S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Ajdod (sinf). 
Qirqquloqsimonlar (Polypodiopsida). - Полиподиевые 
Ajdodcha (sinfcha). 
Qirqquloqkabilar (Polypodiidae) - Полиподиевые 
Qabila. 
Qirqquloqnamolar yoki siateyanamolar (Cyatheales) - Циатейные 
Oila. 
Qirqquloqdoshlar (Athyriaceae Alst.) - Кочедыжни-ковые 
Turkum. 
Atirium, qirqquloq (Athyrium Roth.) - Кочедыжник 
2
Tur. Athyrium filix-femina. 
Shimoliy yarim 
sharda juda keng tarqalgan. Uning katta, nozik, 
uch tukli barglari shimoliy o‘rmonda tropik o‘simlik sifatida yorqin dekorativ ko‘rinish beradi. 
2
O‘. P. Pratov, M. M. Nabiyev O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi., „
O'qituvchi” nashriyot- 
matbaa ijodiy uyi Toshkent 
- 2007 


15 
Mo‘tadil va shimoliy iqlim zonasining eng chiroyli va keng tarqalgan o‘rmon o‘simliklaridan 
biridir. U ingichka ko‘rinmaydigan, qalin va qisqa sudraluvchi ildizpoyaga ega, ular ingichka 
qora-jigarrang zich qoplangan. Ildizlari qalin, qora va zich, kosmopolit o‘simlik hisoblanadi. Bu 
o‘simlik, asosan, Yevroosiyoda va Shimoliy Amerikaning o‘rmonlarida topish mumkin.. 
Odatda, u nam soyali o‘rmonlarda, butalar chakalakzorlarida, o‘rmon qirralarida, o‘tloqlarda, 
daryo bo‘ylarida o‘sadi va ba’zida u botqoq joylarda ham uchraydi. Tur juda bardoshli 
hisoblanadi. O‘rmon-tundraning tollari va qayinzorlari bo‘ylab hatto tundraning janubiy 
chegaralariga va umuman Arktika zonasida uchratish munkin. Rossiyaning mo‘tadil iqlimli
hududida juda keng tarqalgan. Rossiyaning deyarli barcha o‘rmonlarida juda keng tarqalgan 
o‘simlik hisoblanadi. Ular tarkibida aspidinol, taninlar (quruq vaznning 8% gachA., efir va 
yog‘li moylar mavjud. O‘simlk barglarida 120 mg % gacha bo‘lgan askorbin kislota
shuningdek, taninlar va flavonoidlar (o‘simlik gormonlari) mavjud.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə