84
6-§. RPM va YUM yordamida paketlarni o`rnatish.
6.1.Ilovalar do‘koni yordamida o`rnatish
Bu eng oson va eng qulay usul va Linuxni yangi o‗rganishni
boshlanuvchilar uchun eng yaxshisidir.Bu usulda Terminal va qidiruv
bilan ovvora bo‗lish shart emas. Ilovalar do‗konlari ko‗pgina dasturlarni
maxsus Linux kutubxonalaridan – omborlar(repozitoriyalar)dan topishga
imkon beradi. Yangilanishlar, patchlar - umuman olganda, hamma narsa
u yerdan yuklab olinadi.Ilovalar do‗koni Asosiy menyudan ochiladi.
Turli xil distributivlarda u turli nomlarga ega bo‗lishi mumkin, ammo
ishlash printsipi hammasida bir xil.
Quyidagi ro‗yxatda ayrim ilovalar do‗konlari ro‗yxati keltirilgan:
GNOME Software
ilovalar
do‗koni GNOME grafik qobig‗iga ega
distributivlarda ishlatiladi.
Discover
ilovalar
do‗koni KDE distributivlarida ishlatiladi.
«Менеджер программ» — ilovalar
do‗koni
Linux Mint
distributivida.
AppCenter — ilovalar
do‗koni elementary OS distributivida.
85
Deepin Software Center — ilovalar
do‗koni
Deepin Linux
distributivida.
Ilovalar do‗koni bilan ishlashda qidiruv satriga dastur nomi kiritiladi
va natijalar oynasida kerakli ilova tanlanadi. «Установить»
tugmasi
bosiladi, parolni kiritib, jarayon tugashi kutiladi.Ilovalar do‗koni kerakli
fayllarni topib,ilovani o‗rnatadi.
Dostları ilə paylaş: