S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati 
Barglardan ba’zi hasharotlar qarshi vosita, shuningdek tibbiyotda (dezinfeksiyalovchi 
vositalar) va parfyumeriyada (tana va sochlarni yuvish vositalari, aromatik yog‘lar) 
ishlatiladigan efir moyi olinadi . Shuningdek, o‘simlik barglari va po‘stlog‘ining turli 
infuziyalari va damlamalari diuretik, kuyish, shamollash, yo‘tal, isitma, bosh va tish og‘rig‘i, 
revmatizm va boshqa xastaliklarni davolash vositasidir.
8
U xalq tabobatida terining zararsiz 
o‘smalari, saraton, polip va o‘smalarni davolashda keng qo‘llaniladi. 
Turkum. Sarv (Cupressus L.) - Кипарис 
Sarvdoshlar oilasi - Cupressaceae Bu oilaga kiruvchi turlar bir uyli yoki ikki uyli daraxt va 
buta o ‘simliklaridir. Oilada 20 turkum va 145 tur bo‘lib , ular ichida eng tavsifli turkumlar 
sarv, archa, tuyya, biota turkumlari hisoblanadi. Barglari va qubbachalari har bo‘g‘inda qarama-
qarshi o‘rnashgan. Qubbachalari mayda, 5-8 mm, etli, yumshoq pishganda qizg‘ish-pushti 
rangli. Ushbu turkumga kiruvchi o‘simliklar O‘rta yer dengizi, Himolay, Xitoy, Yaponiya va 
Amerikada hududlarida tarqalgan 15 ta tur kiritilgan. Toshkentga sarv turlarining faqatgina 
uchtasi introduksiya qilingan. 
Tur. Arizona sarvisi
(Cupressus arizonica Greene.) bo‘yi 20-25 metr, bir uyli, shox-shabbasi 
keng konussimon shaklga ega. Asosan u Arizona tog‘larida, Kaliforniyada va Shimoliy 
Meksikada hududlarida 1500-2400 metr dengiz sathidan balandliklarida o‘sadi. AQShda - 
Arizona, Texas, Janubiy Kaliforniya va Nyu-Meksiko shtatlarida ham o‘sadi. Bu turning 5-6 
yoshida voyaga yetadi. Arizona Sarvining turlari O‘zbekistonning janubiy hududlarida o‘rmon 
xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simlik hisoblanadi. 
Bu tur sovuqqa uncha bardoshli emas, shu sababli shimoliy hududlarda uchratish qiyin. 
Arizona Sarvisi 500 yilgacha umr ko‘rib, asosan urug‘lar bilan ko‘payadi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə