Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi



Yüklə 48,93 Kb.
səhifə1/12
tarix11.12.2023
ölçüsü48,93 Kb.
#146575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi-fayllar.org (1)


Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi

Sakrash turlari texnikasi o‘rgatish metodikasi (yosh xatlab sakrash)
Yengil atletikadagi sakrashlar jismoniy qobiliyatlardan kuch, tezkorlik va harakat uyg‘unligini rivojlantirishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Yengil atletika sakrashlari mashg‘ulot vositasi sifatida hamma sport turlarida qo‘llaniladi. Yengil atletikada musobaqalar balandlikka, uzunlikka va yugurib kelib uch hatlab sakrash hamda langarcho‘pga tayanib sakrash turlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Sakrashlar texnikasini o‘rganishda ma’lum ketma-ketlikka rioya qilish shart. Oldin balandlikka sakrash texnikasi o‘rgatilsa, keyin uzunlikka langarcho‘pga tayanib sakrash, uch hatlab sakrash o‘rgatiladi.


Hamma sakrashlar uchun bir xil tuzilish: yugurib kelish – depsinish – uchish – yerga tushish xosdir.

Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasi

Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasini, umuman quydagi qismlarga bo‘lish mumkin: yugurib kelish, depsinish, uchish va yerga tushish.


Yugurib kelish. Uzunlikka sakrashda yugurib kelish sakrovchining optimal tezligini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bu turda yugurib kelish tezligi ko‘proq maksimal tezlikka yaqinlashadi, uni boshqa sakrash turlaridan farqli ravishda sportchi rivojlantirishga qodir bo‘ladi. Yugurib kelish uzunligi va yugurish qadamlari soni sportchining individual xususiyatlariga va uning jismoniy tayyorgarligiga bog‘liq. Yetakchi sportchilar yugurish uzunligi 50 m bo‘lganda 24 tagacha yugurish qadamlarini qo‘llaydilar. Ayollarda bu qiymatlar bir oz kamroq – yugurish uzunligi 40 m gacha bo‘lganda 22 tagacha yugurish qadamlaridan foydalanadilar. Yugurib kelishning o‘zini shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin: yugurishning boshlanishi, yugurish tezligini olish, depsinishga tayyorlanish.
Yugurib kelishning boshlanishi har xil bo‘lishi mumkin. Asosan, sportchilar quyidagi variantlardan foydalanadilar: turgan joyidan va yetib kelgan (yoki yugurib kelgan) joyidan, shuningdek, tezlikni asta-sekin olish va keskin (sprintercha) boshlash bilan. Yugurib kelishning boshlanishi katta ahamiyatga ega, chunki yugurish sur’ati va maromini belgilab beradi. Sportchini yugurib kelishni standart tarzda boshlashga va oldindan tayyorgarlik ko‘rmasdan turib uni o‘zgartirmaslikka o‘rgatish zarur.
Turgan joyidan yugurib kelishni boshlashda sportchi harakatni nazorat chizig‘idan boshlaydi, bunda u bir oyog‘ini oldinga, ikkinchisini orqaga oyoq uchiga qo‘yadi. Ba’zi yuguruvchilar bunday holatda tana og‘irligini goh oldinda turgan oyoqqa, goh orqada turgan oyoqqa o‘tkazib, bir oz oldinga-orqaga tebranishlarni bajaradilar.
Sportchi yugurib kelishni harakatdan (yetib kelish yoki yugurib kelishdan) boshlayotgan paytda shu narsa muhimki, u oldindan belgilab olgan oyog‘ida nazorat chizig‘iga aniq tushishi kerak. Shuni yodda tutish lozimki, yugurib kelishda yugurish qadamlari soni juft bo‘lganda nazorat chizig‘iga depsina-digan oyoq qo‘yiladi va harakat siltanuvchi oyoqdan boshlanadi va, aksincha.
Sportchi yugurib kelishni boshlagandan so‘ng yugurish tezligini olishga o‘tiladi. Bu yerda yuguruvchi to‘g‘ri yo‘lka bo‘ylab qisqa masofaga yugurish texnikasiga o‘xshash yugurish qadamlarini bajaradi. Qo‘llar va oyoqlar harakatlari amplitudasi birmuncha kengroq, gavdaning egilishi 80o ga yetadi, yugurish oxiriga kelib vertikal holatni qabul qiladi. Bu paytda har bir qadamda yumshoq depsinishga e’tibor qaratish lozim, o‘z harakatlarini nazorat qilib borish va har tomonga tebranmasdan bir chiziq bo‘ylab yugurishni bajarish kerak.

Yüklə 48,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə