Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi


-rasm. Yugurib kelib “oyoqlarni bukib” usulida uzunlikka sakrash



Yüklə 48,93 Kb.
səhifə4/12
tarix11.12.2023
ölçüsü48,93 Kb.
#146575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi-fayllar.org (1)

2-rasm. Yugurib kelib “oyoqlarni bukib” usulida uzunlikka sakrash

Ko‘krak kerib” usulida sakrash ancha murakkab bo‘lib, uchishda ma’lum bir harakat koordinatsiyasini taqozo etadi. Yerdan ko‘tarilgandan va qadam tashlashda uchishdan so‘ng siltanuvchi oyoq pastga-orqaga depsinuvchi oyoqqa tushiriladi. Oldinda turgan qo‘l pastga tushiriladi va boshqa qo‘l bilan birlashtiriladi; qo‘llar tirsak bo‘g‘imlaridan to‘g‘rilanadi; keyin orqaga harakatlangan holda yuqoriga ko‘tariladi. Sakrovchi orqaga egilgan holatga o‘tadi va shu holatda uchish fazasining deyarli yarmini bosib o‘tgan holda go‘yo tanaffus ushlaydi. Keyin ikkala oyoq tos-son va tizza bo‘g‘imlaridan bukilgan holda oldinga ketadi, yelkalar bir oz oldinga egiladi, qo‘llar oldinga-pastga tushiriladi. Uchishning yakuniy qismida oyoqlar tizza bo‘g‘imlaridan tekislanadi, qo‘llar orqaga uzatiladi. Sakrovchi yerga tushish uchun holat egallaydi (3-rasm).


3-rasm. Yugurib kelib “ko‘krak kerib” usulida uzunlikka sakrash

Texnikasi bo‘yicha eng murakkab va samarali sakrash usuli – bu “qaychi” usulidir. Uning samaradorligi yugurib kelishdan depsinishga o‘tishda va uchishdagi harakatlarda yugurish qadamining muvofiqlashtiruvchi tuzilmasi hisobiga namoyon bo‘ladi. Bu usulning aniqroq nomi – “havoda yugurish”, chunki sakrovchi uchish paytida 2,5-3,5 qadam tashlashlarni bajaradi.


Uchish paytida qadam tashlash holatidan (birinchi qadam) siltanuvchi oyoq tekislanib, pastga-orqaga tushiriladi, depsinuvchi oyoq oldinga chiqariladi. Siltanuvchi oyoq harakatni davom ettirgan holda orqaga harakat qiladi, tizza bo‘g‘imidan bukiladi, depsinuvchi oyoq esa tizza bo‘g‘imidan bukilgan holda soni bilan oldinga chiqariladi (ikkinchi qadam). Shundan so‘ng tizza bo‘g‘imidan bukilgan siltanuvchi oyoq oldinga chiqariladi va depsinuvchi oyoqqa biriktiriladi.
Keyin ikkala oyoq tizza bo‘g‘imidan tekislanadi va yerga tushishdan oldingi holatni egallaydi. Qo‘llar yon tomon orqali aylanma harakatlarni bajaradi. Siltanuvchi oyoq pastga tushirilgan paytda unga teskari bo‘lgan qo‘l pastga tushiriladi, boshqa qo‘l esa yuqoriga ko‘tariladi. Depsinuvchi oyoq oldinga chiqarilgan paytda unga teskari bo‘lgan qo‘l ham oldinga chiqariladi, boshqa qo‘l esa orqaga uzatiladi. Siltanuvchi oyoqni depsinuvchi oyoqqa birlashtirishda qo‘llar pastga tushiriladi va yerga tushishdan oldin orqaga uzatiladi (4-rasm).

Yüklə 48,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə