Elektron ta’limni boshqarish tizimlari



Yüklə 170,14 Kb.
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü170,14 Kb.
#158537
1   2   3   4   5   6   7   8
elektron ta\'lim tizimlari

B irlamchi model. Masofaviy o’qitishning bu shaklida kunduzgi bo’limda bevosita mashg’ulot o’tkazish shart emas, barcha o’qitish ma’lum masofada tashkil etiladi. Lekin ta’lim oluvchilar unga birkitilgan o’qituvchilar bilan doimiy aloqada bo’ladilar. Ta’lim oluvchilarga konsultativ yordam va yakuniy imtihon topshirish uchun mahalliy vakillar tashkil etiladi. Bunda o’quv jarayonining shakl va usullari ta’lim oluvchi va talaba tomonidan erkin tanlanadi, o’quv mashg’ulotlari jadvali va o’qitish vaqti chegaralanmaydi. Ko’pchilik ochiq universitetlarda ta’lim o’qitishning birlamchi modeli asosida qurilgan, masalan, Buyuk Britaniya ochiq universitetida masofaviy o’qitishning ushbu modelidan foydalaniladi (http://www.open.ac.uk).

Masofaviy o’qitish modellari strukturasi
Ikkilamchi model. Ta’lim muassasasida o’qish ham kunduzgi ta’limda, va qisman masofaviy ta’limda olib boriladi. Har ikkalasida dars jadvali va o’qitish dasturi bir xil.
Ta’lim oluvchilar uchun nazorat bir xil kriteriya asosida baholanadi. Ta’lim muassasasida qo’llaniladigan masofaviy o’qitishning bu ikkilamchi modeli hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi, chunonchi o’qitishning asosiy qismi ta’lim oluvchilar tomonidan qoplanadi. Masalan, ikkilamchi modeldan Avstraliyaning universitetlarida foydalanib kelinmoqda (http://www.une.edu.au).
A palash model. Bu model masofaviy o’qitishning turli shakllarini qamrab oladi, to’g’rirog’i turli masalalar integratsiyasi, masalan, ta’lim oluvchilar o’quv materialining ma’lum bir qismini masofaviy o’qitish bilan ketma-ket, boshqaqismini parallel ravishda kunduzgi bevosita o’qitish orqali oladilar. Ayrim mashg’ulotlar virtual seminarlar, namoyish (prezentatsiya), ma’ruza shaklida olib boriladi. Ta’lim muassasasiqanchalik axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan bo’lsa, o’qitish shakllari turli-tuman ko’rinishda tashkil etilishi mumkin. O’qitishning bu integratsiya shakllaridan Massey va YAngi Zelandiya universitetlarida foydalanilmoqda (http://massey.as.nz).

Yüklə 170,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə