|
![](/i/favi32.png) S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2) Dorivorlik xususiyati
: O‘simlik zaharli hisoblanadi, chunki tarkibida alkaloidi mavjud. Yangi
yoki quruq o‘simlik juda ko‘p miqdordagi fitontsidlar mavjudligi sababli yuqori mikroblarga
qarshi xususiyatlarga ega. Tibbiy maqsadlarda barglari va gullari va pishmagan mevalari
bo‘lgan o‘t ishlatiladi.Agar siz maydalangan yangi o‘tni teriga bir necha soat davomida surtib
qo‘ysangiz, kuyishlar paydo bo‘ladi (katta pufakchalar paydo bo‘ladi). Shuning uchun bu
o‘simlik xalq tabobatida ekzema va boshqa kasalliklarni davolashda - zararlangan qismlarga
spirtli eritmalaridan surtish orqali qo‘llaniladi. Ba’zi odamlar o‘simlik kukunidan malham
tayyorlaydilar.
O‘zbekistonda teri yarasini davolashda ishlatiladi. Bu o‘simlikni qo‘llashdan oldin albatta
shifokorlar nazorati bo‘lishi shart. Chunki o‘simlik teriga surkalsa xatto pufakchalar hosil
bo‘lishi mumkin
12
Turkum.
Parpi (Aconitum L.)
-
Аконит
- ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ildizi yo‘g‘onlashgan,
poyasi tik o‘sadi. Barglari panjasimon. Gullari zigomorf. Bu avlodning hamma turlari zaharli,
tarkibida akonitin alkaloidi bo‘ladi. Gullari chiroyli bo‘lganligi uchun manzarali o‘simlik
sifatida ham ekib o‘ stiriladi.
Tur. Aconitum soongaricum (Regel) Stapf, 1887.
Bu tur Kashmir, Xitoy, Qirg‘iziston,
Qozog‘iston hududlarida tarqalgan. O‘simlikning balandligi 70-130 sm, poyasi to‘g‘ri yoki
tuklar bilan qoplangan Barglari poyada navbatma-navbat joylashgan yashil, uzunligi 5-9 sm,
kengligi 8-12 sm, besh karra bo‘lingan. Gullash paytigacha pastki barglar odatda nobud
bo‘ladi. Gullari katta, ko‘k-binafsha rang, uzunligi 3,5-4 sm va kengligi 1,8 sm. O‘simlikning
barcha qismlarida alkaloidlar mavjud, ularning asosiy qismi akonitindir. Ammo ularning soni
vegetatsiya davriga bog‘liq. Bu o‘simlikda ayni bahor pallasida kurtaklar hali gullashdan
oldin alkaloidlarga eng boy davri hisoblanadi
13
. Akonit yallig‘lanishga qarshi, antibakterial,
og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega. Teriga qo‘llanganda, u qichishishni keltirib chiqaradi, so‘ngra
behush qiladi. O‘simlik bilan zaharlanish belgilari: qabul qilish usulidan qat’iy nazar, tananing
turli qismlarida qichishish, oshqozon-ichak traktida og‘riqlar, shuningdek so‘lakning
ko‘payishi shaklida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, bosh aylanishi, ko‘zlarni ko‘rmay
qolishi, nafas qisilishi va yurak ritmining buzilishi qayd etiladi. O‘lim holati nafas olish
to‘xtatilishidan kelib chiqadi. Haddan tashqari toksiklik xususiyati tibbiyotda qo‘llanilishini
cheklaydi.
14
Dostları ilə paylaş: |
|
|