Qumli joylarda yo'llarni loyihalash tayyorladi: Sayimov Komiljon tekshirdi



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149667
  1   2   3   4   5   6
Komiljon 10



QUMLI JOYLARDA 
YO'LLARNI LOYIHALASH
TAYYORLADI:
Sayimov Komiljon
TEKSHIRDI:
Urushbayev E.


O‘t o‘sgan qumlarda yo‘lni qurish va undan foydalanish ancha yengil,chunki bu yerda qurilish ishlari to‘g‘ri
olib borilsa, relyefning harakatchan shakli va ko‘chkisi bo‘lmaydi. Bu sharoitlarda iloji boricha o‘simlik
qoplamasini buzmasdan yo‘l poyini qurish kerak. Gruntni yon rezervlardan emas ko‘tarma uchun o‘ymadan
yoki grunt karyeridan olish maqsadga muvofiq. Yer ishlarini olib borish uchun eng yaxshi vaqt – qum nam
va mashinalar o‘ta oladigan bo‘lgan qish va bahor oylaridir. Bu davrda buldozer va skreperning ish
unumdorligi yuqori bo‘ladi. Yo‘lni qum bosishdan muvaffaqiyatli himoyalashni ta'minlovchi tadbirlar
ko‘mpleksi ratsional trassani va qulay qurish vaqtini tanlashdan tashqari, yo‘l poyi konstruksiyasini to‘g‘ri
belgilash va yer ishlarini olib borishda alohida qoyidaga amal qilish dan iborat. Yo‘lning ko‘ndalang kesimi
yo‘l orqali qum ulanib qolmasdan o‘tishini ta'minlashi, ya'ni ko‘tarma va o‘ymani ng yon qiyaligi 1:2 dan
kam bo‘lgan oquvchan shaklga bo‘lishi kerak. Yon qiyaliklar va yo‘l yoqasi yo‘l poyi qumini shamolda
uchib ketishidan himoya qilinishi kerak. 


Qumli ko‘chishlar xosil bo‘ladigan joylarda yo‘l polosasi yo‘lni bitta yoki ikkita
tomonidan 15 -40 m kenglikda buldozer bilan tekislanadi. Mintaqan ingkatta
kengligi (25-40 m) yirik shakldagi relyef (barxanlar va barxan zanjirlari) xosil
bo‘ladigan joylarda belgilanadi, mayda shakl dagi relyef xosil bo‘ladiganjoylarda
mintaqa eni 15 -20 m gacha kamaytiriladi. Qumdan tozalangan bu mintaqa
foydalanish davrida qum bosishdan tozalanib turiladi. Tozalangan polosadan
tashqarida qum relyefiga, uning harakatchanlik darajasi va o‘simlik o‘sish
sharoitiga (fitomelioratsiya) bog‘liq bo‘lgan , kengligi 25-150 m va undan katta
bo‘lgan щit, bitum plyonkasi yoki o‘simlik bilan mustahkamlangan yo‘lakcha
quriladi. Yon qiyalik, shuningdek, yo‘l qoplamasi asosida qumli ko‘tarma
yuzasida kengligi 1-2 m, qalinligi 10-25 sm bo‘lgan bog‘langan gruntli (yengil
qumloq tuproq yoki suyuq bitum bilan ishlangan qum) qatlam yo‘l yoqasida, 
yonbag‘irda, bermada himoya qatlami sifatida yotqiziladi. Qoplamani
zichlashtirishda bog‘langan gruntli iborat qatlam bo‘lgani uchun material ostida
yotgan qum bilan aralashib ketmaydi, yo‘l yoqasida va qiyalikda qumni shamol
uchirmaydi. 



Harakatchan qumli sharoitda yo‘lning shamoldan ko‘chmaydigan kesimini
qurishda, yo‘l cheti polosasida, o‘qdan 40 -50 m atrofida, har ikki tomonida
rezerv va kavalerlar tekislanadi, material qoldiqlari tozalanadi, chunkiy har
qanday notekislik natijasida qum to‘plana boshlashi mumkin. Yon rezervdan
ko‘tarmaga qumni surish va tekislashda kengaytirilgan ag’dargichli buldozer, 
shuningdek, ekskavator-draglayn buldozer bilan birgaqo‘llanadi. Taqirlarda, 
ko‘p hollarda, qumni 100 m ga surish uchun buldozer va skreperlar
qo‘llanadi. Gruntni 100 m dan ortiq surish skreper, avtomobilsamosval va
boshqa transport vositasi bilan amalga oshiriladi. Qum ko‘tarmadan uchib
ketmasligi uchun relyefning harakatlanuvchi shakli uchraydigan joylarda
yo‘l poyi bir smenada ko‘tarma qurishdan tashqari asosda va ko‘tarma yon
qiyaligidagi qum yuzasida himoya qatlam quriladi. Tugallangan yo‘l
bo‘lagida shchitdan mexanik himoya o‘rnatish uchun uncha katta bo‘lmagan
bo‘laklarda ish olib boriladi. 


Yo‘lni qum bosishdan saqlashning eng yaxshi tadbiri namlikni ko‘p talab
qilmaydigan o‘simlik yo‘lakchasini yaratish, shuningdek, yon qiyalikva yo‘l yoqasini
bitum va boshqa bog‘lovchi materiallar (polimer smolasi) bilan ishlashdir. 
Sochiluvchan qumlarda yo‘l poyini qurish bo‘yicha yo‘l -qurilish otryadi tarkibida
asosni tekislash va tozalash, yo‘l cheti polosasida qumni surish uchun
buldozerdan tashqari ko‘tarmada va yo‘l chetida qumni tekislash uchun og‘ir
aravachali greyder, suv sepuvchi mashina, qatlam qalinligi 30 sm bo‘lgan
ko‘tarmani zichlash uchun katok, himoya qatlamiga bog‘langan grun tni keltirish
uchun skreper yoki aravachali traktor, shuningdek, gruntni tekislash uchun
avtogreyder (himoya qatlami ustida harakatlanuvchi) kerak bo‘ladi. Barxan
qumlarini zichlashtirish tebratuvchi katoklar yordamida olib boriladi. 
Zichlashtirishda ish tartibi dastlabki zichlashtirish bilan aniqlanadi. Cho‘llarda qurish
uchun sun'iy havzalarda to’plangan yomg‘ir suvlari ishlatilishi mumkin. Changli
qumlarni suv sepib zichlashtiriladi. Ko‘tarmani zichlashtirilgan so‘ng darhol suv
sepib zichlashtiriladigan bog‘langan grunt bilan qoplanadi. 


SHO'RLANGAN 
XUDUDLARDA YO'LLARNI 
LOYIHALASHNING O'ZIGA 
XOSLIKLARI


Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyi va yo’l qoplamalari qurishda
yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hisobga olib, birinchi navbatda, 
tuzlar eng jadal to’planadigan uchastkalardan trassani aylanib
o’tkazish imkoniyatlarini izlash lozim. Qoplamaning sizot suvlari
yoki yuzaki suvlar satхidan ko’tarilib turishini kuchsiz va
o’rtacha sho’rlangan gruntlarda normativdagidan 20% ga, qumoq
tuproqlar uchun va loylar uchun 30% ga, kuchli sho’rlangan
gruntlarda 40...60% ga oshirish zarur. 
Sho’rhok gruntlardagi yo’l poyining ko’ndalang profillari. 
a
-bir
tomonida rezyerv joylashgan ko’tarma; b-rezyervli va bo’ylama
novli ko’tarma; v-byermali va chuqurrezyervli ko’tarma; 
1-ajratilgan joy polosasi; 2-rezyerv; 3-yo’l poyining yon
tomonini mustahkamlash


Sho‘rlangan gruntlarning asosiy turlariga solonchaklar, solonslar, shuningdek, taqir gruntlari
kiradi. Gruntlarning sho‘rlanish darajasi ko‘tarmaga surilishi kerak bo‘lgan grunt
qatlamidagi yengil eruvchan (xlorli natriy, sulfat natriysi, karbonat natriy) tuzlar miqdori
o‘rtacha yig‘indisining quruq grunt massasiga nisbatini foyzda belgilash bilan tavsiflanadi. 
Sho‘rlanish xususiyati gruntda xlor SL ioni miqdorining SO4 miqdoriga nisbati bilan
belgilanadi. Masalan, qabul qilingan yo‘l tasnifi bo‘yicha 9.1-jadvalda ko’rsatilgan
gruntlarning sho‘rlanishi ajratiladi. Gruntlar sho‘rlanish darajasi bo‘yicha tuzlarning
xususiyati va yo‘l-iqlim mintaqasiga qarab tavsiflanadi


Kuchli sho‘rlangan bog‘langan gruntlarda va kerakli
balandlikdagi ko‘tarmani qurish mumkin bo‘lmasa yoki
maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yo‘l poyini mustahkamligini
oshirish va yuqori qatlam gruntlarini kapillyarlari bo‘yicha
ortiqcha sho‘rlanishning oldini olish uchun ko‘tarma
tarkibida uni hamma kengligi bo‘yicha 65-75 sm
chuqurlikda yoki yo‘l to‘shamasining tagiga kapillyar
to‘suvchi 15-20 sm qalinlikda 10-20 mm o‘lchamli
shag’aldan qatlamcha quriladi. Qatlamcha grunt bilan
ifloslanmasligi uchun ostidan va ustidan qalinligi 3-5 sm
bo‘lgan yirik qum yoki mayda tosh yotqiziladi. 


Yengil eruvchan tuzlar suv ta'sirida yo‘l poyi gruntining
mustahkamligini kamaytiradi, undan tashqari, grunt
tarkibidagi suvda eriydigan ortiqcha tuz 142 ko‘pligi, 
sho‘rlangan gruntlarning mos ravishda o‘sha granulometrik
tarkibli sho‘rlanmagan gruntlarning qulay zichligigacha
zichlashishiga qarshilik qiladi. Shuning uchun har qanday
sho‘rlangan grunt yo‘l poyi qurish uchun yaroqli
bo‘lavermaydi. Ulardan foydalanish imkoniyatini
laboratoriya sharoitida, sho‘rlanish xususiyati va darajasi
bo‘yicha gruntlarni tasnlashasosida aniqlanadi



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə