S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Atlas kedri (Cedrus atlantica Manetti.)



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Atlas kedri (Cedrus atlantica Manetti.)
 Dorivorlik xususiyati:
Atlas kedri yog‘i antiseptik xususiyatlarga ega, yog‘larning 
parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun u kosmetika ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Atlas kedri davolovchi xususiyatlari qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lgan. Atlas kedri 
daraxti juda kuchli hidga ega, chunki u tarkibida efir moyi mavjud. Uning hidi chumolilar
termitlar, chivinlar, kuya va boshqa hasharotlarni qaytaradi. 
Atlas kedri yog‘i Tibet ibodatxonalarida va tibbiyotida tutatqi sifatida ishlatilgan. Atlas kedri 
asabiy taranglikni yengillashtiradi ya’ni ruhiy sokinlashish jarayonini yuzaga keltiradi. Atlas 
kedri yog‘i jarohatni davolash va kuyishga qarshi, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, osteoxondroz va 
artrit, og‘riq va bo‘g‘imlarning yallig‘lanishini kasalliklarini, soch to‘kilishini davolashda 
samarali vositalardan biri hisoblanadi. 
 Turkum. Qarag‘ay, sosna (Pinus L.) - Сосна.
Turkumga bir uyli, doim yashil daraxtlar 
kiradi. Ninasimon barglari qisqargan, novdalarida 2-3 tadan to‘da-to‘da bo‘lib joylashadi. 
Barglarning bunday joylashishi sistematik belgi hisoblanadi. 100 ga yaqin tur bo‘lib, shulardan 
13 tasi tabiiy holda MDH florasida uchraydi. O‘zbekistonga 10 dan ortiq turi introduksiya 
qilingan. Ular asosan ko‘kalamzorlashtirishda va o‘rmon melioratsiyasida foydalaniladi. 
Quyida qarag‘ayning ayrim turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz. Barglari novdada 2-3-5 tadan to‘da-
to‘da bo‘lib joylashishiga qarab qarag‘ay turkumiga kiruvchi turlarni 3 seksiyaga bo‘lingan
.
Tur. Oddiy qarag‘ay (Pinus silvestris L.)
bo‘yi 30-40 m, diametri 1 m bo`lgan daraxt. Qulay 
sharoitlarda 600 yilgacha yashaydi. Tanasining po‘stlog‘i qalin va vertikal yoriqli bo‘lib ostki 
tomoni qo‘ng‘ir, yuz tomoni to‘q sariq yoki qizg`ish rangda. Tanasidan va shoxlaridan yupqa 


20 
po‘stloq ajralib turadi. Daraxt doira shaklida siyrak shox-shabba hosil qiladi. Qarag‘ayzorlarda 
pastki shoxlari qurib, to‘kilib ketadi. Voyaga yetgan qarag‘ayning shox-shabbasi tuxumsimon 
bo‘ladi. Novdalari tuksiz, sarg‘ish rangda. Kurtaklari 6-12 mm uzunlikda, cho‘zinchoq 
tuxumsimon, qizg‘ish rangda bo‘ladi. Qishda smola bilan qoplanadi. Qarag‘ay bahorda o‘sa 
boshlab, ikki xil novda chiqaradi: ulardan biri uzun bo‘lib, qo‘ng‘ir rang tangachalar bilan 
qoplangan, ikkinchisi tanga bo‘lib, uchidan bir juft ninabarg chiqaradi, barglari 3-7 sm, qattiq, 
cheti tishli kul rangda, ular daraxtda 3-6 yil saqlanadi. O‘sishdan to‘xtashi bilanoq novdaning 
uchki va yon qismlarida kurtaklar hosil bo‘ladi. Ninabarglarida smola va efir moylari bor. Ular 
daraxtning sovuqqa chidamligini oshiradi.Yozda o‘sa boshlagan barglar qo‘ltig‘ida changchi va 
urug‘chi qubbalar rivojlanib, kelgusi yil mart-aprel oylarida changlanadi. Changchi qubbalari 
mikrosporachi barglar yig‘indisidan iborat bo`lib, tuxumsimon boshoq hosil qiladi va novdada 
spiral holda joylashadi. Qubba o‘zak va uning ostidan yuqorigacha spiral shaklda joylashgan 
tangachasimon mikrosporachi barglardan iborat. Har qaysi mikrosporachi bargning ostida bir 
juft mikrospora joylashadi. Mikrosprora ichida juda ko‘p mikrospora yoki chang hosil bo‘ladi. 
Qarag‘ay mikrosporalari (changlari) yumaloq shaklda bo‘lib, yon tomonida ikkita pufaksimon 
bo‘rtma chiqadi. Bu esa changning havoda tarqalishiga yordam beradi. Urug‘chi qubbalar uzun 
yosh novdalar uchida bittadan yoki ikkitadan hosil bo‘ladi. Ular ham changchi qubbalarga 
o‘xshash o‘zak va tangachabarglardan iborat. Qubbada rivojlanayotgan urug‘kurtak tuxumga 
o‘xshash tanacha bo`lib, unda hosil bo‘ladigan arxegoniyda tuxum hujayra rivojlanadi. 
Urug‘kurtak yetilgan vaqtda unga chang (mikrosporA. tushib, urug‘ yo‘li (mikropili) orqali 
o‘zagiga (nutsellusgA. o‘tadi. Bu yerdan mikrospora o‘sib chang naychasiga aylanadi va 
o‘zakning ichiga kiradi. Bu naychaning anteridiy hujayralari bo‘linib generativ va bazal 
hujayralar hosil qiladi. Generativ hujayra ikkita sperma hosil qiladi. Ulardan biri kelgusi yil 
bahorda tuxum hujayra bilan qo‘shilib uni urug`lantiradi. Urug`langan tuxum hujayradan 
murtak hosil bo‘ladi. Undan urug‘ rivojlanadi. Shunday qilib, changlangandan keyin ikkinchi 
yil kuzda qubba yetiladi, bu paytda uning bo‘yi 3-6 sm, eni 2-4 sm ga yetadi. Yetilgan 
qubbaning urug`lari to‘kilib qanotchali bo`lgani uchun shamolda tarqaladi. Quruq, sernam yoki 
botqoq tuproqlarda, qora tuproqli mintaqada yaxshi o‘smaydi. U tog‘li mintaqalarda yaxshi 
o‘sadi. Sayan tog‘larida dengiz sathidan 1500 m gacha dengiz sathidan baland bo‘lgan joylarda 
ko‘p tarqalgan. U Kavkaz va Qrim tog‘larida ham yaxshi o‘sadi. Qarag‘ayzorlarda yana qora 
qarag‘ay, tilog‘och, kedr va yaproqbargli daraxtlardan eman uchraydi. Ninabarglilar asosan 
sernam mintaqa o‘simligidir. Ular Yevrosiyoning shimolida va Shimoliy Amerikaning ko‘proq 
shimoliy hududlarida, ayrim turlari tropik mamlakatlarda ham uchraydi. Oddiy qarag‘ay 
sovuqqa va issiqqa chidamli daraxt, lekin havoning quruqligidan zararlanadi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə