|
S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2) Nazorat savollari.
1.
Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasining sistematikasi.
2.
Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasiga xos belgilarni ayting?
3.
Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasi vakillari va ular qayerlarda uchraydi?
4.
Dala qirqbo‘g‘imi qayerlarda uchraydi?
5.
Pufakdor turkumiga misol keltiring ?
6.
Sershox qirqbo‘g‘im qayerlarda uchraydi va qaysi oyda spora hosil qiladi?
7.
Sershox qirqbo‘g‘imni dorivorlik xususiyati?
8.
Qirqquloq turkumiga qaysi turlar kiradi?
9.
Qirqquloqdoshlar oilasining sistematikasi
4-mavzu. Qizilchadoshlar (Ephedraceae),Qarag‘aydoshlar (Pinaceae) va
Sarvdoshlar(Cupresaceae) oilasi
Efedradoshlar - Ephedraceae
oilasi vakillari Yevropa va Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. Bu
oila vakillari urug‘ining maxsus qobiqqa-pardaga o‘ralganligi bilan farq qiladi. Bu oilaning
bitta efedra turkumi bor. Efedralar buta o‘simliklardir, bo‘yi 3-4 metrgacha yetadi, sershox
shoxlari qo‘ng‘ir rangda, novdalari bo‘g‘imli, yashil, mayda bargli, barglari 3-4 tadan bo‘lib,
qarama-qarshi, halqa shaklida joylashib, bir-biri bilan qo‘shilib o‘sadi. Ko‘pincha ular juda
qisqarib, qinga o‘xshab qoladi. Efedralar bir uyli yoki ikki uyli o‘simlik. Changchi qubbalari
kichik boshoq shaklida, yashil novdalaridagi tangacha barglar qo‘ltigida 3-4 tadan bo‘lib
joylashadi. Urug‘i 2- 4 qirrali, qizil yoki sariq rangda, ikkinchi yili yetiladi. Efedra turkumining
42 ta turi bo‘lib, shulardan 23 tasi MDH uchraydi. Ularning 13 tasi Qozog‘istonda va Markaziy
Osiyo respublikalarida tarqalgan
Sistematikasi
Bo‘lim.
Qarag‘aytoifa (Ochiq urug‘li) o‘simliklar (Pynophyta yoki Gymnospermae)-
Голосеменные
Ajdod (sinf).
Qizilchasimonlar yoki gnetsimonlar (Gnetopsida) -Гнетовые
Qabila.
Qizilchanamolar (Ephedrales) - Эфедровые
Dostları ilə paylaş: |
|
|