Elektron ta’limni boshqarish tizimlari



Yüklə 170,14 Kb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü170,14 Kb.
#158537
1   2   3   4   5   6   7   8
elektron ta\'lim tizimlari

Konsorsium.Ushbu model ikkita ta’lim muassasasining o’zaro aloqasida olib boriladi, ya’ni o’quv materiallarini ishlab chiqarish va ularni masofaviy o’qitishda ayrim funksiyalarni o’zaro bo’lib olishga asoslanadi. Birinchi muassasa masofaviy o’qitish uchun o’quv materiallarini ishlab chiqish bilan shug’ullansa, ikkinchi muassasa virtual o’quv guruhlarini o’qitish vositalari yoki masofaviy o’qitish dasturi ijrosini ta’minlaydi. O’zaro aloqada, ishlovchi bu muassasalar universitet, yohud ta’lim bilan shug’ullanuvchi markazlar, fakultetlar va hatto tadbirkorlik va davlat tashkilotlari ham bo’lishi mumkin.
Konsorsiumqat’iy markaziy boshqarish, xususiy mulk va mualliflik huquqi belgilangan tarzda ta’minlangan holda samarali natija beradi.
O’qitishning bu modelidan masalan, Kanadada ochiq O’quv agentligida foydalanib kelinmoqda (http://www.ola.bs.ca).
Franchayzing. Masofaviy o’qitishning franchayzing tamoyiliga asoslangan bu modelda muloqotdagi ta’lim muassasalari o’zaro o’zlari yaratgan masofaviy kurslarni almashadilar. Ta’lim xizmati bozorida yaxshi deb topilgan mahsulot egasi bo’lgan ta’lim muassasasi boshqa ta’lim muassasalariga yaratgan o’quv kurslarini beradi, yoxud masofaviy o’qitish orqali mashg’ulotlar olib boriladi. Ushbu modelning xarakterli jihati shundaki, ma’lum bir ta’lim muassasasida o’qish niyati bo’lgan talaba etuk oliy muassasaning konsorsiumi orqali o’sha hajmda, lekin yuqori sifatli bilim va o’qish nihoyasida diplom olish imkoniga ega bo’ladi.
Franchayzing modeli asosida o’qish tashkil etilgan ta’lim mussasalariga ochiq universitet - Biznes oliy ta’lim muassasasi va ular bilan muloqotda bo’lgan SHarqiy Evropa universitetlarini keltirish mumkin.
Validatsiya. Masofaviy o’qitishning bu modeli keng tarqalgan o’qitish shakllaridan hisoblanadi. Muloqotda bo’lgan barcha ta’lim muassasalari o’zaro teng darajada masofaviy o’qitish bo’yicha bitim tuzadilar. Ular birgalikda masofaviy o’qitish dasturi va kursini yaratadilar, beriladigan diplom va sertifikatlar bir xil darajada tan olinadi.

Yüklə 170,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə