S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Nazorat savollari. 
1.
Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasining sistematikasi. 
2.
Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasiga xos belgilarni ayting? 
3.
Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasi vakillari va ular qayerlarda uchraydi? 
4.
Dala qirqbo‘g‘imi qayerlarda uchraydi? 
5.
Pufakdor turkumiga misol keltiring ? 
6.
Sershox qirqbo‘g‘im qayerlarda uchraydi va qaysi oyda spora hosil qiladi? 
7.
Sershox qirqbo‘g‘imni dorivorlik xususiyati? 
8.
Qirqquloq turkumiga qaysi turlar kiradi? 
9.
Qirqquloqdoshlar oilasining sistematikasi 
4-mavzu. Qizilchadoshlar (Ephedraceae),Qarag‘aydoshlar (Pinaceae) va 
Sarvdoshlar(Cupresaceae) oilasi 
Efedradoshlar - Ephedraceae 
oilasi vakillari Yevropa va Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. Bu 
oila vakillari urug‘ining maxsus qobiqqa-pardaga o‘ralganligi bilan farq qiladi. Bu oilaning 
bitta efedra turkumi bor. Efedralar buta o‘simliklardir, bo‘yi 3-4 metrgacha yetadi, sershox 
shoxlari qo‘ng‘ir rangda, novdalari bo‘g‘imli, yashil, mayda bargli, barglari 3-4 tadan bo‘lib, 
qarama-qarshi, halqa shaklida joylashib, bir-biri bilan qo‘shilib o‘sadi. Ko‘pincha ular juda 
qisqarib, qinga o‘xshab qoladi. Efedralar bir uyli yoki ikki uyli o‘simlik. Changchi qubbalari 
kichik boshoq shaklida, yashil novdalaridagi tangacha barglar qo‘ltigida 3-4 tadan bo‘lib 
joylashadi. Urug‘i 2- 4 qirrali, qizil yoki sariq rangda, ikkinchi yili yetiladi. Efedra turkumining 
42 ta turi bo‘lib, shulardan 23 tasi MDH uchraydi. Ularning 13 tasi Qozog‘istonda va Markaziy 
Osiyo respublikalarida tarqalgan
 
Sistematikasi 
Bo‘lim. 
Qarag‘aytoifa (Ochiq urug‘li) o‘simliklar (Pynophyta yoki Gymnospermae)-
Голосеменные 
Ajdod (sinf). 
Qizilchasimonlar yoki gnetsimonlar (Gnetopsida) -Гнетовые 
Qabila. 
Qizilchanamolar (Ephedrales) - Эфедровые

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə