S t a t I s t I k a



Yüklə 8,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/224
tarix19.12.2023
ölçüsü8,69 Mb.
#152907
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   224
Shadiyev Xamid Azimovich- Statistika- Darslik

O', 
« 
X j 
9
 
X j (eta Ion)
4. Z, = xy (m ax); 5. 
Zi]
= ___Xy_______
^y(m ax) 
^ j (
min)
d) barcha juft obyektlar orasidagi masofani aniqlash 
(d..)
va dastlabki 
matritsalar masofasini tuzish 
(D0).
Kuzatish obyektlari o‘rtasidagi 
masofani hisoblash uchun bir qancha metriklar (z^-norma; Minkovskiy; 
Evklidovo masofa; Maxalanobis) mavjud. Ularning qaysi birini qo‘llash 
tekshiruvchining xohishiga bogiiq.
e) klaster-tahlilning aniq protsedurasi tanlanadi va matritsa 
(Dg)
m a’lumotlari bo‘yicha birin-ketinlik bilan bir turli guruhlar ajratiladi. 
Eslatib o‘tmoqchimiz, hozirgi kunda klasterlashni 200 dan ortiq turli xil 
protseduralari mavjud. Ularni quyidagi 6 ta guruhga bo‘lish mumkin: 
ierarxik klaster-tahlil; guruhlashning iterativ metodlari; zichlikning mo­
del qiymatini izlash metodlari; omiliy metodlar; quyuqlashishni izlash 
metodlari; graflar nazariyasini qo‘llovchi metodlar.
Yuqorida keltirilgan qadamlar faqat miqdoriy o‘lchovga ega bo‘lgan 
belgilar tahlil qilingan paytda qo‘llaniladi. Agarda tahlilda tartibli (ranglar) 
va boshqa sifat ko‘rsatkichlar qatnashsa, keltirilgan algoritmdan oldin 
nomiqdoriy ma’lumotlarni oqifrovkalash bosqichlari birma-bir bajariladi.
3.3. Statistik jadvallar
Siz statistikani o‘rganishni boshlamasdan oldin ham jadval so‘zini 
eshitgansiz, ya’ni ko‘paytirish jadvali (xalq ichida karra jadval deyiladi), 
logarifmik jadval, tasodifiy sonlar jadvali va h. k. Bu paragrafda gap 
statistika jadvallari ustida boradi. Ularni statistikaning televizorlari desak 
xato boim asa kerak, chunki har qanday statistik tekshirishning eng 
asosiy natijalari statistika jadvallari orqali ifodalanadi.
50


Statistika jadvallari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularni birinchi 
bo‘lib buyuk rus olimi N.K. Kirilov o‘zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti 
“Butun Rossiya davlatini gullash darajasi” (1727-y.) asarida qo'llagan. 
Ayrim manbalarda statistik jadvallaming yaratuvchisi deb Anxsersen 
(Daniya) qayd etiladi. Lekin, uning asari 1747-yilda chop etilgan. 
Shunday qilib, statistik jadvallar XVIII asrda paydo bo‘lgan.
Statistik jadvallar deb o'rganilayotgan hodisa va voqealar to'g'risidagi 
m a’lumotlami tartibli, ko‘rgazmali ifodalashga aytiladi.
Tashqi ko‘rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlaming 
kesishmasidan iborat bo'lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar 
qatorlar, vertikallari esa - ustunlar deyiladi.
Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to ‘ldirilmagan jadval, statistik jad- 
valning maketi deyiladi (3.1-sxema).
Statistik jadvallar o‘z egasi va kesimiga ega bo‘ladi. Jadvalda gap nima 
ustida borayotgan bo‘lsa, o‘sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar esa, jadvalning kesimi deyiladi. Odatda ega jad­
valning chap tomonida, ya’ni yotiq qatorlarda, kesim esa, jadvalning o‘ng 
tomonida, ya’ni ustunlarda joylashtiriladi. Tekshirish maqsadi va mavjud 
ma’lumotlarning xarakteriga qarab buning teskarisi ham bo‘lishi mumkin, 
ya’ni ega o‘ng tomonda, kesim esa, chap tomonda joylashtiriladi.
Har qanday tuzilgan va to‘ldirilgan jadval umumiy nomga ega bo‘lishi 
kerak. Jadvalning umumiy nomi uning ustida keltirilib, uning mazmunini 
o‘zida ifoda etishi kerak. Jadvaldagi qatorlar va ustunlar ham nomlanadi 
va iloji boricha raqamlanadi.
Statistik jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy, guruhiy (gmppali); 
kombinatsion jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab 
chiqilgan, kesim kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi 
bo'yicha: informatsiya tavsifli, analitik, tipologik, maxsus tayinlangan 
(balans, matritsa va h. k.) jadvallarga bo'linadi (3.2-sxema).
Oddiy jadvallar deb egasi faqat hodisalar, yillar, obyektlar ro‘yxatidan 
tashkil topgan jadvallarga aytiladi.
Oddiy jadvallar, ma’lumotlarni berilishiga qarab sanoqli, territorial va 
xronologik jadvallarga bo'linadi. Jadval egasida hodisalar sanog‘i beri- 
lishi mumkin.
51


Barcha qatoriarning m azm u- 
nini ochib beruvchi ichki 
sarlavha
Jadval m azm unini, hodisani jo y i 
va vaqtini lo 'n d a itoda etuvchi 
sarlavha

Yüklə 8,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə