Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/117
tarix20.06.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#89799
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
talimda axborot texnologiyalari

1. Tashkiliy ta’minot
ning asosiy vazifasi boshqarish subyektida axborotli texnologiyani tashkil
qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiqmasligi to’g’risida qarorni ishlab chiqishga qaratilgan.
2. Axborot ta’minoti
boshqarish subyekti faoliyatida xizmat qiluvchi barcha ma’lumotlarning
to’plamidan tashkil topadi.
3. Matematik va dasturiy ta’minot
boshqarish subyekti masalalarining yechilish yo’llarini
ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat bo’ladi.
4. Texnologik ta’minot
to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining boshqarish
usullarini ifodalaydi.
5. Lingvistik ta’minot
axborotlarni ifodalashdagi tegishli belgi va algoritmik tillardan tashkil
topadi.
6. Ergonomik ta’minot
axborotli texnologiya unsurlarining faoliyati uchun tegishli shart-
sharoitlarni yaratadi.
7. Huquqiy ta’minot
boshqarish subyekti va xodimlarning burchlari, majburiyat va huquqlarini
belgilaydi.
8. Texnik ta’minot
avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga mos holda tegishli vositalar bilan
ta’minlashni ifodalaydi.
9. Mutaxassislik ta’minoti
axborotli texnologiya tizimlarini bilan ta’minlanadi.
Axborotli texnologiyaning
funksional qism
i u faoliyat ko’rsatayotgan sohaning mohiyatiga
bog’liq bo’lib, yechilayotgan masalalar to’plami orqali tashkil qilinadi.
Funksional qism
tarkibiga kirgan quyi tizimlar miqdoriy jihatdan qat’iy belgilanmagan va
umumiy holda boshqarish funksiyalari asosida tashkil qilinadi. Umumiy holda savdo sohasida
quyidagi funksional tizimlar mavjud:
Tovar aylanishini boshqarish.
Tovar harakatini boshqarish.
Talab va taklifni boshqarish.
Buxgalteriya hisobi.
Ish haqi va mehnatni boshqarish.
Moddiy texnika ta’minotini boshqarish.
Kapital qurilishini boshqarish.
Mutaxassislarni boshqarish va boshqalar.


Ayniqsa korxona va tashkilotlarni boshqarish jarayonlarida axborot tizimlari va
texnologiyalarining yakdilligi yaxshi samara beradi.
Boshqaruvning axborot texnologiyasi maqsadi firmadagi qarorlar qabul qilish bilan
aloqador bo’lgan hech bir istisnosiz barcha xodimlarning axborotga bo’lgan ehtiyojni
qondirishdan iboratdir. U boshqaruvning barcha darajalarida foydali bo’lishi mumkin.
Bu texnologiya boshqaruvning axborot tizimi muhitida ishlashga mo’ljallangan va hal
qilinadigan masalalar, agar ularni ma’lumotlarga ishlov berishning axborot texnologiyasi
yordamida hal qilinadigan masalalar bilan qiyoslaganda, juda yomon tuzilgan hollarda
foydalaniladi.
Boshqaruvning axborot tizimi turli funksional kichik tizimlar (bo’linmalar) yoki firmaning
boshqaruv darajalari xodimlarning axborotga bo’lgan o’xshash ehtiyojlarini qondirish uchun
juda to’g’ri keladi. Ular yetkazib beradigan axborot firmaning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu axborot doimiy yoki maxsus boshqaruv
hisobotlari shakliga ega bo’ladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə