S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


-mavzu. Zirkdoshlar(Berberidaceae) va Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

5-mavzu. Zirkdoshlar(Berberidaceae) va Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi 
Zirkdoshlar (Berberidaceae) oilasi. 
Ushbu oilaga kiruvchi butalar ichida, ayniqsa, zirk 
(Berberis) va magoniya (Mahonia0.
 
turkumiga mansub vakillar muhim ahamiyatga egadir. Bu 
oilaga kiruvchi turlarning ko‘p qismi dorivor va manzarali o‘simliklar hisoblanadi. 
Sistematikasi:
 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
-
Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) 
-
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Ayiqtovonkabilar (Ranunculidae) 
-
Лютиковые 
Qabila. Zirknamolar 
(Berberidales) 

Барбарисовые 
Oila. 
Zirkdoshlar (Berberidaceae Juss.) 
-
Барбарисовые
Turkum. 
Zirk, qoraqant (Berberis L.) 
-
Барбарис 


26 
Bu turkumga 20 ga yaqin turlar kiradi, ular asosan shimoliy yarimsharning mo‘tadil 
mintaqasida 50° shimoliy kenglik va tropiklar orasida tarqalgan. Zirk turlari asosan tog‘li 
hududlarda o‘sadi. MDH davlatlarida zirkning 12 ta turi tarqalgan bo‘lib, ularning 8 ta turi 
Markaziy Osiyo, 5 ta turi Kavkaz florasidan o‘rin olgan. O‘zbekistonda 4 zirk turi tabiiy holda 
tarqalgan. Zirklarda qirrasimon novdalar va oddiy tukli barglari mavjuddir. Novdalarida bir, 
uch hattoki beshtalik tikanlar bilan qoplangan. Gullari ikki jinsli, sariq rangda to‘plam holida 
yig‘ilgan. Barcha zirklar berberin alkaloidiga ega.
Tur. Oddiy zirk (Berberis vulgaris L.)
Balandligi 3 metrgacha o ‘sadigan buta, novda, 
po‘stlog‘i oq qo‘ng‘ir rangda, shoxlari ingichka. Aprel oyida barg chiqarish bilan bir vaqtda 
gullaydi. Mevasi 10-12 mm uzunlikda va 6 mm gacha diametrga ega. Mevalari 2-3 urug`i 
ba’zan urug‘siz. Urug`lari 5 mm gacha uzunlikda och-jigarrangda. Mevasi tiniq qizil rangda, 
barglari to‘q yashil rangda, juda xushmanzara buta. Soyaga va qurg‘oqchilikka chidamli, 
ildizidan bachkilaydi. Yog‘ochi tiniq sariq bo‘lib, quriganda qorayadi, chiroyli, shuning uchun 
mebel sanoatida ishlatiladi. Mevasidan turli ichimlik, murabbo va konfet mahsulotlari 
tayyorlanadi. Tanasi va ildizining po‘stlog‘i teri va jun gazlamalami bo‘yashda ishlatiladi. 
Barglari va mevasi tarkibida 6% ga yaqin olma kislotasi va S vitamini bor. Uning barglarida 
zang zamburug‘i rivojlanib, g‘alla o‘simliklariga tarqaladi va ulami zararlaydi. Shuning uchun 
ekin dalalariga yaqin joyga zirk ekmaslik kerak. Bu o‘simlik MDH ning Yevropa qismi o‘rtasi 
va janubidagi viloyatlarda, Qrim va Kavkazda tog‘li hududlarda keng tarqalgan. Zirkning 
barcha turlari qadimdan xalq tabobatida ishlatilgan. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə