S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati.
Oddiy qarag‘aylarining qarag‘ay kurtaklari diuretik, gemostatik, 
yallig‘lanishga qarshi, dezinfeksiya qiluvchi ta’sirga ega. Qarag‘ay ignalaridan tayyorlangan 
preparatlaridan antibiotiklar, dezinfektsion, diuretik, antiseptik xususiyatlarga ega bo‘lgan dori 
olishda ishlatiladi. 
Qarag‘ay kurtaklari
: Suvli infuzionlar va ichaklarni (ichki qismidA. - 
dezinfeksiyalovchi, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, diuretik va bronxit, revmatizm, jigar va 
oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolashda ishlatiladi. 


21 
Oddiy qarag‘ay - Pinus silvestris L.
Oddiy qarag‘aydan: Prostatitning adenomasi (prostatit), alkogolizm, angina, bepushtlik. 
oshqozon kasalliklari, bronxial astma, o‘pka tuberkulyozi, tizza og‘rig‘i, oyoqlarda varikoz 
tomirlari, 
tomoq 
og‘rig‘i, 
o‘pka 
yallig‘lanishi, 
ayollar 
jinsiy 
organlarining 
yallig‘lanishi, osteokondroz, buyrak kasalligi, revmatizm, yurak-qon tomir kasalliklari, teri 
toshmasi kabi kasalliklarni davolashda foydalaniladi
Sistematikasi:
 
Bo‘lim. 
Qarag‘aytoifa (Ochiq urug‘li) o‘simliklar (Pynophyta yoki Gymnospermae)-
Голосеменные
 
Ajdod (sinf). 
Qarag‘aysimonlar (Pinopsida). - Хвойные
 
Ajdodcha (sinfcha) 
Qarag‘aykabilar (Pinidae)- Хвойные
 
Qabila. 
Sarvnamolar (Cupressales) - Кипарисовые 
Oila. 
Sarvdoshlar (Cupressaceae Bartl.)- Кипарисовые 
Turkum. 
Tuva (Thuja L.) - Туя 
Bu turkumga daraxt yoki buta o‘simliklar kiradi. Uning 5 ta turi bor. Shulardan bittasi g‘arb 
tuyyasi ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Tur. G‘arb tuyyasi (Thuja occidentalis L.)
bo‘yi 10-12 m, diametri 1 m keladigan daraxt. 
Ayrim tuplarining bo‘yi 30 m gacha ham yetadi. Shox-shabbasi piramida shaklda tanasi jigar 
rangda. Katta yoshida po‘st tashlab turadi. Birlamchi va ikkilamchi novdalari yassi bo‘lib, 
yasmiqchali. Ular uchinchi yili silindr shakliga kiradi. Shox-shabbasi zich joylashgan. Barglari 
yozda to‘q yashil, qishda yashil-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi, smola bezlari yo‘q. Yuqori 
novdalardagi barglari o‘tkir uchli, qattiq, yon novdalaridagisi to‘mtoq va oval 3 yilgacha 
saqlanadi. G‘arb tuyyasi bir uyli o‘simlik. Qubbalari 5-6 juft tangachadan iborat bo‘lib, 
cho‘ziqroq-tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm. Ular kuzda yetiladi, bu vaqtda tangachalari ochilib, 
ichidan qanotchali urug‘lari to‘kiladi. Tuyya urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Qalamcha va payvand 
qilib, parxish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Olti yoshida changlana boshlaydi. Sekin 
o‘sadi, soyasevar daraxt bo‘lib, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Unumsiz yerda barglari 
sarg‘ayadi. Qurg‘oqchilikka ham, sovuqqa ham chidamli. G‘arb tuyyasi Qora dengiz 
bo‘ylaridagi shaharlarda ko‘plab o‘stiriladi. Shuningdek, u Sibirda va Uzoq Sharqda uchraydi. 
Po‘stlog‘i va bargida C vitamin bo‘lib, u singa kasalligiga davodir. Shuning uchun uni «hayot 


22 
daraxti» deb ham atashadi. G‘arb tuyyasi havoning ifloslanishiga chidamli, yashil to‘siq 
yaratishda qulay daraxt hisoblanadi. Uning chiroyli shakllari bor. Tuyyani yakka-yakka, to‘da-
to‘da yoki qator qilib ekish tavsiya etiladi. Lekin nihollari yosh vaqtida issiqdan zararlanadi
shuning uchun soya joylarga ekish tavsiya etiladi. 
7

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə