujjatlarni tasvirlovchi maxsus gipermatnli til – HTML (Hyper Text Maker Language) yordamida shakllanadi.
WWW bilan ishlash uchun, inglizcha browsers (browse” fe’lidan – olingan va ko’rib chiqmoq degan ma’noni anglatadi), ruscha – brauzer, navigator deb ataluvchi maxsus provayderlar ishlatiladi. Endi biz keyingi gaplarda faqat “navigator” deb uni ataymiz. WWW va uning dastur ta’minoti bu tarmoqning qudratli instrumentlari hisoblanadi.
Ular foydalanuvchilarga yuqorida sanab o’tilgan barcha resurslarga kirish imkonini beradi.
Brouzerlar
Brouzer – bu Internet resurslari va ma’lumotlaridan foydalanishni ta’minlovchi dastur bo’lib, uning quyidagi turlari mavjud:

Internet Explorer Opera Mozilla FireFox Google Chrome


Internet Explorer - 1990 yillardan boshlab platformaga o’rnatilib kelgan standart brauzer hisooblanadi. Uning asoschilaridan biri axborot kommunikatsiya sohasida eng muvaffaqiyatli biznes boshlagan multimeliarder Bill Geytsdir. Mashhur moviy rangdagi “e” harfi bilan ifodalanuvchi brauzer aynan uning harakatlari natijasi bo’lib, 1998 yildan 2009 yilgacha Maykrosoft kompaniyasi “Internet Explorer” ni har bir kompyuterga o’rnatilgan Windows operatsion tizimiga Intenetni aks ettiruvchi ramz sifatida kirita boshladi. Brauzerning turlari ko’paygani sari bunday monopoliyaga chek qo’yildi.
Mozilla FireFox – ingliz tilidan tarjimasi “olovrang tulki” ma’nosini bildiruvchi mazkur brauzer, Internet Explorerning jiddiy raqqibi. Brauzer ancha tez ishlaydi, imkoniyatlari ko’proq, hozirgi kunda nisbatan xavfsiz brauzerlardan biridir
Opera- dunyo bo’yicha birinchi o’rindagi brauzerdir. Statistik ma’lumotlarga ko’ra Internetdan foydalanuvchilarning 15-20% Opera hizmatidan foydalanadi, uning uyali aloqa telefonlari va cho’ntak kompyuteri uchun maxsus bo’limlari mavjudligi bois tobora ommalashmoqda. 2009 yilda Operaning 10-turi ishlab chiqildi.
Google Chrome – 2008 paydo bo’lgan brauzer to’rtinchi brauzer bo’ldi. U faoliyat boshlashi bilanoq, “yil dasturi” nomiga sazovor bo’ldi. U o’zining oddiyligi va ishonchli ekani bilan boshqalardan farq qiladi.
Internet va Windows
YUqorida sanab o’tilgan so’zlardan ko’rinib turibdiki, Internet va Windows bir- biridan mustaqil ravishda rivojlanib kelgan. Undan tashqari, hozirgi kunlargacha tarmoqdagi operatsion sistema ham, asosiy server ham Windows emas, balki Unix bo’lib kelgan. Biroq WWW ning paydo bo’lishi bilan, Java texnologiyasi va kommunikatsiyalarning mijozli dastur vositalari Windows ilovalaridan tez to’plana boshlandi. Masalan, navigator FTP-serveri bilan ishlashni osonlashtiradi: sichqoncha tugmasini bosib, bir katalogdan ikkinchi katalogga o’tishimiz mumkin, fayllarni ko’rib chiqish, shaxsiy kompyuterga ma’lumotlarni yozib olish mumkin. SHuning uchun ham Windows va uning kommunikatsion ilovalarini (birinchi navbatda Internet Explorer va Netscape Navigator) Internetning universal “mijozi” deb hisoblash mumkin.

Bunda, ilovalarning qayta ishlash ob’ekti bo’lib, Internet resurslari hisoblanadi: Web sahifalari, FTP kataloglari va fayllari, elektron pochta xabarlari va hokazo.
Internet texnologiyalari tez rivojlanmoqda. 1995 yili Sun Nikrosystem kompaniyasi tomonidan tarmoq simvollarini yaratishga mo’ljallangan, maxsus interpretatsiyalanuvchi Java tilida yozilgan katta bo’lmagan amaliy dasturlar appletlar (applets) yaratildgan.
Bunday dastur Web server sahifalarida saqlanadi va tarmoqning mijoz navigatori tomonidan chiqariladi. Javaning qo’llanilishi tarmoqning multimediya imkoniyatlarini kengaytirdi, tarmoq sub’ektlariga shaxsiy ma’lumot formatlarini (xususan grafiklarni) yaratishga imkon beradi, hatto Internetdagi standartlar va chegaralarga qaramay, shaxsiy bayonnomaga ega bo’lishi mumkin. Java texnologiyalarini rivojlanishi shunga olib keladiki, tarmoq uzellarining resurslari hamma shaxsiy kompyuterlar uchun ochiq bo’ladi.
Lokal va global kompyuter tarmoqlari, tarmoq, Internet, telekonferensiya, telekommunikatsiya, brauzerlar, adreslar, dizayn, veb-saifalar, bayonnomalar, modem.
“Masofaviy ta’lim xaqida umumiy tushunchalar, imkoniyatlari va afzallik tomonlari. Masofaviy ta’lim metod va texnologiyalari”
Masofaviy o’qitish nima? Masofaviy o’qitish an’anaviy o’qitishdan qanday farq qiladi? Masofaviy o’qitishga olimlar tomonidan berilgan bir nechta ta’riflarni ko’rib chiqsak.
M asofaviy o’qitish – o’quv jarayoniga tegishli bo’lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, usul, shakl, o’qitish vositalari va hokazo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga oshiriladigan va interfaollikni ko’zda tutgan o’qituvchi va talabalarning masofadan turib o’zaro aloqa qilishidir.
Demak, masofaviy o’qitishda darsni tushunmaganlarga o’qituvchi alohida tushuntirib o’tirmaydi. Talaba ixtiyoriy vaqtda elektron pochta yoki on-line tartibida o’qituvchi bilan bog’lanishi va unga ixtiyoriy mavzuga oid savol berishi, ixtiyoriy materialni tushuntirib berishni so’rashi mumkin bo’ladi. Masofaviy o’qiyotganda baholash mezoni ancha haqqoniy bo’ladi. CHunki, o’qituvchining talabaga nisbatan shaxsiy simpatiyasi yoki antipatiyasi paydo bo’lmaydi. SHuningdek, masofaviy o’qitish an’anaviy o’qitishgaqaraganda anchagina arzonroqdir. “Masofaviy” talabalar o’quv xonalarini egallamaydilar, partalarga matematik formulalarni o’yib yozmaydilar, kompyuterning sinqonchasi joyida turadi va shu bilan birqatorda, ular ko’p vaqt mustaqil ishlaydilar.
Jahon tajribasi masofaviy o’qitishning bunday uslubiyotida talaba va o’qituvchilarning yakkama-yakka aloqasi boshqa o’qitish shakllariga nisbatan ancha ko’proq va samaraliroq bo’lishini ko’rsatyapti. Misol uchun IBM kompaniyasi menejerlar tayyorlash bo’yicha olti xaftalik kurslarniquyidagi nisbatda tashkil etishmoqda: 75% masofaviy, 25 % an’anaviy tarzda. Tashkil etilgan kurs $24 million pul mablag’ini tejadi, bir kunlik o’qitish harajati uch martaga kamayganligini - $ 400 dan $135 ga tushganini, shu bilan birga o’quv materiallar 5 martaga ko’payganligini e’tirof etish kerak.
N ima uchun respublikamizda MO’ shaklidan foydalanish sekin rivojlanmoqda? Bu quyidagi oltita: psixologik (ta’lim muassasasi rahbariyati va o’qituvchilarning inertligi – eng asosiy muammodan); gnoseologik (MO’ yoki e-o’qitish ta’limni, o’rgatishni sifat jihatidan yaxshilashi yoki o’qitish “ko’rsatkichlarini” sanoq sifatidan
ko’paytirish hech kim tomonidan isbotlamaganligi); uslubiy (turli ta’lim texnologiyalarida MO’ni qo’llash uslubiyotining yo’qligi); ishlab chiqarish (o’qituvchilarning asosiy qismi o’qitilmagan, e-materialni, kursni yaratishni bilmasligi); texnik (texnik baza va internet tezligining kuchsizligi, dasturiy vositalarning mavjud emasligi); huquqiy (me’yoriy, qonuniy, huquqiy hujjatlar bazasining etarli emasligi) kabi asosiy sabablariga ega.
Hozirgi paytda masofaviy o’qitishda qo’yidagi asosiy metodlar keng qo’llanilmoqda:
o’qituvchi va boshqa talabalar bilan minimal ishtirokida («Men-o’zim o’qiyman - o’zini-o’zi o’qitish») ta’lim ashyolari vositalari bilan o’quvchini ta’siri orqali o’qitish metodlari; bitta o’quvchini bitta o’qituvchi yoki bitta o’quvchini boshqa o’quvchi bilan («birga-bir» o’qitish) o’zaro munosabatiga (telefondan, ovozli pochtadan, elektron pochtadan, ikki tomonlama chatdan foydalanish) xos bo’lgan yakkalashtirilgan o’qitish metodlari; asosida o’qituvchi yoki ekspert tomonidan talabalarga o’quv materialni taqdim etish (audio yoki videokassetalarga yozilgan, radio yoki televideniyadan o’qiladigan ma’ruzalarni qo’llash), ularni elektron ma’ruzalarga (maqolalar yoki ulardan sitatalar yig’ish, o’tkaziladigan talabalarning munozaralariga tayyorlanadigan o’quv materiallar bilan), elektron simpoziumlar bilan to’ldirish metodlari; o’quv jarayonining barcha ishtirokchilari orasida (nafaqat o’quvchi va o ’qituvchi orasida, balki talabalarning o’zlarini orasidagi o’zaro interfaol ta’sir) o’zaro faol ta’sir («ko’pchilik ko’pchilikni» o’qitish) xarakteriga ega bo’lgan metodlar.
O’quv jamoaviy munozara va anjumanlar o’tkazish, hamkorlikdagi loyihalarni bajarishlar bilan bog’liq, audio- audiografik va video anjumanlar masofaviy o’qitishda bunday metodlarni faol rivojlanishiga imkoniyat beradi (rasm).
M asofaviy o’qitish vositalari sifatida: qog’ozli va tarmoqli o’quv nashrlar; kompyuterli o’qitish dasturlari, audio va video o’quv-axborotli materiallar; masofaviy laboratoriya amaliyotlari, trenajyorlar, ma’lumotlar va bilimlar omborlari; ekspert o’qitish tizimlari asosida, geoaxborot tizimlari asosida, virtual haqiqiylik asosida va shaxsiy kompyuterlar o’qitish vositalari bo’lib hizmat qilishi mumkin. Masofaviy o’qitishda quyidagi o’qitish vositalari foydalaniladi (rasm, ularning tipologiyasining bir varianti): 1) kitoblar (qog’oz va elektron shaklda); 2) tarmoqli o’quv materiallar; 3) kompyuterli o’qitish tizimlari; 4) audio o’quv-axborot materiallar; 5) video o’quv-axborot materiallar; 6) masofaviy laboratoriya amaliyotlari; 7) trenajerlar; 8) ma’lumotlar va bilimlar omborlari; 9) elektron kutubxonalar; 10) ekspert o’qitish tizimlari asosidagi didaktik materiallar.
Masofaviy o’qitishning asosiy shakllari ma’ruza, seminar, maslahat, amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ishlaridan iborat.
Hozirgi kunda masofaviy o’qitish markazlari, masofaviy o’qitish fakultetlari va masofaviy o’qitish institutlari tashkil etila boshlanmoqda. Ana shunday vaqtda masofaviy o’qitishni tashkil etishda tashkiliy-metodik modellari va ularning sinflaridan hamda YUNESKO institutining 2000 yildagi analitik tadqiqot materiallarida (“Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development”) keltirilgan masofaviy o’qitish modellari (YAgonalik modeli, Ikkilanganlik modeli, Aralash model, Konsorsium, Franchayzing, Validatsiya, Uzoqlashtirilgan auditoriyalar, Loyihalar) dan jahon ta’lim tizimi foydalanib kelmoqda.
Masofaviy o’qitish modellari
Masofaviy o’qitish modellari rasmda keltirilgan.

Yüklə 170,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə