Qumli joylarda yo'llarni loyihalash tayyorladi: Sayimov Komiljon tekshirdi



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149667
1   2   3   4   5   6
Komiljon 10

absissalar o‘qi (X),
o‘rta meridianga perpendikulyar va to‘g‘ri chiziq 
shaklidagi ekvator 
ordinatalar o‘qi (Y)
deb qabul qilingan.


AVTOMOBIL YO’LLARINI 
REKONSTRUKTSIYA 
QILISHDAGI QIDIRUV ISHLARI


Yo‘l va yo‘l inshoatlari xolatini baholash uchun katta hajmdagi asosiy
birlamchi ma‘lumotlarni quyidagi ko‘rsatkichlar, o‘lchamlar va tavsiflarni
yig‘ish va taxlil qilish lozim: yo‘l to‘g‘risida umumiy ma‘lumotlar: yo‘l tituli
va raqami, uni qaysi xududda joylashgani; yo‘lning uzunligi va toifasi; yo‘l-
iqlim mintaqasi; 
boshqaruv organi va xizmat qiluvchi tashkilot; so‘ngi 12 oy ichida yo‘l
xolatini baholash darajasi; geometrik o‘lchamlari va tavsiflari: yo‘l sirti
qatnov qismining asosiy mustahkamligi va mustahkamlangan tasmasining
eni; yo‘l yoqasining eni, shuningdek mustahkamlangan yo‘l yoqasini
mustahkamlanishi, turi va xolati; bo‘ylama nishablar; qatnov qism va yo‘l
yoqasining ko‘ndalang nishabi; rejadagi egri radiusi va viraj nishabi; 
ko‘tarma balandligi, o‘yma chuqurligi va ularning yonbag‘ir qiyaligi, yo‘l
poyining xolati; yo‘l yuzasining rejada va profildagi ko‘rinish masofasi; 


Trassaning uzunligi o‘qi bo‘yicha o‘lchanadi. Barcha piketaj belgilari yo‘l
poyining o‘ng tomoniga, eski yo‘lning kilometraji borishi bo‘yicha chiqarib
qo‘yiladi. Piketaj jurnalida yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasi va sun‘iy inshoatlar
to‘g‘risidagi batafsil ma‘lumotlar keltiriladi. Yo‘l poyini tekshirishda
noqulay gidrologik sharoitlarda o‘tuvchi qor bosadigan va pastlashgan
uchastkalar aniqlanadi. Qatnov qismini tekshirishga va yo‘l to‘shamasi
qalinligini o‘lchashga oid ma‘lumotlar maxsus jurnalda qayd etiladi. Yo‘l
poyining ko‘ndalang profillari ajratilgan polosaning butun kengligi bo‘yicha
bo‘ylama profilning barcha xarakterli nuqtalarida, biroq kamida har bir
piketda, shuningdek, yo‘l poyining konstruktsiyasi o‘zgaradigan joylarda–
virajli egriliklarda, quvurlar joylashgan erda, filtrlovchi ko‘tarmalar, tirak
devorlar va boshqa inshoatlar o‘rnashgan joylarda s‘yomka qilinadi. Tog‘li
joylarda va tik qiyalamalarda ko‘ndalang profillar har qaysi piketda va trassa
plyuslarida s‘emka qilinadi. 


Yo‘l to‘shamasi va qoplamaning mustahkamligi va xolati; qoplamaning
bo‘ylama ravonligi; qoplamaning ko‘ndalang ravonligi; g‘ildirakning qoplama bilan
ilashish koeffitsienti va g‘adir – budurligi; sun‘iy inshootlar: joylashgan o‘rni, turi, 
uzunligi va ko‘priklarning gabariti, yo‘l o‘tkazgichlar, estakada, tunnellar; 
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va estakadalarning yuk ko‘tarishi; bordyurning
balandligi va soni; ko‘prikka kelish yo‘lining xolati va turi; suv o‘tkazuvchi
quvurlarning xolati va o‘lchamlari; yo‘lni jixozlash va: km. ni ko‘rsatuvchi belgi va
signal ustunchalari; yo‘l belgilari va dislokatsiyasi, ularning xolati va joylashishining
qoida va me‘yorga to‘g‘ri kelishi; yo‘lning chiziqli belgisi, uning xolati, hamda ularni
me‘yor va qoidalarga mos kelishi; to‘siqlar, ularning konstruktsiyalari, joylashgan
o‘rni, uzunligi, xolati va o‘rnatilishining me‘yor va qoidalarga mosligi; yoritish; 
avtomobil yo‘llarini temir yo‘llar bilan kesishishi va tutashishi, ularni turlari, 
joylashish o‘rni va me‘yor qoidalariga to‘g‘ri kelishi; avtobus bekatlari, pavilonlar, 
dam olish maydonchalari, avtomobillar turishi va to‘xtashi uchun maydonchalar, 
ularning o‘lchamlari hamda me‘yoriy qoidalarga mosligi; tezlikni oshirib o‘tish
tasmasi va qatnov qismining qo‘shimcha tasmasi, ularning o‘lchamlari; 


Foydalanilayotgan avtomobil yo‘lini rekonstruktsiya qilish uchun uning
xolatiga baho berish kerak, chunki bu vaqtdagi, ya‘ni amaldagi yo‘lning toifasini, 
xolatini aniqlayotgandagi talab etilayotgan toifasini, hamda rekonstruktsiya
qilinayotgandagi hisobiy toifani aniqlash. Mavjud yo‘lni tekshirish va xolatini
aniqlash uchun geometrik o‘lchamlarini me‘yor bilan solishtirish orqali amaldagi toifa aniqlanadi. 
Keltirilgan ko‘rsatkichlar joyning relefiga bog‘liq bo‘lib, yo‘lni amaldagi
toifasini aniqlayotganda asosiy yoki qo‘shimcha mezonlardek ko‘riladi. Amaldagi toifani aniqlayotganda asosiy geometrik
ko‘rsatkich bo‘lib, hamma vaqt qatnov qismning amaldagi eni hisoblanadi. 
Katta uzunlikdagi yoki yo‘lning bo‘lagi yangi loyihada, rekonstruktsiyada yoki ta‘mirlashda yo‘lni chetki tasmasi
mustahkamlangan bo‘lsa, qatnov qismining
qoplamasi ham u bilan bir xil bo‘lishi kerak. 


OCHIQ SUV 
INSHOOTLARI.


Avtomobil yo‘llari qurilishida relefning turli past-baland joylarini, 
vaqtinchalik, doimiy suv oqimlari va daryolarni kesib o‘tishga
to‘g‘ri keladi. Bunday joylardan avtomobil yo‘llarida transport 
vositalarining uzluksiz harakatini ta’minlab berish uchun quvurlar, 
kichik ko‘priklar, katta ko‘priklar, viaduklar, yo‘l o‘tkazgichlar, va
еstakadalar kabi sun’iy inshootlar quriladi. Quvurlar va kichik
ko‘priklarning qo‘llanilishi va ishlash tartibi haqida 2.2 bo’limda
yoritilgan. Daryolar - yirik va doimiy suv oqimi hisoblanadi. 
Joylashgan joy relefiga ko‘ra tekislikdagi, tog‘ oldi va tog‘ 
daryolari bo‘lishi mumkin. Tekislikdagi daryoning ko‘ndalang
kesimi o‘zan va to‘liq oqim vaqtida suv bilan to‘ladigan
qayirlardan iborat. 


Bu vaziyatning fizik mohiyatini quyidagicha talqin qilishimiz mumkin: 
oqimning tekis barqaror harakati amalga oshayotgan ma’lum sohadagi
ikattalik bilan xarakterlanuvchi, og‘irlik kuchi hisobiga bajarayotgan
ishiqarshilikni engish uchun to‘liq sarflanadi. Shu sababli, bu oqimningshu
sohadagi ixtiyoriy kesimi uchun kesim solishtirma energiyasi Э 
const
o‘zgarmasdan qoladi: a) agar oqim tekis harakatdagi o‘rtacha tezlikka nisbatan
kichik tezlik bilan harakatlansa, bajarilayotgan ishning hammasi sarflanmaydi, 
qaralayotgan sohaning pastki kesimlarida oqim solishtirma energiyasining
o‘sishi kuzatiladi; b) agar oqimning bu sohadagi tezligi tekis harakatdagi
o‘rtacha tezlikka nisbatan katta qiymatga ega bo‘lsa, u holda og‘irlik kuchi
hisobiga bajarilayotgan ishga nisbatan ko‘proq energiya harakatga qarshilik
qiluvchi kuchni engishga sarflana boshlaydi. Bu qo‘shimcha energiya
kesimning solishtirma energiyasidan sarflanganligi bois, oqim yo‘nalishidagi
keyingi kesimlarda solishtirma energiyasi kamayib boradi


Daryoni kesib o‘tishda quriladigan ko‘prikli o‘tish joylari quyidagi qismlardan iborat:
-ko‘prik; 
-grunt ko‘tarmalaridan iborat ko‘prikka kelish yo‘llari; 
-ko‘prikli o‘tish joyi oldidagi suv oqimini rostlash va uni himoyalash maqsadida quriladigan boshqarish
inshootlari. 
Ko‘prik
- transport vositalari va piyodalarning hech qanday to‘siqlarsiz suv oqimi ustidan harakatlanishini
ta’minlab beruvchi murakkab muhandislik inshooti. 
Ko‘prikning asosiy elementlari bu - tayanchlar, oraliq qurilma va ko‘prik polotnosi. 


Ko‘prik tayanchlari ko‘prikli inshootni ko‘tarib turuvchi, oraliq
qurilmalarni ushlab turuvchi va oraliq qurilmalardan tushadigan
yuklamani asosga uzatib berish vazifasini bajaradi. Oraliq qurilma -
ko‘prikni ko‘taruvchi asosiy qismi. Oraliq qurilmalar temirbeton, metall, 
po‘lat-temirbetondan, yog‘och va tosh materiallardan tayyorlanishi
mumkin. Oraliq qurilmalarnig tuzilishiga qarab, balkali, arkali, ramali, 
osma ko‘priklar farqlanadi. Balkali ko‘prikda asosiy ko‘taruvchi qism
bo‘lgan oraliq qurilmalar yoki ferma ikkita tayanch orasida joylashadi.
Arkali ko’priklar - asosiy ko‘taruvchi oraliq qurilmasi egri plitali arka
bo‘lgan ko‘priklar bo‘lib, arkaning uchlari mustahkam qotirilgan va
gorizontal yo‘nalishda siljish ro‘y bermaydi. Bunday ko‘priklarda
sharnirsiz, birsharnirli, ikkisharnirli, uchsharnirli arkalardan
foydalaniladi

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə