Ko‘p ishlatiladigan tugmalar Buyruqlarni nusxalash Ko‗pincha, terminalga ayrim matn nusxalarini ko‗chirib qo‗yish
kerak bo‗ladi.
Ctrl+C tugmalar birikmasi yordamida misol uchun veb-
sahifadan nusxa ko‗chirilgan matn
Ctrl+V tugmalar birikmasini
bosganda terminalga qo‗yilmasligi mumkin. Linuxda matnni terminalga
joylashtirishning uchta usuli bor:
Ctrl+Shift+V tugmalar birikmasi
yordamida, sichqonchaning o‗rta tugmachasini yoki sichqonchaning
o‗ng tugmachasini bosib,ochiladigan kontekstli menyudan «Вставить»
buyrug‗ini tanlash bilan.
Terminalda ishlatiladigan ayrim buyruqlar va tugmalar birikmasi
quyidagi jadvalda keltirilgan:
↑ yoki Ctrl+P oxirgi ishlatilgan buyruqlarni yuqoriga siljib ko‗rish
↓ или Ctrl+N oxirgi ishlatilgan buyruqlarni pastga siljib ko‗rish
Enter
Tanlangan,terilgan buyruqni bajarish
Tab
buyruqlar va fayl nomlarini avtomatik to‗ldirish
xususiyati. Agar tanlangan belgilar bilan faqat bitta
buyruq boshlansa, u avtomatik almashtiriladi va agar bir
nechta buyruqlar variantlari bo‗lsa, bu tugmani ikki
marta bosish orqali barcha mumkin bo‗lgan variantlar
ro‗yxati ko‗rsatiladi.
Ctrl+R
ilgari kiritilgan buyruqlar ichidan qidirish. Agar uzun
yoziladigan va murakkab buyruqni qayta bajarishin kerak
bo‗lsa, uning faqat bir qismini kiritish va bu tugmalar
birikmasi yordamida butun buyruqni to‗laligicha topish
mumkin bo‗ladi.
History
history buyrug‗i foydalanuvchi kiritgan barcha buyruqlar
ro‗yxatini ko‗rsatadi. Har bir buyruqga raqam beriladi.‖
x‖ raqamli buyruqni bajarish uchun "!x" yozuvini kiritish
kerak bo‗ladi. Agar buyruqlar ro‗yxati juda uzun bo‗lsa,
«history I less» ni yozish mumkin, bu buyruqlar
ro‗yxatni siljitib ko‗rish imkonini yaratadi.
83
Terminalda sichqoncha ishlamaydi. Satrlar bo‗ylab harakatlanish uchun
klaviaturadagi
chap/o‗ng tugmalarni ishlatish kerak. Belgilar klaviatura
orqali kiritiladi bunda oldin mavjud matn o‗chirilmaydi.