S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Sistematikasi:
 
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) 
-
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Ayiqtovonkabilar (Ranunculidae)
-
Лютиковые 
Qabila. 
Ayiqtovonnamolar (Ranunculales) 
-
Лютиковые 
Oila. 
Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae Juss.) 
-
Лютиковые
Turkum. 
Ayiqtovon (Ranunculus L.) 
-
Лютик 
Tur. 
Yumshoq tikanli ayiqtovon 
-
Ranunculus muricatus L.
11

Bir yillik o‘simlik. Poyasi tuksiz yoki uzun tuklar bilan qoplangan, 10 25 sm. Ildiz 
oldi barglari uzun bandli, buyraksimon yoki yumaloq, uchta bo‘lakka bo‘lingan. 
Bo‘laklari keng, yirik tishli yoki 2-3 marta qirqilgan, birlamchi segmentlari bandli
parraksimon tishchali. Poyadagi barglarning asosi ponasimon, ko‘p marotaba uch 
bo‘lakka bo‘lingan, kam hollarda butun plastinkali, bandli yoki bandsiz. Guldor 
poyasi juda ko‘p, ingichka. Guli 1-1,5 sm enlilikda. Kosachabarglari tuklar bilan 
qoplangan. Tojbarglari cho‘ziq teskari tuxumsimon, 5-8 mm uzunlikda, 
kosachabargidan biroz uzunroq. Gulo‘rni ingichka siyrak tukli. Mevasi yulduzsimon, 
yassi, 7-8 mm. uzunlikda, tuxumsimon, biroz kengaygan chetlari qo‘sh hoshiyali, 
yonlari tikanli o‘simtalar bilan qoplangan. Tumshuqchasi qilichsimon, asosi 
yo‘g‘onlashgan, tekis yoki biroz egilgan, mevaning butun uzunligining deyarli 
yarmiga teng. Aprel – may oylarida gullab, mevasi etiladi. Daryo o‘zanlari, ariq 
bo‘ylari, yo‘l yoqalari, o‘rmonlar, o‘tloqlar, butazorlar, bog‘lar, ekin maydonlarida 
begona o‘t sifatida o‘sadi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 
uchraydi. Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz O‘rta yer dengizi atrofi
11
O‘. P. Pratov, M. M. Nabiyev O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi., „
O'qituvchi” nashriyot- 
matbaa ijodiy uyi Toshkent 
- 2007


30 
Janubiy va G‘arbiy Yevropa, Eron. SHimoliy Amerika va Avstraliyaga olib borilgan. 
Kimyoviy tarkibi: γ-laktonlar: 0,3% ranunkulin. Mevasida 17,7% yog‘-moy mavjud .

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə