Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi


-rasm. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda depsinish dinamogrammasi (vertikal va gorizontal holati)



Yüklə 48,93 Kb.
səhifə3/12
tarix11.12.2023
ölçüsü48,93 Kb.
#146575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi-fayllar.org (1)

1-rasm. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda depsinish dinamogrammasi (vertikal va gorizontal holati)



Uchish. Sakrovchi tanasi depsinish joyidan uzilgandan so‘ng uchish fazasi boshlanadi, bu yerda hamma harakatlar muvozanatni saqlashga va yerga tushish uchun optimal sharoitlarni yaratishga qaratiladi. Depsinish UOMga harakat yo‘nalishini beradi, bu yo‘nalish sakrovchi tanasining boshlang‘ich uchib chiqish tezligi kattaligi, uchib chiqish burchagi va uchib chiqish balandligi bilan aniqlanadi. Jahonning yetakchi sakrovchilari taxminan 9,4-9,8 m/s boshlang‘ich tezlikka erishadilar. UOMning ko‘tarilish balandligi taxminan 50-70 sm ga teng. Sakrashning uchish fazasi shartli ravishda uchta qismga bo‘linadi: 1) ko‘tarilish; 2) oldinga gorizontal harakatlanish; 3) yerga tushishga tayyorlanish.
Hamma turdagi sakrashlarda ko‘tarilish bir xil bo‘ladi. U qadam tashlab turib uchishdan iborat. Depsinishdan so‘ng itariladigan oyoq birmuncha vaqt orqada tekis holda qoladi, siltanuvchi oyoq gorizontal darajasigacha tos-son bo‘g‘imidan bukilgan, boldir siltanuvchi oyoq soni bilan to‘g‘ri burchak ostida tizzadan bukilgan. Gavda bir oz oldinga egilgan. Siltanuvchi oyoqqa qrama-qarshi bo‘lgan qo‘l tirsak bo‘g‘imidan salgina bukilgan va oldinda bosh darajasida turadi, boshqa qo‘l yarim bukilgan holda orqaga uzatilgan. Bosh tekis ushlanadi, yelka bo‘shashtirilgan.
Qo‘llar va oyoqlarning yetarlicha keng amplitudada hamda erkin harakatlar bilan qarama-qarshi harakatlanishlari depsinish tugagandan keyin gavdaning vertikal o‘q atrofida aylanma harakatlarini qoplaydi. Keyin tanlangan sakrash usuliga mos bo‘lgan harakatlar bajariladi.
Oyoqlarni bukib” usulida sakrashning uchish fazasi ham ijro etish, ham texnikasini o‘rganish uchun oddiy hisoblanadi. Yerdan ko‘tarilgandan so‘ng qadam tashlash holatida depsinuvchi oyoq tizza bo‘g‘imidan bukiladi va siltanuvchi oyoqqa olib kelinadi, yelka muvozanatni saqlash uchun, shuningdek, qorin pressi mushaklari hamda oyoqlarni osilib turgan holatda ushlab turuvchi sonlar old yuzasining ortiqcha zo‘riqishini yo‘qotish uchun bir oz orqaga olinadi. Tirsak bo‘g‘imlaridan bir oz bukilgan qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi. UOM yo‘nalishi pastga tusha boshlagan paytda yelkalar oldinga chiqariladi, qo‘llar oldinga-pastga harakat qilib pastga tushiriladi, oyoqlar tizza bo‘g‘imidan to‘g‘rilanib ko‘krakka yaqinlashadi. Sakrovchi yerga tushish uchun holatni egallaydi (2-rasm).

Yüklə 48,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə