S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 Dorivorlik xususiyati
: Xalq tabobatida bu qirqquloqning ildizpoyalaridan tayyorlangan 
qaynatmasi toksik antigelmintik vosita sifatida ishlatiladi. Epilepsiya bilan og‘rigan bolalarda 
o‘tkir simptomlarni davolashda damlama vannalari va bir vaqtning o‘zida 10% li damlamani 
iste’mol qilish markaziy asab tizimini tinchlantirish vositasi sifatida ishlatilgan. Xuddi shu 
qaynatma (5-10%) sini ichish oshqozon-ichak traktining buzilishi, spirtli damlamasi-
bachadon, gemorroyoidal qon ketish va boshqa shunga o‘xshash holatlarda kasallikni bartaraf 
qilishda ishlatiladi. Ba’zida yangi (kamroq quritilgan) barglarning suvli infuzioni, surunkali 
bronxit, shuningdek, migren (bosh og‘rig‘idA. kasalliklarida tavsiya etiladi. 
Athyrium filix-
femina 
turidan 
Tibet tibbiyotida metabolik kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni 
davolashda keng qo‘llaniladi
Turkum. 
Pufakdor (Cystopteris Bernh.) - Пузырник 
Tur

Cystopteris fragilis (L.) Bernh., 1805
. Bu tur ko‘p yillik o‘simlik. O‘simlik uzunligi 10-
25 sm balandlikdagi ildizpoyali polikarpik o‘simlik hisoblanadi. Tur asosan Rossiyada G‘arbiy 
va Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Shimoliy Kavkaz, Volgograd viloyatining ko‘plab hududlari, 
G‘arbiy Kavkaz Yevropa, Osiyo (Shimoliy, Janubi-G‘arbiy (Turkiya, Eron), O‘rta, Markaziy, 
Sharqiy, Janubi-Sharqiy, Janubiy), Shimoliy Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya, Kavkaz 
hududlarida o‘sadi. Yoz va qish fasllarida yashil tusda bo‘ladi. Iyul-avgust oylarida spora hosil 
qiladi. Ko‘payishi vegetativ va sporalar hosil qilish bilan. Bu o‘simlik tarkibida fenollar va 
ularning hosilalari yer osti qismidan topilgan.


16 
Dorivorlik xususiyati
: ichak kasalliklari uchun, balg‘amni ko‘chiruvchi, isitmani tushiruvchi, 
ko‘krak qafasi a’zolari kasalliklarida davolashda ishlatiladi. Barglaridan bronxial astma 
kasalliklarini davolashda foydalaniladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə