Saloxiddinova shahzodaning tibbiy bilim asoslari fanidan


Subyektiv tekshirish usullari



Yüklə 299,02 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü299,02 Kb.
#151167
1   2   3
Bemorlarni ob’yektiv va sub’yektiv tekshirish usullari

Subyektiv tekshirish usullari, asosan, so‘rab bilish orqali amalga oshiriladi. So‘rab bilish — kasallikni so‘rab bilish, odatda, umumiy, ya’ni «pasport» ma’lumotlarni aniqlashdan boshlanadi. Yoshning ahamiyati shundan iboratki, ayrim bir kasalliklar — bo‘g‘ma, difteriya, qizamiq, qisman revmatizm va boshqalar faqatgina yoshlargagina xos kasalliklardir, boshqa, masalan, ateroskleroz, yomon sifatli o‘smalar, miokard infarkti, gipertoniya kasalliklari yoshi ulg‘aygan, qarilarda ko‘proq uchraydi. Bemor yoshining uning tashqi ko‘rinishiga mos kelishi ham ahamiyatga ega.
Agar bemor o‘z yoshiga qaraganda qariroq ko‘rinsa, bu hol uning yaqinda og‘ir, silla qurituvchi kasallikni boshidan kechir- ganidan yoki hozirgi vaqtda shunday kasallik bilan og‘riyotganidan guvohlik beradi. Aksincha, bemor o‘z yoshidan yosh ko‘rinsa, bu hol unda endokrin bezlar o‘zgarishi borligi haqida taxmin qilishga asos beradi. Tins shu jihatdan ahamiyatliki, ba’zi kasalliklar, masalan, me’da yarasi kasalligi ko‘pincha erkaklarda va aksincha, xolesistit, o‘t- tosh kasalligi, ichki sekretsiya bezlari kasalliklari ko‘pincha ayollarda ko‘proq uchraydi. Bemorning turar joyi haqidagi ma’lumotlaridan ham tashxis maqsadida foydalanish mumkin, chunki ba’zi joylarda ko‘pincha ma’lum kasalliklar ko‘p tarqalgan bo‘ladi, masalan, botqoq yerlarda bezgak, nam iqlimli joylarda revmatizm uchraydi va h.k. Bemorning kasbini bilish ham zarur. Chang ko‘p chiqib tura­digan yerlarda ishlovchi kishilarda bronxitlar va pnevmokoinozlar rivojlanishi mumkin; bo‘yoqchilar, matbaachilar va qo‘rg‘oshin bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda ishlovchilarda qo‘rg‘oshin sanchig‘i kuzatilishi mumkin. Bemorlarning shikoyati. Dastlab bemorning o‘z sog‘lig‘idan qilgan shikoyatlarini eshitish kerak, so‘ng bu shikoyatlar shifokor bergan savollarga bemorning javoblari bilan qismlarga bo‘linadi. Masalan, agar bemor yo‘taldan shikoyat qilsa, u holda yo‘talning quruq yoki balg‘am ajralishi bilan kechishini bilib olish zarur. Agar yo‘tal balg‘am kechishi bilan kechsa, balg‘am tarkibida qon bo‘lish-bo‘lmasligini, u malina jelesini yoki zang rangini eslatadimi- yo‘qmi, uning tarkibida yiring bormi, hidi qanday, bir sutkada qancha balg‘am ajralib chiqadi, bemor ertalab uyqudan turgach, ko‘p miqdorda balg‘am ajratadimi, shularning hammasini aniqlab olish zarur. Agar og‘riq yo‘tal paytida sodir bo‘lsa, u ko‘krak qafasining qaysi tomonida sezilishini yoki og‘riyotgan yerning aniq o‘rnini, uning xarakterini va hokazolarni aniqlab olish kerak. Olingan javoblarga qarab, tekshirilayotgan kishida o‘pka kasalligi borligini taxmin qilish mumkin. Bemor ahvoli haqida to‘liq tasavvur qilish uchun unga organizmning boshqa sistemalariga taalluqli bo‘lgan savollar berish kerak. Masalan, ozgina jismoniy mehnat qilganida yuragi tez-tez urmaydimi yoki nafasi qismaydimi, yurak sohasida og‘riq yo‘qmi, yuragi notekis urmaydimi, ovqat yegandan keyin ko‘ngli aynimaydimi, jig‘ildoni qaynamaydimi, kekirmaydimi, ovqatlanishdan oldin va keyin epigastral sohasida og‘riq sezmaydimi, qusmaydimi, ichi ketmaydimi, qabziyat bormi va boshqalar.
Siydik-tanosil sistema bo‘yicha bot-bot siyiladimi, siyish vaqtida siydik yo‘llari achishmaydimi, siydik rangi o‘zgarganmi (pivo, yuvilgan go‘sht suvi rangi) ayollarda hayz ko‘rish siklining buzilgan-buzilmaganligi, oqchil bor-yo‘qligini bilish lozim. So‘ng nerv sistemasi va sezgi organlarining holati: bemorning boshi og‘rishi, uyqusizlik, bosh aylanishi, xotirasining susayishi, serjahlligi, ko‘rish, eshitish, hid bilish sezgilarining bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Kasallik tarixi (anamnezi — Anamnesis morbi). Kasallik haqida so‘rash — kasallikning rivojlanishi haqida so‘rab bilish bilan to‘plangan ma’lumotlarning jamiga kasallik anamnezi deyiladi. Odatda, bemorga quyidagi savollar beriladi: «Kasallik qachon va qanday boshlandi, to‘satdan yoki sekin-asta, uning dastlabki alomat- lari qanday edi?», «Kasallikning turli alomatlari qanday izchillik bilan rivojlandi, bemor ahvolining og‘irlashgan va yengillashgan davrlari bo‘lganmi, agar bo‘lgan bo‘lsa, bemor fikricha, qanday sabablar bemor ahvolining og‘irlashishiga olib kelgan?», «Shu davrgacha bemor qanday davolangan va uning samaraliligi?» Hayot anamnezi (Anamnesis vitae). Turmushi haqida so‘rash — bemorning ishlash va turmush sharoiti, u o‘sgan va rivojlangan atrof- muhitning bolalikda boshdan kechirilgan kasalliklar bilan bog‘liq- ligi, ba’zi bir kasalliklar ancha ilgari boshdan kechirilganligi, bun- dan tashqari mazkur kasallikning rivojlanishi va kechishiga boshqa kasalliklar, ya’ni (irsiy kasalliklar) oila a’zolarining teri-tanosil kasal­ligi, onkologik kasalliklar, ruhiy kasalliklar, yuqumli kasalliklar, sil kasalliklari, qandli diabet va boshqa kasalliklar bilan og‘riganligi va turli zararli odatlar, masalan, ko‘p chekish, ichkilik ichish, nos chekish, narkotiklar qabul qilish va boshqalar ham ta’sir qiladi.
Bemor bilan shu sohada suhbatlashish oqibatida olingan ma’lu- motlarning jamiga turmush anamnezi deyiladi. Turmush anamnezini to‘plash quyidagi izchillikda boradi: dastlab tarjimayi holiga oid ma’lumotlar bilan tanishiladi, keyin nasldan o‘tgan kasalliklar, jinsiy va oilaviy turmush, yashash va ishlash sharoitlari va nihoyat zararli odatlar aniqlanadi.

Yüklə 299,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə