S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 
Oila. 
Qizilchadoshlar (Ephedraceae Dumort.) - Эфедровые
Turkum. 
Qizilcha (Ephedra L.) - Эфедра, Хвойник 
3
Tur. Qizilcha (Ephedra strobilacea Bge.) 
buta o‘simlik , bo‘yi 2 m, diametri 8-10 sm keladi. 
Qubbasi quruq mevaga o‘xshab tuzilgan, o‘rama barglari qanotcha sifatida meaning atrofga 
3
O‘. P. Pratov, M. M. Nabiyev O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi., „
O'qituvchi” nashriyot- 
matbaa ijodiy uyi Toshkent 
- 2007 


17 
tarqalishiga yordam beradi. Barglari reduksiyalashgan, assimilatsiya funksiyalarini yosh 
novdalari bajaradi. Yozgi jaziramalarni boshlanishi tufayli, bahorgi yosh shoxchalarini tashlab 
yuboradi, o‘suvchi novdalarning o‘sishi ham to‘xtaydi. Gullari ikki uyli, gullari mayda (6-7 
mm) dumaloq-tuxumsimon shaklda. Mevalari sharsimon, rezavor mevaga o‘xshash diametri 6-
7 mm. Uning
 
yashil yosh novdalarida efedrin alkaloidi bo‘lib, u tibbiyotda qo‘llaniladi. Undan 
yonilg‘i sifatida foydalaniladi. Asosan Qizilqum va Qoraqum cho‘llarida keng tarqalgan. 
Ephedra- strobilacea Bge
 Dorivorlik xususiyati:
bronxial astma, gipotenziya, o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni 
davolashda qo‘llaniladi
 Tur. Ikkiboshoqli efedra (Ephedra distachya L)
qisqa poyali buta o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 10-
25 sm gacha yetadi. Novdasi yashil rangda, barglari qisqargan, tangachasimon changchi 
kuchalasi anerofora degan alohida bandchada rivojlanadi. Barglari kuchli reduksiyalashgan. U 
asosan qumlarda, qumli substratlarda, dasht va sahro mintaqalarda keng tarqalgan. Bu efedra 
Markaziy Osiyoda, Shimoliy Qozog‘istonning qariyb hamma qismida, Sibirda, Kavkazda, 
Rossiyaning Yevropa qismining janubida va G‘arbiy Yevropada tarqalgan. O‘zbekistonning 
Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo kabi 
viloyatlarining tog‘li shag‘al va tosh yonbag‘irlarda, Qoraqalpog‘istondagi mayda tuproqli va 
shag‘alli joylarda o‘sadi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə