Elektron ta’limni boshqarish tizimlari



Yüklə 170,14 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü170,14 Kb.
#158537
1   2   3   4   5   6   7   8
elektron ta\'lim tizimlari

Yiroqlashgan auditoriya. Ushbu modelda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari keng qo’llaniladi. Ma’lum bir ta’lim muassasasida tashkil etilgan o’quv kurslari, ma’ruza va seminarlar sinxron teleko’rsatuv, videokonferensiya, radioaloqa tarzida telekommunikatsiya kanallariorqali talabalar yig’ilgan yiroqdagi auditoriyalarga namoyishqilinadi. Bu vaziyatda o’qituvchi talabalar yig’ilgan yirik auditoriya bilan ishlaydi.
Masofaviy o’qitishning bu modelidanAqSHning Viskonsin universiteti, xuddi shuningdek, Xitoyning Markaziy radio va televidenie universitetida foydalanib kelinmoqda.
Masofaviy o’qitishning ushbu modelidan davlat ahamiyatiga molik yirik masshtabli loyihalarni joriy qilishda foydalaniladi. Ushbu modelda asosiy rol o’quv materiallarini yaratgan malakali kadrlar, o’qituvchilar, olimlar yig’ilgan ilmiy-metodik markazga beriladi. Markazda yaratilgan masofaviy kurslar u yoki bu mamlakatning katta auditoriyasiga namoyishqilinadi. Unda o’qitish mavsumiy bo’lib, o’z maqsadiga erishilgandagina tugatiladi. Masofaviy o’qitishning bu kursiga misolqilib ekologiya, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan yangi agrotexnik usullar bilan tanishtirishga oid kurslarni keltirish mumkin. Masofaviy o’qitishning loyihalash modelidan Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tashkilotlarida keng foydalanilmoqda.
jadval. An’anaviy ta’lim va zamonaviy axborot texnologiyalarga asoslangan ta’limning imkoniyatlari.

An’anaviy ta’lim

Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim

Nashr materiallari

Nashr materiallari

Audio va video materiallar

Kompyuter o’rgatuvchi dasturlar

Elektron jurnallar




Interfaol ma’lumotlar bazasi




Kompyuter tarmoqlari orqali uzatiladigan boshqa o’quv materiallar




H ozirgi paytda masofaviy o’qitish kurslarining birnechta texnologiyalari mavjud. Ularga kompleks “keystexnologiyalar”, korrespondentlik ta’limi, televizion va sun’iy yo’ldosh kanallari, mobil texnologiya, kompyuterli tarmoqtexnologiyalari misol bo’la oladi.
Texnologiyalariasosida masofaviy o’qitish kurslarini
tashkil etilishi tinglovchilarga kompleks o’quv-uslubiy materiallarni etkazib berish bilan birga, o’quv jarayonini boshqarishga, shuningdek tyutorlar hamda tinglovchilar orasida seminarlarni, konsultatsiyalarni o’tkazish, hamda tinglovchilar bilimini nazorat etishning monitoringini tashkil etish imkonini beradi. Masofaviy o’qitish kurslarini tashkil etishda o’quv jarayonini rejalashtirilishiga alohida e’tiborniqaratish lozim.
Masofaviy o’qitish tizimida foydalanilayotgan harqanday texnika yoki texnologiya, uqanchalik zamonaviy bo’lmasin, etarli darajada tayyorlangan o’quv materiallarisiz o’quv jarayonining effektivligiga ta’sir ko’rsata olmaydi. SHu sababli samarali o’quv jarayonini tashkilqilishda zamonaviy texnika va texnologiyani ishlatish bilan birqatorda mazmunli, har tomonlamaqulay, grafika, multimedia va interaktivlik xususiyatlariga ega bo’lgan elektron darsliklarni ham ishlab chiqish zarur.
Avvalo darslik - davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, uslubiyoti va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol/oyasi singdirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirilishigaqaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta’kidlaymiz.
Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubiniqo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:

  • o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;

  • o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;

  • multimediaqo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o’lchamli grafik

ko’rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;

  • taktil (hisqilinuvchi, seziladigan) hususiyatli, o’quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

H ozirgi kunda ta’lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta’lim etarlicha yo’lgaqo’yilgan deyishqiyinroq. Elektron darslik yaratish borasida anchagina ishlarqilinayotgan bo’linsada, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo’lishdek ochiq tizimlar mavjud emas.
Masofaviy o’qitish orqali elektron darsliklardan foydalanish, kompyuter vositasi yordamida talabalar berilgan topshiriqlarni bajarishga erishish, ularning bilim darajalarini aniqlash muhim hisoblanadi. Unda talaba ma’lum ta’lim portali orqali o’zining login va parolini kiritib, kurslar bo’yicha ta’lim oladi. Ya’ni, ma’ruza matnlari o’qishi, topshiriqlar, test, savol-javob va boshqasini bajarishi evaziga, ma’lum ballarni to’playdi. Elektron darslik va video kurslar dars yoki darsdan tashqari mustaqil ta’lim olishdaqo’llanilishi mumkin.
Odatda, elektron darsliklar va video kurslardan lokal tarmoqda kompyuterning o’zidayoq internetga ulanmasdanqo’llaniladi. Masofaviy o’qitishda esa, aksariyat hollarda, Internet tarmog’iga ulanish va ko’rsatilgan saytda ro’yxatdan o’tish zarur bo’ladi. Tahlillarga ko’ra AqSH, Evropa, Osiyo davlatlarining ta’lim tizimida elektron darsliklardan foydalanib asosan talabalarni tarmoq texnologiyasi asosida o’qitib kelishmoqda.
Elektron darsliklar yaratish juda murakkab va qiyin ishdir. Ta’lim texnologiyasi markazida talaba, texnologiya mazmunida – talabalar tomonidan mustaqil ravishda ta’lim olishqobiliyatini rivojlantirish, o’quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi. Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o’quv materialni bayon etish, amaliy mashg’ulotlar bajarish va teskari aloqa (talabalar tomonidan bilimlarni o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash jarayoni) e’tiborga olinishi kerak.
Har bir elektron darslik alohida ko’rinishda bo’lishi va ma’lum standart talabga javob berishi lozim. Ta’lim tizimida zamonaviy informatsion texnologiyalarningqo’llanilish yo’nalishlaridan biri yuqori darajadagi samarali va sifatli multimediali elektron darsliklarni ishlab chiqishdan iborat. Elektron darslikningqo’llanilish sohasi keng bo’lib, ayniqsa mustaqil ta’lim olish va masofaviy o’qitish jarayonida samarali natijalar beradi.
Oddiy o’quvqo’llanmalar hali ancha vaqtgacha talabalarni o’quvquroli bo’lib xizmatqiladi. Ekranga qaraganda bosmadan chiqqan matnni o’qish albatta oson va qulay. SHuning uchun ham elektron darslik yaratilayotganda, bu o’quv qo’llanma oddiysidan qanday afzalliklari bor degan savolga javob berishga tug’ri keladi. SHundan so’ngina agar qulayliklari bo’lsagina elektron darslik yaratishga kirishishimiz mumkin. Elektron darslik ko’pincha oddiy qo’llanmani to’ldiradi hamda juda ko’p afzalliklariga ega ekanligi xammamizga ma’lum.
Elektron darslikning yaratilishini oddiy kitobga o’xshash, ya’ni bet ketidan bet chiqadigan qilib yaratish ham mumkin. Elektron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq qo’llanish kerak, chunki ular ham darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi.
Elektron darsliklar yaratishda matnning hajmi ham katta ahamiyatga ega va undagi shriftlarni hajmi va giperssыlkalarning soni ham o’ziga yarasha ahamiyatlidir.
Yaxshi elektron darslik ma’ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg’ulotlarida repititor, mustaqil ta’lim olishga vosita, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobanida uslubiy yordamchi, talabalar tomonidan bilimlarni o’zlashtirishini nazoratchisi, amaliy mashg’ulotlar uchun masala va mashqlar bilan ta’minlovchidir. Lekin, elektron darslikda yuqori sanalgan imkoniyatlarni mujassamlanishi uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda o’rganilayotgan fan hususiyatini inobatga oluvchi murakkab uslubiy ishlanmalarning bo’lishi talaba etiladi.


Rasm. Moodle Namoyishli sayt
Moodle —kurslarni boshqarish tizimidir (electron ta’limni tashkil etuvchi) o’quv platformasi, yana bu tizim ta’limni boshqaruvchi tizim va virtual o’qituvchi muhit sifatida mashurdir. Bu tizizm nomi ingliz so’zlarining qisqartmasidan amalga oshirilgan Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment (modulli obektga – yanaltirilgan dinamik o’rgatuvchi muhit). (lisensiya asosida tarqatiluvchi GNU GPL) lisenziyasiga asosan web-ilova ko’rinishid abo’lib, web—o’qitish uchun saytlarni yaratish imkoniyatini beradi.
1.§. TIZIMDAN FOYDALANISH.
Masofaviy ta’li tizimlarini tah lil qilamiz:
Moodle
LMS Moodle — modulli ob’ektga-yonaltiruvchi dinamik o’rgatuvchi muhitAvstraliyada yaratilgan. Bu tizim ustida 10 yildan buyon Avstraliyada ishlovchilar guruhi ehnat qilib kelmoqda. Moodle tizimi ustida 10 yil bo’lganki, ishlab chiquvchilarning guruhi ishlab kelmoqda, Moodle fondi boshchiligida Moodle doimo rivojlanib boradi, Moodle tizimi doimiy rivojlanadi, ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro tajribasi yangi instrumentlar bilan to’ldirilishini ta’minlab beradi. Kurs juda ko’p ta’li elementlarini tashkil etilishini ta’minlaydi, shuning uchun moduldagi kurslar-bu faqat ma’ruza va topshiriqlarning to’plami emas, balki tizimli va modulli o’qitish uslubiyotiga asoslangan puhta o’ylangan tizimdir. Moodle — bu glossariylarni o’z ichiga oluvchi, bir birini to’ldiruvchi elementlardan iborat o’quv platformasigina emas, balki biror fan buyicha standart ma’ruzalar, topshiriqlar, testlar va glossariy elemenlarini oluvchi to’liq bir tizimidir. Ta’lim platformasining elementlari o’zining tarkibi va vazifasi buyicha to’liq farq qilishadi. Moodleda – glossariy, viki, forumlar, praktikumlar qo’llaniladi, bu esa ta’lim jarayonini rang – barang qilishga qodirdir. Stoit otmetit xorosho razvituyu sistemu kommunikatsiy Moodlening yahshi kommunikatsiyalar tizimini ta’qidlamoq kerak. Forumda esa guruhlar buyicha javoblarni tahlil qilish, ixtiyoriy formatdagi fayllarni qushish mumkin. Shahsiy izoh va ma’lumotlarda o’qituvchi bilan shahsan muammoni hal qilmoq mumkin. Chatda muhokama real vaqtda amalga oshiriladi. Resurslar soni etarli bo’lmasada, Moodle ochiq kodlarda tarqaladi, bu esa uni har bir ta’lim loyihasi sifatida ko’satishga yordam beradi:

  • Boshqa axborot tizimlari bilan integrallashgani;

  • Yordamchi funksiya va hisobotlarning yangi srvislari bilan to’ldirish;  Tayyor va aynan yangi modullarni ishlab chiqish.

Sistema Moodle tizimi talabalarning o’zlashtirishini nazorat qilish uchun ham qo’llaniladi. Moodle har bir talabaning o’quv portfolio-sini saqlab bera oladi. Talabaning har bir javobi, o’qituvchisiga yuborgan ma’lumotlari va forumdagi ishtiroki axborotlarini saqlay oladi. Bu tizim talabalarning faolligini, tarmoqda o’qishini ta’minlab beradi. natijada o’qituvchi vaqtini samarali sarf etadi. O’qituvchi statistikani o’quvchilarga qarab yig’ib ololaydi, ma’ruzalarning o’qilishidan, ishlangan topshiriqlar va testlar buyicha talabalarning o’zlashtirishini nazorat qila oladi. Mavzuni talaba qanday tahlil qilgani buyicha kkeyingmavzuni berish mumkinligini o’qituvchi bajarilgan topshiriqlar buyicha bilib oladi.
Moodle TMO'ning eng asosiy yutuqlaridan biri-uning dunyo buyicha taniqliligidadir. Bu tizim 60ga yaqin instalyasiyalariga ega, 100dan ortiq mamlakatlarda foydalaniladi va bu malkatlarning tiliga tarima qilingan. Moodle tizimida hozirda yangi bo’lib kirib kelgan Ommaviy Nashkil etilgan On-line kurslari Tizimini tashkil qilish sohasini rivojlantirish mumkin. O’zbekistonda ham bu tizim prof., f.m.f.d. A. Nishonovning rahbarligida o’zbek tiliga tarjima qillingan.
Samarqand, Toshkent medisina institutlarida bu tizim yordamida o’quv uslubiy majmualar fanlar buyicha kiritilib, ularni masofaviy o’qitish bir necha yillardan buyon ijobiy amalga oshirilmoqda. Bu sohada Toshkent Axborotlar texnologiyalari universiteti ham ancha yillik tajribaga ega. Bu universitetda an’anaviy ta’lim bilan birgalikda distension(masofaviy) ta’lim ham tug’ri yo’lga quyilgan. Barcha fanlardan o’quv uslubiy majmualar Moodlega joylashtirilgan, har biriga doir ma’ruza matni, glossariy, topshiriqlar, testlar quyilgan. Talabalar bu tizimga kirib, ro’yhatdan o’tishadi va ma’ruzalarni o’qib, bosqichma-bosqich o’zlashtirishadi. Topshiriqlarni bajarashadi, testlarni ishlashadi va ballar olishadi. Talabalarning bajargan ishlari buyicha ballarni jadvaldan nazorat qilish mumkin. Bu tizimdan Namanagan Davlat Universiteti yakuniy nazorat ishlarini olishda foydalanib kelmoqda, bu esa yakuniy nazoratning haqqoniyligi darajasini ko’tarishga o’z hissasini qo’shdi. Rossiyaning ko’pchilik o’quv yurtlarida ham bu tizimdan foydalanib kelinmoqda, maslan, L.I. Asadullina ishlarida ham “ana’naviy o’qitishni masofaviy o’qitish bilan kombinatsiya” qilingan shaklda qo’llaniladi. L.I. Asadulina o’zining “Aralash ta’limda o’qituvchining kompetentligi” mavzusidagi ishida bu haqida quyidagicha yozadi: «Ilmiy Teksiruv Tomsk Politexnika Universitetida LMS Moodle tizimida o’qituvchilar o’z fanlariga oid mualliflik electron kurslarini ishlab chiqihadi va talabalar ularni o’rganib, o’qigan materiallari yuzasidan o’zlarining bilim saviyalarini aniqlashlari mumkin.

  1. Yüklə 170,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə